Masofaviy ma’lumotlarni uzatish qurilmasini yaratishda apparat va dasturiy ta`minotini optimallashtirish


Download 0.5 Mb.
bet1/5
Sana09.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1449157
  1   2   3   4   5
Bog'liq
maqola yangi


PGA 460 ULTRATOVUSH MODELINING MASOFAVIY MA’LUMOTLARNI UZATISH QURILMASINI YARATISHDA APPARAT VA DASTURIY TA`MINOTINI OPTIMALLASHTIRISH
Djumanov Jamoljon Xudaykulovich TATU «Kompuyter tizimlari» kafedrasi professori
Rajabov Farxat Farmanovich TATU «Kompuyter tizimlari» kafedrasi PhD
Jamolov Xudoyorxon Muzaffar o‘g‘li TATU «Kompuyter tizimlari» kafedrasi assistenti
Kalit so‘zlar: PGA460 moduli, ultratovush sensor, tovush tezligi, xarorat,namlik, chastota, materiallar, masofa, zaiflashuv.
Key words: PGA460 module, ultrasonic sensor, speed of sound, temperature, humidity, frequency, materials, distance, attenuation.


Annotatsiya. Ushbu maqolada PGA460 dan foydalangan holda ultratovushli sensor modulini optimallashtirish jarayonida barcha qurulmaviy va atrof-muhitga oid masalalarini samarali yechimini yuritish haqida boradi . Ultratovushli modular turli xil haroratlar, uzatish muhitlarida turli xil maqsadlarda va turli xil uskunalarning turlarida turlicha harakat qiladi. Shu sababli, modulni yaratish birlashtirish uchun mavjud bo'lgan turli xil ultratovush komponentlarini tushunishni va tashqi omillar qanday qilib minimal va maksimal aniqlasa bo’ladigan oraliqqa ta’sir etishining ehtimolli analizini qilish talab qiladi. PGA460 qurilmasi turli xil foydalanish holatlariga mos keladi va u bo’lajak o’zgarish uchun tizimni kompensatsiya qilish yoki qayta sozlash uchun fikr-mulohazalarni taqdim eta oladi.


Abstract. This article discusses the efficient solution of all structural and environmental issues during the optimization process of an ultrasonic sensor module using the PGA460. Ultrasonic modular behaves differently in different temperatures, transmission environments, for different purposes and in different types of equipment. Therefore, building a module requires an understanding of the various ultrasound components available for integration and a probabilistic analysis of how external factors affect the minimum and maximum detectable range. The PGA460 is adaptable to a variety of use cases and can provide feedback to compensate or readjust the system for future change.

  1. KIRISH

Republikamiz mustaqillikka erishgandan buyon yer osti suv resurslarini baholash va samarali monitoringini yuritish, murakkab gidrogeologik sharoitlarda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni matematik modellash usullari asosida rivojlantirish va joriy etishga oid keng qamrovli chora tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishildi. Bu borada, mintaqaviy gidrogeologik hududlarning geofiltratsiya jarayonlarini matematik modelining axborot ta’minoti, gidrogeologik hududning holatini aniqlash imkoniyatini beruvchi, yer osti gidrosferasi parametrlarini bashorotlashi asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan qator ilmiy tadqiqotlarni alohida ta’kidlash mumkin.


Jahonda mintaqaviy gidrogeologik hududlarning geofiltratsiya jarayonlarini matematik modellash tizimini sizot suvlari sathi o‘zgarishlarini tezkor tahlil qilish, zarur holatlarda suv resurslarini samarali boshqarish tizimlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, suv tanqislik yillarida yer osti suvlarining umumiy suv resurslaridagi o‘rni va ularning o‘zaro bog‘liqligini hisoblash, yer osti suvlarining gidrogeologik tavsiflarini o‘rganish, gidrotexnik inshootlarni va meliorativ suv ta’minoti tartibini asoslash, yer osti suvlari ifloslanishini oldini olish va qishloq ho‘jalik maydonlari sho‘rlanishini bartaraf etishda matematik modellashni gidrogeologik ob’ektlarning holatini kuzatish va suv resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilishni asoslovchi intellektual tizimlarni takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Gidrogeologik ob’ektlarning ekologik holatini hamda gidrorejim xususiyatlarini o‘lchashning
avtomatlashtirilgan usullarini qo‘llash bo‘yicha yurtimizda va jahonda ilmiy va amaliy ishlar bajarilgan bo‘lib, ularni yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSh, Germaniya, Kanada, Daniya, Yaponiya, Fransiya, Avstraliya, Rossiyada murakkab gidrogeologik sharoitlarda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni boshqarishda kompyuterlashgan o‘lchov usullaridan keng foydalanilmoqda [1]



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling