Mash'um o'tmish xotiralari
"Turkiston-Amerika jamiyati"- yarim asrlik faoliyat
Download 15.1 Kb.
|
muhojirlik
"Turkiston-Amerika jamiyati"- yarim asrlik faoliyat
Dadaxon Hasan xorijdagi, xususan, Amerikada yashayotgan o`zbeklar bilan ko`p muloqotda bo`lgan. Shu kunlarda AQShda 50 yilligi qarshilanayotgan “Turkiston-Amerika jamiyati” faoliyati bilan tanish. “Vatandoshlarimiz tuzgan “Turkiston [-Amerika] jamiyati” nafaqat AQShda balki Turkiyada ham bor. AQShdagisini men yaxshi bilaman. U yoqqa vatandoshlarimiz 50-yillardan borishgan. Yanglishmasam, “Turkiston- AQSh jamiyati” 1958 yilda tuzilgan. U yerda o`zbeklar markaz tuzib, san`atimiz, adabiyotimizni, madaniyatimizni targ`ib qilishgan, Turkistonni dunyoga tanitishgan. Turkiston bayrog`ini, miliy istiqlol bayrog`ini Nyu-Yorkda ko`tarib chiqishgan, BMTning oldida namoyishlar o`tkazishgan. Turkiston, O`zbekiston rus istilochilari qo`lida ekanini aytib, ularning ozodligini talab qilishgan”, - deydi Dadaxon Hasan. Uning aytishicha, O`zbekiston hukumati xorijdagi vatandoshlarning salohiyati, boy imkoniyatidan foydalana olmadi. Aksincha, munosabatlar sovuqlashdi, O`zbekistonda yashash, bu yerda ishlash istagida bo`lgan o`zbeklar turli to`siqlarga duch keldi, ularga vatandoshlik maqomi berilmadi. “Ularning orzusi vatan ozod bo`lsa, kelib vatanda yashash edi, lekin nega ularga vatandoshlik maqomi berilmadi, hozirgacha tushunish qiyin. Biz ularning vatanda yashashini istaymiz, chunki iqtisodimiz uchun ham foydasi tegadi. Dunyo ko`rgan, tadbirkor, tijoratni yaxshi biladi. Bir nechtasi keldi, zavod quraman, fabrika quraman deb, lekin davlatimiz yo`l bermadi, nechtasini o`zim bilaman”, - deydi hofiz. Muhojirlardan birining aytishicha, mustaqillikning ilk yillarida mamlakat ichkarisida va tashqarida O`zbekiston hayotida faol ishtirok etish, mamlakatni rivojiga hissa qo’shish ehtiyoji kuchli edi. Biroq vatandoshlarning bu sa’y- harakatlari amaldagi hukumat tomonida e`tiborsiz qoldirilgan. Vatandoshlarga nisbatan munosabatda sovuqchilik boshlangan. Biroq vatandoshlar umid qilib yashamoqda. Ulardan biri Zuhriddin Turkistoniy. Atoqli olim, marhum Boymirza Hayit vataniga borgach, sovuq qarshi olingani haqida u tushunmovchilik bo’lgan edi, deydi. “U kishining kelishiga rasmiy ravishda ijozat bo`lgan, rasmiy kutib olingan. Keyin Namanganga qarindoshlarini ziyorat qilgani ketdilar. Men bir sabab bilan Toshkentda qoldim. O`shanda boshlandi bu ish. Bu narsa agar ochiq muhokama qilinsa, biz u kishning to’g’riligini [haqligini] va kimlar u kishini qoralamoqchi bo`lganini ko`rsatib bera olamiz. U kishi vatanparvar, vatan uchun fido bo`lgan odam. Mana hozir u kishi olamdan o`tdi”, - deydi Zuhriddin Turkistoniy. Download 15.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling