Mash'um o'tmish xotiralari
Vatandoshlar tarixini bilishimiz kerak!
Download 15.1 Kb.
|
muhojirlik
Vatandoshlar tarixini bilishimiz kerak!
O`zbekiston tarixi, o`tgan asrning 20-30-yillari qayta o`rganildi, bu borada yangi tarix darsliklari yaratildi. Biroq ularda vatandidan judo bo`lgan o`zbeklar, ularning keyingi taqdiri, xorijdagi faoliyati haqida ma`lumot yo`q. Qatag’on davri, uning qurbonlari, bu davr adabiy-ijtimoiy hayotini o`rgangan adabiyotshunos olim Naim Karimov fikricha, xorijdagi o`zbeklar yaratgan madaniyat bugungi o`quvchilarga taqdim etilishi kerak. “Vatandoshlarim boshidan kechirgan qiyinchiliklar ularning o`zlariga va yolg`iz xudogagina ayon. 1920-yillarda ruslardan ham mashur yozuvchilar, rassomlar muhojirlikka ketishgan. Ruslar xorijda yaratilgan adabiyotlarni o`rganib, nashr qilishdi. Biz xorijdagi vatandoshlarimiz tomonidan yaratilgan adabiyotlarni o`rganib, munosiblarini oquvchilarimizga yetkazsak, yaxshi bo`lardi”, - deydi Naim Karimov. Biroq hozir vaziyat shundayki, vatandoshlar bilan aloqalarda biror aniq o`zgarish yo’q. Uzoq yillik muhojirlikdan so`ng qaytgan yurtdoshlarning ko`pi yana mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo`ldi, O`zbekiston hukumati ularga fuqarolik bermadi. Hukumatning boradagi siyosati, vatandoshlarga munosabat, ularning jamiyatdagi o`rni yopiq masalalardan hisoblanadi. Download 15.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling