Masofaviy ta’lim berish metodlari. Xxi-asrning muhim o`quv texnologiyasi


Download 247.5 Kb.
bet2/21
Sana09.01.2022
Hajmi247.5 Kb.
#260500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
masofaviy talimni tashkil etish

Birichidan, masofali o`qitishning asosiy tamoyillaidan biri - 24*7 (bir kecha-kunduzda 24 soat va haftada 7 kun) tamoyili, o`quv materiali bilan ishlash uchun vaqt bo`yicha chegaralarning to`la yo`qligi.

Ikkinchidan, masofali o`qitish fazoviy chegaralardan to`la ozod qilingan, chunki u WWW texnologiya asosida qurilgan virtual fazoda amalga oshiriladi, Internet texnologiyasi qo`llanilganligi uchun o`quvchilar ta`lim muhitiga ixtiyoriy kompyuter orqali kirishlari mumkin.

Uchinchidan, Internet Web-tuguni (sayti) to`la hajmda ochiq ta`lim tizimidagi o`quv markazining vazifasini bajaradi. O`quvchi uchun zarur bo`lgan barcha ma`lumotlar ushbu saytda joylashgan. Masofali o`quv kurslarining o`zlari to`laqonli sifatdagi ta`limga zarur o`quv materiallarning o`ziga hos kutubxonasini tashkil etadi. Bundan tashqari, tinglovchilar Internet orqali virtual kutubxonaning o`qish uchun eng zarur bo`lgan ashyolariga kirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Shuni ta`kidlash kerakki, virtual muxit tinglovchilarga kunduzgi o`qish shaklidagiga qaraganda ancha ko`proq vizual axborot (matnli, illyustrasiyali, video, audio) berish imkoniyatina ega.

Internet Web-tugun uzeli tinglovchilar uchun har doim-kunning ixtiyoriy soati va haftaning ihtiyoriy kunida ochiq bo`lgan, Internetga ulangan kompyuteri bo`lgan ixtiyoriy joy (fakultet, uy, ishxona) dan kirish mumkin bo`lgan o`ziga hos sinf xonasidan iborat bo`ladi. Bundan tashqari, Internet Web-tugun-dam olish uchun xona, pochta aloqa bo`limi, jadvalni ochish uchun e`lon taxtasi va zachet va imtihonlarni qisman o`tkazish joydan iborat.

Internet Web-tugun tinglovchilarga Internetning o`quv va axborot ashyolari haqida ma`lumotlarni taqdim etadi, global axborot tarmog`ining o`quv koinotiga oynadan iborat bo`ladi.

Tyutor, o`qituvchilar va boshqa tinglovchilar bilan aloqa saytda yaratilgan o`quv-ta`lim muxitida elektron pochta, munozarali forumlar va chat-tizimlar vositalari orqali amalga oshiriladi.

Internetning interfaol imkoniyatlari ta`limning jamoaviy uslublari ta`minlaydilar. Tinglovchi eletron forum yoki jo`natmalar ro`yhati orqali hamkasblariga ma`lumot yuborishlari mumkin, yoki o`quv loyixa ustida bajariladigan jamoaviy ishlar asboblaridan foydalanishlari mumkin.

Tinglovchilar, darslarga majburiy qatnashishlaridan ozod bo`lganlaridan so`ng, ular turli geografik xududlardan ma`lumotlar yoki interfaol muhokamalar bildan almshishlari mumkin.

O`qituvchi uchun faqat real vaqtda amalga oshayotganlarni rejalashtirish va mulohazalarni jo`natish qoladi.

Kompyuterli ta`lim. Masofali o`qitishning muhim elementlaridan biri kompyuterli o`rgatuvchi dasturlaridan foydalanib o`qitishdir. Kompyuterli o`qitish 60 yillardan e`tiboran boshlangan.

Talaba(tinglovchi)lar faqat matn tartibidagina ishlashni bilishiga qaramay, o`quv jarayonining samaradorligi ko`tarilgan.Talaba o`quv materialni yaxshiroq esda qoldirgan, o`quv jarayoni tezlashgan. Multimedia vosita(matn, grafika, animasiya, tovush)larini ishlab chiqish ta`limni samaradorligini yetarlicha ko`tardi.

Masofali o`quv kurs (MO`K) bir o`quv predmetini o`rganish uchun zarur bo`lgan o`quv materiallarining o`ziga yetarli majmuidir.

Masofali kurs bu:



  • etarlicha hajmdagi matn, rangli tasvir va grafiklar, animasiyalar, audio-video-lavhalarga ega bo`lgan ma`ruzalar multimedia kursi;

  • tinglovchilarni tarmoqli o`qitish va nazorat qiluvchi testlash va bilimlarini bir onda baholash;

  • tinglovchilarni o`quv vazifalarni bajarishning joriy grafigi haqida avtomatik ma`lum qilish;

  • aniq mavzu bo`yicha jahon axborot manbalariga ega bo`lgan saytlarga murojaatlarni ifodalaydi.

O`qituvchi va tinglovchilar bilan faol muloqot. Masofali o`qitishning asosiy elementlaridan biri tinglovchilarning o`qituvchi va boshqa tinglovchilarlar bilan faol muloqot qilishidir. Bu jarayon:



  • elektron pochta;

  • jo`natmalar ro`yhati;

  • munozarali forumlar;

  • chat-tizimlar;

  • on-laynli seminar va munozaralar;

  • teleanjumanlarni foydalanib amalga oshiriladi.

Masofali o`qitishdagi muloqot shakllarining xususiyati o`qituvchining o`quv jarayonidagi roliga ta`sir qiladi: u tinglovchini boshqa shakllardagiga qaraganda ko`proq o`quv jarayonida faqat yo`naltiruvchisi bo`lgan ko`makchi, o`rgatuvchi va rahbar bo`ladi. O`qituvchining monologi ko`proq birini tajribasi ko`proq bo`lgan ikki hamkasbning muloqoti(dialogi)ga aylanadi.

Shuni ta`kidlash kerakki, masofali o`qitishda matn, grafik, vidielavhalar, nazorat, va shu kabi ko`rinishda keltirilgan dasturlarga on-laynli (to`g`ridan-to`g`ri) kirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O`qituvchi tomonidan yaratilgan masofali o`quv kursining o`quv materiallari o`qituvchining tinglovchiga murojat qilish shakllaridan iborat An`anaviy sirtqi shakldan farqli ravishda, masofali o`qitish tinglovchini shaxsan nazorat ishlarini topshirish va himoya qilishdek yetarlicha mashaqqatli vazifasidan ozod etadi.

Masofali o`qituvchiga E-mail orqali doim chiqish mumkin va u tinglovchida hosil bo`lgan savollarga javob berishga tayyor. Yangi ming yillika ta`limning yangi va eng zamonaviy texnologiyalari bilan Internet tarmog`idan o`quv-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari:


Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling