Masofaviy va modulli ta„lim texnologiyalari


Ta‟lim mazmunini tanlash prinsipi


Download 151 Kb.
bet4/12
Sana24.02.2023
Hajmi151 Kb.
#1226381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI. MASOFAVIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI. IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI

Ta‟lim mazmunini tanlash prinsipi: Masafoviy ta‘lim mazmuni davlat ta‘lim standartlarining normativ talablariga javob berishi kerak. Shuningdek, ta‘lim mazmunini tanlash imkoniyatini yaratadigan alternativ dasturlar yaratish lozim. Axborot havfsizligini tanlash prinsipi:
Ta‟limning boshlang„ich darajasi prinsipi: Ta‘lim samaradorligini oshirish uchun ma`lim bir boshlang`ich bilim va ko`nikmalar zarur.
O„qitish texnologiyasining moslik prinsipi. O`qitish texnologiyasi masovafiy o`qitish modeliga adekvat bo`lishi lozim.
Masofaviy o`qitish tizimi an`anaviy ta‘lim tizimiga zid xususiyatga ega bo`lmasligi kerak.Masofaviy o`qitishda ham an`anaviy ta‘lim tizmidagi ta‘lim mazmuni saqlanadi. Lekin uning farqi ta‘lim oluvchilar uchun qulaylikning yaratilishida.

Masofaviy o„qitish jarayonining o„ziga xosliklari.

1.Eguluvchanlik. O`quvchi dars vaqti, hajmi va boshqalarga nisbatan erkindir.
2.Modullilik.
3.Parallellik. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda.
4.O„zaro ta„sir etish.
5.Masofaviy ta‟limning didaktik tizimi.
Hozirgacha mavjud didaktik tizimda ta‘lim jarayoni 7 ta elementni o`z ichiga olar edi: ta‘lim maqsadi, ta‘lim mazmuni, o`qituvchilar, o`quvchilar, ta‘limning shakli, vositasi va metodlari.
Masofaviy ta‘limning didaktik tizim esa 12 elementni o`z ichiga oladi.

Qo`shimcha elementlar, ya`ni o`quv moddiy, nazorat, normativiy-huquqiy, iqtisodiy, marketing kabilar an`anaviy didaktik tizimda ham ko`zga tashlanmay ishtirok etadi, lekin pedagogik jarayon uchun u masofaviy ta‘limdagi kabi prinsipial ahamiyat kasb etmaydi.



Masofadan o„qitishning metod va vositalari. Masofadan o`qitish texnologiyasi (MO`T) mahsus metod, vosita va o`qitishning tashkiliy shakllari tizimi bo`lib,ta‘lim mazmunini ko`p tarmoqli ravishda amalga oshirishga qaratilgan.
Oliy o`quv yurtlarining ko`pgina o`qituvchilari (pedagogika va didaktika o`qituvchilaridan tashqari) ―o`qitish metodi‖ tushunchasiga unchalik qiziqmaydilar. Chunki ko`pchilik o`qituvchilar o`qitish faoliyatini empirik tarzda o`rganib oladilar.
Ular asoson kafedra mudirilari yoki yetakchi professor – o`qituvchilariga taqlidan o`qitish usullarini qo`llaydilar. Lekin shu usullar qaysi ta‘lim metodlari tizimiga kirishini bilmaydilar yoki qiziqmaydilar. Ta‘lim metodini bilish ta‘limni takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Ta‘lim metodi har xil o`quv predmetlarini o`qitishni qanday amalga oshirish yo`larini belgilaydi.
Ta‘lim metodi o`qituvchi va o`quvchi faoliyati to`g`risida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriyadir.Masofadan o`qitish har xil ta‘lim metodlari orqali amalga oshiriladi va unda bir qancha usullardan foydalaniladi. Har bir usul muayyan harakatlardan iborat bo`lib, o`qitishning hal xil didaktik vositalari yordamida ma`lum bir maqsadga erishishga qaratiladi.
Masofadan o`qitish metodlaridan foydalanganda quyidagi usullarni qo`llash mumkin: namoyish qilish, illyustratsiya, tushintirish, hikoya, suhbat, mashq, masala yechish, materialni yodlash, yozma ish va takrorlash kabilar.
Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o`quv mazmunini o`z ichiga olgan masofaviy o`qitish o`qituvchi va o`quvchi qo`lidagi o`quv vositalari o`quv mazmunini taqdim etish, o`quvchilarning o`rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Ma`lum bir o`quv materiali bir qancha o`rgatish vositalari (bosma materiallar, audio-video va boshqalar) bilan berilishi mumkin.
Vositalarning har biri o`z didaktik imkoniyatlarga ega. O`qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o`quv materialini har xil vositalarga ko`ra bo`lib chiqishi, didaktik vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan o`quv axborotlarini tashuvchi tizim sifatida o`quv materiallaridan o`quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o„qitish tizimi vositalari quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
1.Darsliklar (an`anaviy darsliklar, elektron darsliklar, qo`llanmalar, lug`atlar va boshqalar).
2.Kompyuter tarmoqdagi o`quv-metodik qo`llanmalar;
3.Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o`qituv tizimlari;
4.Audio o`quv axborot materiallari;
5.Video o`quv-axborot materiallari;
6.Masofaviy labaratoriya praktikumlari;
7.Masofaviy trenajyorlar;
8.Masofaviy axborot va bilimlar bazasi;
9.Masofaviy elektron kutubxonalar;
10.O`rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o`qitish vositalari;
11.Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o`qitish vositalari;
12.Virtual reallikka asoslangan o`qitish vositalari.

Masofadan o`qitish tizimida o`qitish vositalari yangi axborot texnologiyalari vositasida amalga oshiriladi. Keltirilgan vositalarning xarakteristikalarini keltiramiz.



Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling