Masofaviy ta’lim tizimiga o’tilishi men uchun juda foydali bo’ldi deb o’ylayman. Chunki asosiy vaqtim endilikda dars qilishga ketmoqda. Avval esa birinchidan, o’qishga ketishda tayyorlanish


Download 13.25 Kb.
Sana19.12.2021
Hajmi13.25 Kb.
#181724
Bog'liq
mening fikrim


Masofaviy ta’lim tizimiga o’tilishi men uchun juda foydali bo’ldi deb o’ylayman. Chunki asosiy vaqtim endilikda dars qilishga ketmoqda. Avval esa birinchidan, o’qishga ketishda tayyorlanish(rasmiy forma kiyish); ikkinchidan, yo’l yurish; uchinchidan sakson daqiqadan bo’ladigan ma’ruzalar, to’g’risini aytganda, ancha vaqtni olib qo’yardi(80 daqiqada ma’ruzada beriladigan ma’lumotlarni aksariyat talabalarning miyasi qabul qilmas edi, albatta, o’zim misolimda ham. Chunki boshqa jihatlardan, ya’ni ilmiy tomondan kamchiligi bo’lgan talabani ustoz aytadigan ma’lumotlar uncha qiziqtirmaydi. Natijada uning miyasi qabul qilmaydi. O’zidagi aniq kamchiliklarini bosqichma bosqich to’ldirib borishni istaydi). Endilikda esa qiladigan ishimiz faqatgina uyda o’tirib ustozlar tashlagan topshiriq rejalari asosida kitoblar va ma’lumotlar topib, ularni o’zlashtirishdan iborat bo’lyapti. Bundan tashqari har bir kishi o’zini kamchiligini yaxshi biladi. Men ham endilikda shu kamchiliklarni to’ldirishda o’z ustimda ishlash uchun ko’proq vaqtga egaman(avval shu borada vaqt masalasi qiyinroq edi). Bundan tashqari hozirda zaruriy sohaga aylanib borayotgan kompyuter texnologiyasidan baholi qudrat ma’lumotga ega bo’lyapmiz. Albatta, bu tizim ortida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va mas’ullar mehnatini ko’rmasligimiz mumkin emas. Shuningdek, professor o’qituvchi va muallimlarimizga ham o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Download 13.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling