Mashxur o‘zbek muharrirlari faoliyati


Muharrir gazeta chop qilishda, boshidan oxirigacha boladigan jarayonni toliq nazoratga oladi. Chop etiladigan maqolalar qachon qanday shaklda va qanaday sarlavhada bo'lishi ularga bog'liq


Download 1 Mb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1593123
1   2
Bog'liq
Malikova Gulmira (2)

Muharrir gazeta chop qilishda, boshidan oxirigacha boladigan jarayonni toliq nazoratga oladi. Chop etiladigan maqolalar qachon qanday shaklda va qanaday sarlavhada bo'lishi ularga bog'liq.

Muharrirning asosiy majburiyatlar

  • terilgan matnni tuzatish odatiy usul, ya'ni harflarni, so'zlarni va boshqalarni o'zgartirish;
  • matnning kerakli joyiga o'zgartirish kiritish;
  • matndan kerakli so‘z yoki gaplarni topish;
  • butun matn bo'ylab so'zlarni bir-biri bilan, qisman yoki to'liq almashtirish;
  • matnni formatlash, unga ma’lum ko‘rinish berish: matn ustunining kengligi, abzas, har ikki tomondan hoshiyalar, yuqori va pastki hoshiyalar, satrlar orasidagi intervallar, satrlar chetlarini tekislash;
  • matnning bir qismini qalin, kursiv yoki tagiga chizilgan holda ajratib ko'rsatish;
  • Erkin A’zam
  • Erkin A’zam (A’zamov Erkin Normamatovich) (1950.10.8, Boysun tumani) — yozuvchi, publitsist, stsenarist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1998), Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).
  • O‘zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), «Guliston» jurnalida muharrir, adabiy kotib (1976—81), «Yoshlik» jurnalida bo‘lim mudiri (1981—86), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida tahririyat mudiri, ijodiy guruh rahbari (1986—92), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining 1-o‘rinbosari (1992—94), Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri (1994 yildan).
  • Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Chiroqlar o‘chmagan kecha» (1977). «Otoyining tug‘ilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Pakananing oshiq ko‘ngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002), «Jannat o‘zi qaydadir» (2007), «Shovqin» (2011) kabi qissa va hikoyalardan iborat kitoblari nashr qilingan.
  • «Chantrimore», «Piyoda», «Pakana», «Dilxiroj», «Erkak», «Parizod» kabi ekran asarlarining hammuallifi. 1 va 2-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
  • Erkin A’zamning hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulg‘or, chex tilla-riga tarjima qilingan. Adibning o‘zi ham o‘zga xalqlar adiblari asarlarini rus tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
  • Erkin A’zam asarlari o‘ziga xos yumoristik bayon uslubi, kinoyali tili, kutilmagan badiiy yechimlarga egaligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining insonga xos eng chigal jihatlarni ochiq ko‘rsatmay, imo-ishora orqali aks ettirishi uning asarlari ta’sirchanligini oshiradi. Erkin A’zam qissa va hikoyalarida oddiy va to‘pori, boshqalarga o‘xshamaydigan, dardu tashvishlari, shaxsiy kechinmalari bilan yaqqol ajralib turadigan badiiy xarakterlarni yaratgan. Xarakterlar falsafasini yoritish, uslubiy taranglik, psixologik tahlilning kuchliligi, asar syujetining xarakterlar asosiga qurilishi, voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni obrazlar, detallar orqali ifodalash, muallif va personaj nutqining yaqinligi, psixologizm va falsafiylikning mushtarakligi Erkin A’zam badiiy uslubining asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
  • Vahob Ro‘zimatov
  • Vahob Roʻzimatov (1921.17.11, Toshkent — 2006) — jurnalist va tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
  • Vahob Roʻzimatov eslashga arziydigan tarjimon edi. U mahorat bilan Mixail Sholoxovning “Ochilgan qoʻriq”, Konstantin Simonovning “Tiriklar va oʻliklar”, Kobo Abening “Qumdagi ayol” romanlarini, Artur Konan Doyl, K, J. Svift, L. N. Tolstoy, A. N. Ostrovskiy, N. Hikmat, A. S. Pushkin, A. P. Chexov, F. M. Dostoyevskiy, M. Gorkiy, O’Genri, M. Tven, R. Tagor, J. Rodari va boshqa yozuvchilar asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Shunday ekan, hech boʻlmaganda, bugun Vahob aka tavallud topgan kunning 95-yilligi nishonlayotgan kunlarda uning bu xizmatini unutmasligimiz kerak.
  • Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1955—60), «Sharq yudduzi» jurnalida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1945—55), bosh muharrir oʻrinbosari (1960—71), «Guliston» jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir oʻrinbosari (1971—81), «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasida boʻlim mudiri (1881—82) boʻlib ishlagan.
  • Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida tarjimonlik bilan boshlangan. M. Sholoxov (“Ochilgan qoʻriq”), K. Simonov (“Tiriklar va oʻliklar”) romanlari, Artur Konan Doyl (“Sherlok Xolmsning yon daftaridagi yozuvlar”), Kobo Abe (“Qumdagi ayol”), J. Svift, L. N. Tolstoy, A. N. Ostrovskiy, N. Hikmat pyesalari, shuningdek, A. S. Pushkin, A. P. Chexov, F. M. Dostoyevskiy, M. Gorkiy, B. Polevoy, O. Gonchar, G. Sevuns, O’Genri, M. Tven, R. Tagor, J. Rodari va boshqa yozuvchilar asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Vahob Roʻzimatovning «Katta oila» (hamkorlikda, 1942), «Uch oʻrtoq» (hamkorlikda, 1943), pyesalari bor. Vahob Roʻzimatov Gʻafur Gʻulomning 10 jildli «Asarlar» toʻplamini (1970—78) nashrga tayyorlagan.
  • «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).
  • Mahmud Sa’diy
  • O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan journalist.
  • Mahmud Sa’diy 1939 yil Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. Maktabni tamomlaganidan keyin hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limida tahsil oldi.
  • Mahmud Sa’diy o‘ziga xos muharrirlik maktabi yaratgan tajribali ijodkor, iqtidorli munaqqid va ko‘zga ko‘ringan tarjimon edi. O‘zbek adabiyotining eng dolzarb muammolari tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab maqola va tadqiqotlari orasida uning adabiy-tanqidiy maqolalar va suhbatlarni o‘z ichiga olgan «Teran tomirlar» kitobi alohida ajralib turadi. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun «Tahrir san’ati» o‘quv dasturini yaratdi.
  • «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, «Guliston» jurnalida katta adabiy xodim, bo‘lim mudiri, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bo‘lim mudiri, «Ma’rifat» gazetasida maxsus muxbir, sharhlovchi, bo‘lim muharriri vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi. So‘nggi vaqtlarda u «Ma’rifat» gazetasida ishlash bilan birga O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida yoshlarga dars bergan edi.
  • «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling