IX.2. NAZORAT TURLARI
1. Ushbu fandan har bir semestrda talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Oraliq nazorat semestrning 12-haftasida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg`ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.
3. Talabaning amaliy mashg`ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg`ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mezonlar asosida quyidagicha amalga oshiriladi:
Mashg`ulot turi
|
Baholashlar soni
|
Amaliy
|
2 marta
|
Mustaqil ta’lim
|
1 marta (referat yoki misollar to‘plami)
|
4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 2 ta nazariy savol va 1 ta masaladan iborat yozma ish javobi bahosi baholash mezonlari asosida hamda uning o‘quv mashg`ulotlari davomida olgan baholari amaliy va mustaqil baholari umumlashtirilib qo‘yiladi.
Yakuniy nazorat. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 2 ta nazariy savol va 1 ta masaladan iborat yozma shaklda o‘tkaziladi:
1- savol: nazariy
2-savol: nazariy
3- savol: amaliy
Har bir savolni baholash mezonlar asosida amalga oshiriladi va savollarga talaba javoblari baholangandan keyin umumlashtirilgan holda talabaning semestr bo‘yicha o‘zlashtirishi chiqariladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |