Masofaviy ta’lim berish metodlari. Xxi-asrning muhim o`quv texnologiyasi


Download 247.5 Kb.
bet15/21
Sana09.01.2022
Hajmi247.5 Kb.
#260500
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
masofaviy talimni tashkil etish

O`qituvchilarning Internet texnologiyalari sohasidagi maxsus bilim va ko`nikmalari:

- telekommunikasiya tizimlari asosiy shakllari va umumiy ishlash ptamoyillarini bilish;

- foydalanuvchilarni Internetga turli darajada kiritish xususiyatlarini tushunish;

- teleanjumanlar tashkil etish va o`tkazish xususiyatlarini bilish;

- telemmunikasiya muomalasi (aetiketi)ni bilish;

- boshqa foydalanuvchilar bilan axborot almashinish uchun telekommunikasiyaning turli vositalaridan foydalana olish;

- tarmoqda axborot "navigasiya" malakalariga ega bo`lish;

- tarmoqning axborot ashyolari bilan ishlay olish;

- masofali o`qitish kurslarini yaratish uchun dasturiy vositalarni foydalanish xususiyatlarini tushuna olish;

- elektron pochta bilan ishlay olish;

- tarmoq orqali foydalanuvchilar bilan muloqat qila olish;

- zamonaviy gipermatnli va gipermedia tizimlari bilan ishlay olish;

- Internet axborot ashyolari ichidan ta`lim maqsadiga moslarini ajrata olish;

- turli amaliy dasturlari va zaruriy utilitlardan foydalangan holda axborotlarni tarmoqdan uzatish uchun tayyorlay olish.


O`qituvchining pedagogika va psixologiya sohasidagi umumiy bilim va ko`nikmalari:

- masofali o`qitishda o`quvchilarning o`quv - bilish faoliyatida shaxsiy stillarini bilish;

- masofali o`kitishda o`quvchilarni faoligini aniqlovchi omillarni bilish;

- masofali o`qitishda bilimlarni egallash jarayonining xususiyatlarini bilish;

- Internetning axborot bilish muxitida o`quvchilarni mustaqil ishlashini tashkil etish xususiyatlarini bilish;

- masofali ta`lim ishtirokchilari bilan muloqat tashkil etish usullariga ega bo`lish;

- o`quvchilarni psxologo-pedagogik testlardan o`tkazishni tashkil etish va o`tkaza olish;

- o`quvchining shaxsiy psixologo-pedagogik portretini tuza olish;

- o`quv faoliyatning dastlabki bosqichida o`quvchilarni psixologik qo`llab-quvvatlay olish;

- o`quvchilar psixologik mosliklari prinsipiga ko`ra kichik o`quv guruhlar shakllantira olish;

- virtual o`quv guruhini psixologo-pedagogik tashxisini o`tkaza olish;

- virtual o`quv guruhi ichida yaxshi psixologik muxit yarata olish;

- nizolik vaziyatlarni oldini olish va yecha olish.
O`qituvchining yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko`nikmalari:

- shaxsga yo`naltirilgan zamonaviy uslublar - hamkorlikda ta`lim olish uslubi, loyihalar uslubii, tadqiqot uslublari va boshqa uslublarni bilish;

- ta`limning yakama-yakka, guruhiy va frontal uslublariga ega bo`lish;

- qo`llanilayotgan ta`limning kunduzgi shaklini Internet sharoyitiga moslashtira olish;

- ta`limning kunduzgi va sirtqi shakllarini birlashtira olish;

- masofadagi o`quvchilar bilan ishlayotganda ta`limning yakkama-yakka, guruhiy va frontal shakllarini birlashtira olish;

- telekommunikasiya loyiha tashkil etish va o`tkaza olish;

- moderator sifatida o`quv mavzulik telekonferensiya tashkil etish va o`tkaza olish;

- mavzuga oid chat tashkil etish va o`tkaza olish;

- o`quvchilarning o`quv faoliyatini monitoringini tashkil etish va o`tkaza olish;

- o`quvchilarni bilimini samarali nazorat qilish va testlash tizimini tashkil eta olish.

Masofali o`qitish orqali olib o`rta maxsus, kasb-hunar muassasalari kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kam xarajatli, ana`naviy o`qitish tizimiga qaraganda samaraliroq hamda kelajagi porlok shakllardan biridir.

Xozirgi kunda Amerika Qo`shma shtatlarida 50% korporasiyalari MO` dan foydalanadilar, 200 (Universitetlarning 60 foyizi ) OU, 1000 dan ko`p kollej-lari MO` kurslarini taqdim etadilar.

Unga 3 mln. mutaxas-sis jalb qilingan. Bir necha yillardan keyin ularning soni 5 mln.ga yetishi mumkin.

Masofali o`qitishda ta`limni rejalashtirishdan natijalarni tahliligacha bo`lgan besh bosqich. Har qanday masofali kurs qo`yidagi bosqichlarda amalga oshadi: g`oyani tug`ulishi, amalga oshirishni rejalashtirish, kursning kontenti (mazmuni)ni yaratish, kursni kursni siljitish, kurs bo`yicha shaxsan o`qitish va o`qitish kursini yoki ashyoni ishlab turish naijalarini tahlili. O`qitish natijalari bo`yicha kursni to`g`rilash, to`ldirish va o`zgartirish.

Yuqorida keltirilgan bosqichlar, mohiyati bo`yicha savol, muammo yoki masala (jarayon)larni shakllantirish va ularni amalga oshirish, hal qilishdan iboratdir.

Quyida tuzilishli keltirilgan matn masofali o`qitish kursi yoki ashyosning texnik vazifalarning uni ishlab chiqish yoki rejalashtirilayotgan loyihaning texnik-ishchi loyihasini tashkil etishi mumkin.

Bundan tashqari, bu oddiy savollar yig`indisi bo`lishi mumkin va unga javob berib, masofali o`qitish kursi bo`yicha loyihangizning amalga oshirilishini tassavur qilishingiz mumkin.

Kursning hayotilik sikli(mavjudligi)ning har bir bosqichida "yaratuvchining" savollari va/yoki harakat qilishini to`la vazifalari tavsiflangan. Zarur bo`lmagan yoki ortiqcha harakatlar ko`rib chiqish va bajarishdan olib tashlanishi mumkin. "O`qitish kursining kontenti (mazmuni)ni tayyorlash" bosqichining bo`limi o`qitish ashyosini yaratishning sodda harakat rejasini tashkil etishi mumkin.

Ixtiyoriy bosqich (bosqichning mavjudligi) avtonom holda foydalanilishi mumkin.

Material o`zining katta bo`lmagan shaxsiy ashyosini yaratuvchi (2 bosqich) va uni o`qitishda foydalanilayotgan (3 bosqich) o`qituvchiga ham, shuningdek, masofali tinglovchilarni ommaviy o`qitish (barcha bosqichlari) uchun kurs yoki bir qancha kurslarni yaratishni o`ylayotgan menejerga ham foydali bo`lishi mumkin. U holda ham, bu holda ham "yuqoridan pastga yurish", javoblarni ifodalash, amallarni bajarish yetarli va mujiza - masofali o`qitish ashyolarini "tug`ilishi" paydo bo`ladi.

Taklif qilinayotgan tuzilish o`qitish ashyosini loyihalashning chiziqli va izchil algorimi bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu algoritmda oshkor bo`lmagan sikllar (loyihalashda qaytish va to`g`rilash), bosqichlarni takrorlanishi ("MO` kursini o`ikazish" bosqichini "adadi", shaxsiy o`qish jarayoni).


Qo`llanilayotgan atamalar [ 1 ] ishga mos keladi.

  1. Masofali o`qitish kursini rejalashtirish

  2. O`qitish kurs kontenti (mazmuni) ni tayyorlash

  3. Masofali o`qitish kursini oldinga siljitish va faollashtirish

  4. MO` kurslarini o`tkazish

  5. O`tkazilayotgan o`quv kursining natijasini tahlil qilish

Xindistonda masofali o`qitish. Xindistondagi Indra Gandi nomidagi Milliy ochiq universiteti 1985 yili tashkil etilgan bo`lib, faqat 1987 yildan e`tiboran talabalarni akademik dasturlar asosida tayyorlay boshlagan. Universitetning asosiy vazifasi-axborot va kommunikasiya texnologiyalardan foydalangan xolda o`kitish sifatini, shu jumladan nashr etiladigan materiallarni ham, ko`tarishdan iboratdir. Universitet axolining keng qatlami, shu jumladan ayollar, nogiron va kam ta`minlangan aholilarga ta`lim imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

Taqdim etayotgan Masofali o`qitish ta`lim muhitilari uz ichiga chop etilgan qo`llanmalar, audio-vidiokasetalar, radio-tele eshittirishlar, shuningdek, mamlakatning turli qismlarida joylashgan ana`nviy universitet va kollejlarda joylashgan ko`p sondagi o`quv markazlarida kunduzgi maslahatlar o`tkazishnini oladi.

Universitetda umumiy kontengenti 185000 nafar talabao`qiydi. Har yili universitetning turli dasturlari bo`yicha 80000 ga yaqin talaba qabul qilinadi.

Evropadagi masofali o`qitish. Shimoliy Amerika doirasidan tashqarida masofali o`qitish asosan davlat tomonidan ta`minlanadigan "Ochiq" universitetlar hisobiga rivojlanmoqda. 60 yillarda Buyuk Britaniyada paydo bo`lgan MU Yevropa tashkiloti dastlab qandaydir darajada sirtqi ta`lim tizimiga o`xshash edi. Ularning asosiy farqi shunda ediki, o`qitish talabaning turar joyiga yaqin yerga ko`chirilgan bo`lib, ular maxsus qo`llanmalardan foydalangan xolda o`zlari mustakil ravishda tayyorgarlik qilar edilar. Bunda talabalar o`zlarining asosiy faoliyatidan uzok ajralishga ega bo`lmaganlar. Bundan tashkari o`quv jarayonida asosiy ahamiyat talabaga yaqinyashab, ularga o`quv jarayonida maslahatlar beradigan, seminar va yakshanba maktablarini tashkil qiladigan tyutorlar berillangan edi. Kurslarning bir qismi televidenie va radiodan foydalangan holda taqdim etadilar. Yevropada MO`T Ochiq, universitetlarning tashkil etilishi bilan bog`liq ravishda 70 yillarda faol ravishda rivojlandi.

Ispaniyaning Masofali o`qitish Milliy universiteti (Universidad National de education a distancia UNED) mamlakatida 58 ta o`quv yurti va chet davlatlarda 9 ta o`quv yurtini o`z ichiga qamrab olgan. Buyuk Britaniyada boshqaruv soxasida magistr darajasi uchun mo`ljallangan dasturlarining 50% dan ko`prog`i MU orqali amalga oshiriladi. Ushbu sohada Britaniya Ochiq, Universitetining Ochiq, tijorat maktabi ilg`or hisoblanadi.

Oxirgi paytlarda Yevropa MO` da imkoni boricha zamonaviy kompyuter va kommunikasiya texnologiyalari qo`llanilmokda. Bu bilan shimoliy Amerika va Yevropa tashkilotlari orasidagi texnologik farq, borgan sari kamaymoqda. Umuman olganda, elektron oliy ta`lim dasturlari 30 dan ortiq, davlatlarda ishlab chiqilmoqda.

Xitoyda masofali o`qitish. XX asrning 50-yillari Xitoyda masofali o`qitishning asosiy shakli sirtdan o`qitish bo`lgan.1951 yili Shimoliy-Sharqiy tajriba maktabida sirtqi bo`lim ochildi, Pekinda esa sirtqi pedagogik bilim yurti tashkil etildi va shu bilan o`rta maxsus sirtqi pedagogik ta`lim boshlandi. Sirtqi oliy ta`lim dastlab Xitoy xalq universitetida (1952 y.) va Shimoliy-Sharqiy pedagogika instituti (1953 y.) da ochildi. 1965 yilga kelib Xitoyning 123 ta oliygoxida 138 ta mutaxassislik bo`yicha sirtqi ta`lim joriy qilingan bo`lib, unda 189 ming talaba, ya`ni barcha o`qiyotgan talabalaning 28 % ni tashkil etgan. 1960 yilda Pekinda birinchi radioteleuniversiteti tashkil qilinda. U radio,televidenie va nashr etilgan materiallar orkali ochiq o`qitish olib bordi.

1966 yilga kelib bunday universitetni 8 ming kishi maxsus kurs bo`yicha va 50 ming kishi alohida fanlar bo`yicha bitirib chiqdi.1986 yili Xitoy o`qitish televideniyasi (SETU) ochildi. Shundan boshlab Xitoy zamonaviy texnikali uchta: o`quv yurtlarida o`qitish tizimi, radio va televidenie orqali o`qitish tizimi va sun`iy yo`ldosh orkali o`qitish tizimiga ega bo`ldi. 1998 yilning oktyabridan e`tiboran masofali o`qitishda sun`iy yo`ldosh aloqasi foydalanila boshlandi va ular birinchi navbatda iqtisodiy koloq rayondagi o`quvchilarni o`qitishga karatilgan edi. 1996 yili Sinxua Politexnika instituti zamonaviy masofali va tarmoqli o`qitish tizimini ko`tarib chiqdi, shu bilan 1998 yili Xitoyning 4 ta -Sinxua politexnika instituti, Pekin aloqa instituti, Chjeszyan universiteti va Xunan universiteti hamda Markaziy radioteleuniversitet, keyinchalik Pekin universiteti Xitoyda zamonaviy masofali o`qitishning birinchi tajriba markavzlariga aylantirildi va 1999 yildan boshlab masofali o`qitish dasturi amalga oshira boshlandi. 2000 yildan boshlab Xitoy o`qitish televideniyasi ommaviy axborot vositalarini sun`iy yo`ldoshli keng tasmali translyasiya platformasini ochilishi tomoshabinlarga uylaridan chiqmasdan turib masofali o`qiishning 30 xil turidan ixtiyoriysini tanlash imkoniyatini berdi.

Pekin universitetining masofali o`qitish uslubiga kelsak, u quyidagicha: tinglovchilar o`qishga kirayotgan paytda ularning qo`liga ma`ruzalar jadvali kiritilgan o`quv rejasi beriladi. Rejadagi ma`ruzalarni o`tagan tinglovchi o`qishni tugatishi mumkin. Ma`ruzalar sun`iy yo`ldoshli raqamli radiotarmog`i bo`yicha uzatiladi. Bunday o`qish asosan auditoriyalarda o`tadi. Internet orqali asosan fanlar bo`yicha o`quv material, tinglovchi savollariga javoblar va vazifalar uzatiladi.

Tinglovchilar aniq bir markazlarda, imkoniyati bo`lgan tinglovchilar esa, mustaqil ravishda Internet orqali o`qishlari mumkin.

Pekin universitetining barcha auditoriyalari ochiq bo`lib, ularga turli oliygoxlarning o`qituvchilarini ma`ruzalari uzatiladi. Mamlakatning 8 provinsiyasida oliygoxlardan tashqarida 9 ta masofali o`qitish markazlari ochilgan. Bu markazlarda tinglovchilar Internet orqali o`qituvchilar bilan kompyuter yordamida muloqat qilishlari mumkin.

Tinglovchilarning o`qishga sarflaydigan to`lovlari oddiy oliygoxlarda o`qishlariga qaraganda 10% ga kamroq. Hozirgi kunda Pekin universitetining bir yillik to`lovi 4800-5200 yuanni tashkil etadi.

2000 yilning oxirlaridan boshlab boshlang`ich va o`rta maktab o`qituvchilarning malakasini oshirish kompyuter tarmog`i (www.chinatde.net) ishlay boshladi. Unda navbat bilan 10 mln. o`qituvchi malakasini oshirish mo`ljallangan.

29 provinsiyada o`z tayanch nuqtalariga ega bo`lgan Sinxua Politexnika instituti masofali o`qitish tarmog`iga ixtiyoriy vaqtda nafaqat pedagoglar, balki institutning o`zida taxsil olayotgan talabalari ham bog`lanishlari mumkin. Ushbu institutning tarmog`ida masofali o`qitish orqali magistrlar ham tayyorlanmoqda.

"Xuasyadadi" tarmog`i (www. edu-edu.com.cn) o`zlarining taniqli institutlari bilan birgalikda mustaqil ravishda o`quvchilarga imtixon topshirishlari uchun kompyuter maslahatlari o`tkazishni tashkil etdi. Unda har yili 14 mln. o`quvchilar mustaqil ravishda o`zlariga zarur axborotlar olishlari mumkin.

Ispaniyada masofali o`qitish. Ispaniyaning masofali o`qitish Milliy universiteti 1972 yili turli sabablarga ko`ra an`anaviy dastur asosida o`qiy olmaydigan barcha kishilarga oliy ta`lim berish maqsadida Parlament tomonidan tashkil etilgan. Universitet Madridda joylashgan. Mamlakat tumanlarida qator o`quv markazlari bo`lib, ular bakalavriat, magistratura va oliy o`quv yurtdan keyingi ta`limga mo`ljallangan kurslar taklif etadilar.

O`quv materiallari sifatida audio-va video kasetalar, kompyuterli o`qitish texnologiyalari, telema`ruzalar va telematnlar bilan to`latiladigan maxsus tayyorlangan nashrlardan foydalaniladi. Talabalar bilan doimiy muloqatda bo`lib turish va telefonda suhbat qurib turish maqsadida 50 ta o`quv markazlarida o`quv materiallarini muhokama qilish bo`yicha kunduzgi uchrashuvlar foydalaniladi. Oxirgi vaqtlarda universitet boshqa mamlakatlar bilan birgalikda o`qitish maqsadida yana 8 ta markazlarini tashkil etilgan.

Universitetda taxsil olayotgan talabalarning umumiy soni 124000 ta bo`lib, shulardan 85000 tasi turli daraja olish uchun o`qimoqdalar.

Germaniyada masofali o`qitish. Germaniyadagi masofali o`qitish o`ziga xos xususiyatlarga ega. U markalashtirilgan xolda oliy kasbiy ta`lim mutaxassislarini masofadan turib tayyorlashni rejalashtirishdan boshlangan. Sharqiy yerlarni birlashtirilishi masofali o`qitish bozorini yanada kengaytirish imkoniyatini berdi. Mutaxassislarni masofali tayyorlashni amalga oshirayotgan oliy kasb-hunar o`quv yurtiga misol sifatida Xagen (Reyn-Vestfaliyaning shimoliy yerida) shahridagi Sirtsi universitetni keltirish mumkin Universitet bir yilda 50000 dan ortiq talabaga ta`lim xizmatini amalga oshiradi.

Lekin ta`lim talablariga bardosh bera olmagan talabalar ro`yhatdan chiqarilganligi tufayli umumiy kontengentning 20% dan ko`p bo`lmagan qismi oliy kasb-hunar ta`limini diplomiga ega bo`ladilar.

Kanadada masofali o`qitish. Kanadada ochiq va masofali o`qitish texnologiyasini turli xududlardagi, shu jumladan, uzoq va aholisi kam bo`lgan xududlardagi kishilarninig ta`limga bo`lgan ihtiyojlari rivojlanishi bilan asosan Atabaskaning universitetlari va Teleuniversitet amalga oshirmoqdalar.

Kanadadagi masofali o`qitish universitetlarining asosiy vazifalari: an`anviy universitetva kollejlarga kira olmagan abiturientlarga oliy ma`lumot berish; ishsizlarga ta`lim berish va ularni bo`sh yurishga yo`l qo`ymaslikni ta`minlash; faoliyat sohasi o`zgarishi munosabati bilan bilimlari etishmayotgan xizmatchilar va texnik xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashni, barcha odamlar uchun butun umrlari mobaynida uzluksiz ta`lim va qayta tayyorlashni ta`minlash va inson ashyolarini yangilab turishdan iborat. Universitet 20 dan yuqori bo`lgan yoshdagi ishlayotganlarlar uchun maqsadli guruhlariga ega. Ular uchun masofali o`qitish ikkinchi oliy ta`limdan ko`ra ko`proq, kasbiy tayyorgarlikni olishdan iborat. Qabul

talablari oliy ta`lim modeli bilan bir xildir.

Kanada masofali o`qitish universitetlari o`quv kurslarini an`anaviy axborot tashuvchilarida ta`minlaydilar. Kurslar odatda nashr etilgan materiallardan iborat bo`lib, o`z ichiga uslubiy ko`rsatmalar, qo`shimcha ta`lim uchun makrlalar to`plami, laboratoriya praktikumlarini bajarish uchun uslubiy ko`rsatmalar va boshqalarni oladi. Faqat ba`zi universitetlargina ta`limning bir qismi sifatida kompyuter ta`limi imkoniyatlari va elektron aloqalardan foydalaniladilar. Kanadaning Nyu Brunsvik shahari uzoq provinsiyada joylashganligiga qaramay, undagi barcha maktablarga optik tolali aloqa o`rnatilgan. Masofali o`qitish bo`yicha 38 kurslarning faqat uchtasidagini vidioanjuman foydalaniladi.

Kanadaning eng shimoliy qismida joylashgan Atabaska universiteti uzoqda va kam aholilik joylardagi kishilarning ta`limga bo`lgan talabini qondirish maqsadida 1970 yili tashkil etilgan.

1972 yili yoshi katta yoshdagi kishilar uchun ushbu universitet noan`anaviy ta`lim shaklidagi universitetga aylantirildi. Universitet boshqarish, san`at, savdo mutaxassisliklaridan masofali o`qitish bo`yicha bakalavr va magistr darajalarini olish uchun kurslar taqim etadi. 1980 yillardan toki 1992 yillarga qadar talabalar soni 3446 nafardan 11351 nafargacha ko`paygan. Tavsiya etilayotgan kurslar olti martaga oshdi, ya`ni 1980 yildagi 40 ta kursdan 90 - yillarga 248 taga yetdi.

Indoneziyada masofali o`qitish. Terbuka universiteti Indoneziyaning 45 - chi universiteti hisoblanadi. Ushbu universitet 1984 yili Jakartada birinchi Masofali o`qitish universitei qatorida tashkil etilgan. Universitetning diplomi boshqa ihtiyoriy davlat universitetlari bilan bir xil tan olinadi. Universitet taklif qiladigan Masofali o`qitish dasturlari qishlok, xo`jaligi, statistika, kompyuter va axborot texnologiyalari, ijtimoiy fanlar sohalarini o`z ichiga qamrab oladi.

Universitet mamlakatning turli tumanlarida talabalarga ta`lim olishda yordam berish uchun 32 o`quv markazlariga ega. O`qitish uslublari mustaqil ta`lim olish uchun mo`ljallangan materiallar majmuasini foydalanishga asoslangan. Bular ichiga audiokasetalar, mashqlar to`plamlari, ma`ruzalarni radio va televidenie orqali translyasiya qilishga mo`ljallangan seanslar ham kiradi.

Uning barcha bo`limlarida taxsil olayotgan o`quvchilar soni 172000 kishiga yetgan.

Indoneziyaning bank ishlarini rivojlantirish instituti 1985 yili tashkil etilgan bo`lib o`z tizimiga masofali o`qitish bo`limini olgan an`anaviy ta`lim shakliga ega bo`lgan institutlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda institut tomonidan masofali o`qitish bo`yicha ikkita: zaymlar va qishloq xo`jaligi sohasida bankni boshqarish bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini taqdim etmoqda. Ushbu institutning talabalari asosan Indoneziyaliklar bo`lib, unga kirish uchun ish bilan ta`minlovchilarning tavsiyasi talab qilinadi. O`qitishda foydalaniladigan asosiy materiallar nashr etilgan materiallar hamda audiokasetalardan iborat. Hozirgi kunda Indoneziyaning ushbu institutida 5000 dan ortik, talaba o`qimoqda.

Isroilda masofali o`qitish. Isroilning Ochiq universiteti fuqorolarini faqat masofali o`qitish uslubiga asoslangan. Universitet 1974 yili Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda tabiiy fanlar, matematika, xisoblash texnikasi, boshqarish, musiqa, san`at va boshqa sohalar bo`yicha 200 dan ortiq kurslarni taqdim etmoqda. O`quv jarayonini tashkil etishda nashr etilgan materiallar muhim o`rin egallagan.

Har semestr mobaynida universitetda va uning turli shaharlarida joylashgan 60 ta, shu jumladan Rossiya hamda boshqa MDH davlatlaridagi o`quv markazlarida taxminan 12000 talaba taxsil oladi.

7-mavzu. Gipermatnli elektron darsliklar

Respublikada elektron o`quv adabiyotlaridan foydalanishga mo`ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o`qitishni tashkil etish bo`yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko`pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. 2004 yildan e`tiboran elektron o`quv adabiyotlaridan foydalanishning ikkinchi tajriba-sinov bosqichi boshlanishiga qaramay, ta`lim muassasalari uchun elektron darslik yaratish bo`yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu ham bo`lsa elektron darslik yaratish uslubieti, uning tuzilishi, o`z ichiga oladigan komponentalarining aniq bir tizimga solinmaganligida bo`lsa kerak.

Elektron o`quv adabiyotlarining uchinchi - o`quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o`tib, o`quv adabiyotlarning yangi avlodini keng ishlab chiqarish va ta`lim muassasalarini ta`minlash uchun ushbu yo`nalishdagi vazifalarni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalardan biri fanlardan elektron darslik yaratishdir.

Avvalo darslik - davlat ta`lim standarti, o`quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g`oyasi singdirilgan, muayyan o`quv fanining mavzulari to`liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o`zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta`lim yo`nalishdarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta`kidlaymiz.

Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangan o`quv uslubini qo`llashga, mustaqil ta`lim olishga hamda fanga oid o`quv materiallar, ilmiy ma`lumotlarning har tomonlama samarador o`zlashtirilishiga mo`ljallangan bo`lib:

- o`quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida;

- o`quv materiallar verbal (matn) va ikki o`lchamli grafik shaklda;

- multimedia (multimedia - ko`p axborotli) qo`llanmalar, ya`ni ma`lumot uch o`lchamli grafik ko`rinishda, ovozli, video, animasiya va qisman verbal (matn) shaklida;

- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o`quvchi (talaba, tinglovchi) ni "ekran olamida" stereo nusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi va undagi ob`ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

Yangi asr ta`limini rivojlanish tendensiyasi - axborot texnologiyalarini o`quv-tarbiya jarayoniga keng qo`llash va tarqatishdir.

Bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o`z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish deb hisoblash mumkin. Yangi axborot texnologiyalarini ta`limga tatbiq etish ta`limda an`anaviy o`qitish jarayonidan o`quvchining o`zi ta`lim jarayonini borishini aniqlaydigan yangi jarayoniga o`tishni ta`minlaydi.

Katta oshkoralikda o`tadigan bu jarayon kelajakda ta`lim tizimida keskin inqilob qilishga qodir bo`ladi. Ko`pchilik iqtidorli o`quvchilar o`zlarining qobiliyati va qiziqishiga ko`ra mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ta`limning bunday ochiqchalik tizimida chuqur bilimga ega bo`lgan maktab o`qituvchilari bilimlarini o`quvchilarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to`g`ri keladi.

Hozirgi kunda ta`lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta`lim hozircha bemalo deyish mumkin emas. Elektron darslik yaratish borasida anchagina ishlar qilanayotgan bo`linsada, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo`lishdek ochiq tizimlar mavjud emas. Albatta, ta`lim tizimini rivojdanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo`qolib boradi.

Elektron darsliklar yaratish juda murakkab va qiyin ishdir. Ta`lim texnologiyasi markazida o`quvchi (talaba), texnologiya mazmunida - o`quvchi(talaba)lar tomonidan mustaqil ravishda ta`lim olish qobiliyatini rivojlantirish; o`quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi.

Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o`quv materialni bayon etish, amaliy mashg`ulotlar bajarish va teskari aloqa (o`quvchilar tomonidan bilimlarni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e`tiborga olinishi kerak.

Elektron darslik to`laligicha bir faylda bo`lishi maqsadga muvofiq emas. U juda katta bo`ladi. Bu darslikni kompyuterga yuklashdagi tezlikni kamaytiradi va materialni o`zlashtirishni qiyinlashtiradi. Har bir bob bitta hujjat sifatida tayyorlanishi yuqoridagi kamchiliklarni yo`q qiladi.

Elektron darslik yaratishda Microsoft FrontPage dan foydalanish maqsadga muvofiq. Darslikning matni uchun ixtiyoriy matn muxarriri qo`llanilishi mumkin bo`lib, tayyorlangan hujjatlarni txt formatida yoki birdaniga HTML da yozib qo`yish mumkin.

Matn darslikning faqat axborotli qismidir. Eng kerakli narsa darslikni tayyorlashning umumiy uslubi hisoblanadi.

Freymlar monitorda zarur hollarda ko`rinishi kerak bo`ladigan doimiy axborotlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Bunday axborot sifatida darslik muallifining ismi va sharifi, o`quv muassasa nomi va boshqalar olinishi mumkin. Lekin masalaning boshqa yaxshi tomoni, darslikning mazmunini joylashtirish va matn bo`yicha xarakatlanish (sahifalash) qulay. Shuni aytish joizki freymlarning o`zlari axborot joylashadigan xotiraning ko`p qismini egallaydilar va matnlarga joy kam qoladi.

Elektron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o`xshash, ya`ni bet ketidan bet chiqadigan qilib freymlarsiz yaratish ham mumkin. Bunday holda darslikni yuklash vaqti ko`payadi, chunki kitobning o`zi katta hajmda bo`ladi. Unda harakat qilish, ya`ni ekranda sahifalashning osonligi yo`qoladi. Lekin bunda axborot fazosi anchagina iqtisod qilinadi. Matn bo`yicha harakatlanishini osonlashtirish uchun ekranda doimiy joylashgan maxsus tugma yaratgan ma`qul.

Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq qo`llanish kerak. Chunki ular ham darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi.

Yaxshi elektron darslik ma`ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg`ulotlarida repititor, mustaqil ta`lim olishga vosita, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslubiy yordamchi, o`quvchilar tomonidan bilimlarni o`zlashtirishini nazoratchisi, amaliy mashg`ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta`minlovchidir.

Lekin elektron darslikda yuqorida sanalgan imkoniyatlarni mujassamlanishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda o`rganilayotgan predmet xususiyatini hisobga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo`lishi talab etiladi.

Avvalo elektron darslikda boblar alohida bo`lishi va unga ko`rgazmalilik, ijobiy emosional fon tamoyil, xushfe`llik va qo`yilgan masalani yechishda keng yordam berish tamoyillari qo`llanilishi zarur.

Elektron darslik bilan ta`limning eng qulay ssenariysini tanlashni ta`minlaydigan interfaol tartibda ishlash o`quvchilar bilim olishini faollashtiradi.

Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo`ljallangan. O`quvchi o`zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta`lim usulini tanlashi kerak.

Elektron darslik o`quvchini bilim olishini vaqt bo`yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham o`quv materialni o`zlashtirish vaqti o`quvchining xohishiga ko`ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin.

Elektron darslik o`quvchilarga axborotni o`qish, ma`ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlariga mo`ljallangan vazifalarni ishlarini bajarish, o`z bilimlarini tekshirish va zarur hollarda ularni to`ldirish, o`z-o`zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin.

O`z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari uchun vazifalar, testlarni, bir vaqtni o`zida bilim berish va ularni o`zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi dasturiy ta`minotga ega bo`lishi kerak. Boshqacha aytganda u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilish tashkil etuvchisi; olingan bilimlarni mustahkamlashga mo`ljallangan mashqlar, o`quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini beradigan testlar kabi uchta komponenti bo`lishi zarur.

Kompyuterga mo`ljallangan darslik:

- bir onda teskari aloqani ta`minlashi;

- zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi;

- gipermatnli tushuntirishlarga ko`p marta murojaat qilishda vaqtni iqtisod etishi;

- ekranga matnni to`g`ridan-to`g`ri chiqaribgina qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilish va modellashtirishi;

- aniq bir bo`lim bo`yicha o`quvchilarning o`zlashtirish darajalariga mos holda tezlikda bilimini baxolay olish imkoniyati;

- zarur o`quv axborotlarni yangilash imkoniyatini mavjudligi bilan an`anaviy darsliklardan farq qiladi.

Boshqacha aytganda, elektron darslik o`quv materiallarini ilmiy va ko`rgazmali qilib tasvirlash; taxliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to`la, tizimli va mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o`quv materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi axborot-bilim; muammoli; o`quv materialini o`zlashtirilishining mustahkamligi; ta`limni differensiallashgan va yakkama-yakkalanganligi; moslanuvchanligi va emosional ta`sirchanligi kabi psixologo-pedagogik; to`la didaktik ta`lim davriyliligi, ta`limni interfaolligi, teskari aloqa, o`z-o`zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash mumkinligi; ishlashda qulaylilik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o`quv adabiyoti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarni (masalan, kompyuterlarni) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlarini mavjud bo`lishini taqqoza etadi.

Nashr etilgan o`quv materiallarning yuqorida sanalgan didaktik imkoniyatlari an`anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o`quv qo`llanmalarni tajribada taqqoslanib ko`rilganda, eng ko`zga ko`ringan belgilarni oxirgi tur (multimediali) o`quv qo`llanmalarda mavjud ekanligi tasdiqlangan.

Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini printer orqali chop etish va o`quvchilar xoxlagan paytda uni o`qish imkoniyati ham bo`lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko`p o`qish o`quvchilar ko`ziga salbiy ta`sir etishi mumkin.

Xulosa qilib, aytganda ta`lim muassasalarining o`quv-tarbiya jarayonida foydalanish uchun mo`ljallangan elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo`lmog`i lozim:

- predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi;

- o`quv predmetning tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli, audio va videoizoxlarga asosiy mavzularni mos kelishi;

- matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikni asosiy bo`limlari bo`yicha o`qituvchilarning o`quv materialini video yoki audio yozuvli bayonlarini berilishi;

- rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo`lishi va bunda gipergrafikadan foydalanilishi;

- ko`p oynalik interfeysni qo`llanilishi;

- matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo`ljallangan gipermatn tizimini mavjudligi;

- matn bilan tushuntirish qiyin bo`lgan predmetning boblari qo`shimcha videoaxborot va animasiyalik kliplar bilan ta`minlanishi;

- audioaxborotlar musiqa bilan olib borilishi;

- o`quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo`lgan vazifa va mashqlar hamda ularning javoblarini berilishi;

- asosiy tushuncha va modullarning izoxli lug`atini mavjudligi bilan an`anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. Elektron darslikning har bir bo`limidan so`ng o`quv materialini mustahkamlash uchun savollar berilishi maqsadga muvofiqdir.

Ta`lim muassasalarida elektron darsliklarni foydalanish orqali o`quv-tarbiya jarayoni jadallashtiriladi. O`quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga:

- bir maqsadga yo`naltirilganligini ko`tarish;

- o`quvchilarning motivasiyasini kuchaytirish;

- o`quv mazmunini axborotli hajmini kengaytirish;

- o`quvchilarning o`quv-bilish harakatini faollashtirish;

- o`quvchilarning o`quv amaliy darajasini tezlashtirishlarni kiritish mumkin.

Yuqorida bayon qilinganlar asosida elektron darsliklarni yaratish tamoyillarini sanash mumkin.

Ular:

- o`quv axborotlarni notekis va ko`p darajali tasvirlash;



- o`quvchiga, mustaqil va yakkalashtirilgan bilim olishga yo`naltirilganligi;

- o`quvchining ruxiy faoliyatini: kuzatish, fikrlash va amaliy faoliyatlarini rivojlanish xususiyatlarini integrasiyalashdir.

Har qanday predmetdan to`laqonli elektron darslik yaratish juda mushkul ish. Hozirgi kunda yaratilgan va yaratilayotgan elektron o`quv adabiyotlar soni uncha katta emas. Ushbu ishni jadal odimlar bilan amalga oshirish va ta`lim muassasalarining o`quv jarayoniga joriy etish hozirgi kunning zaruratiga aylandi. Qo`yilgan vazifani amalga oshirish uchun respublikadagi salohiyatli va tajribali o`qituvchi, uslubchi, olim va tizimli dasturchilarni birlashtirib maxsus elektron darslik yaratuvchi guruhlar, imkoniyatdan kelib chiqqan holda xatto markazlar tashkil etish zarur. Bu bilan mustaqil respublikamiz kelajagini ta`minlaydigan yosh avlodni yangi axborot texnologiyalardan foydalangan holda o`qitib, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va rivojlangan chet davlatlarining yoshlari bilan raqobatdosh kadrlar tayyorlashga zamin yaratgan bo`lamiz.

O`quv-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin bo`lgan ba`zi saytlar ro`yhati



www.ilm.uz - O`zbekiston ta`lim portali. O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalarining ro`yhati va saytlari. Respublika oliy ta`lim bo`yicha ma`lumotlar.http://tstu.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Abu rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti http://bfa.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - bank - moliya akademiyasining sayti

http://namiei.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Namangan muxandislik Iqtisodiyot instituti sayti

http://samgasi.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining sayti

http://nsmi.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Navoi Davlat konchilik instituti sayti

www.goldenpages.uz/partners.php - O`zbekiston Oltin varoqlari sayti http://const.uz/content/page_20_0.html

http://ft.re.uz/domaincatalog.jspqlanguage=ru - O`zbekiston respublikasi "Fan va taraqqyotit" ilmiy-texnik majmuasi.




Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling