22
10-rasm. Сообщения sahifasi.
Foydalanuvchilardan xabar kelsa bu sahifada ularning ismi, familiyasi va yozga
xabarlari soni aks etadi. Xabarni o`qish va javob
yozish uchun kerakli ism va
familiya bosiladi. Natijada quyidagi muloqot sahifasi namoyon bo`ladi:
11-rasm. Сообщения sahifasining xabar yuborish bo`limi.
Foydalanuvchi xabariga javob yozish uchun xabar maydoniga zaruriy matn
kiritilib
Отправить сообщение tugmasi bosiladi.
Настройки bandi orqali foydalanuvchiga tegishli bo`lgan
barcha shaxsiy
ma’lumotlarni tahrir qilish mumkin:
23
12-rasm. Настройки sahifasi.
Выход bandi orqali esa joriy tizimdan vaqtinchalik faoliyatni yakunlash
mumkin.
Tizimga qayta kirib, login va parol orqali faoliyatni davom ettirish
mumkin.
2.3. KURS ELEMENTLARI BILAN TANISHISH.
Boshqa
LMS tizimlariga qaraganda Moodle tizimi orqali masofaviy ta’lim
tizmini tashkil etishda keng imkoniyatlar mavjud:
Kurs mazmunini boyitish uchun o'nlab kurs elementlarini mavjudligi;
Talabalar uchun resurslarning bir qancha turdaligi;
Foydalanuvchi hohlagan tilida
ishlay olishligi;
Har bir kursda darslar modullarga bo`lib tashkil etilishligi va boshqalar.
Moodle LMS tizimida quyidagi rasmda aks ettirilgan kurs elementlari mavjud: