Masofaviy va modulli ta„lim texnologiyalari


Download 151 Kb.
bet10/12
Sana24.02.2023
Hajmi151 Kb.
#1226381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI. MASOFAVIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI. IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI

Multimediya darslik o‘zida ko‘pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izohlaydi. Multimediya darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya‘ni Multimediya voqea va ma’lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan o‘qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini berdi. O‘quvchining fanni o‘zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi.
Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi? Dunyoning ko‘plab universitetlari va o‘quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz va manzilga kirib bu o‘qish talabasi bo‘lish uchun maxsus shaklni to‘ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o‘qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bog‘liq.
O‘qish tartibi quyidagicha: o‘qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o‘qituvchiga yuborasiz. O‘qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur holda ko‘rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o‘rganib chiqiladi. Muzokara, asosan, elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog‘idan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma o‘quv materiallari pochta orqali yuboriladi, o‘qish jarayonida talaba o’quv qo’llanma, elektron kutubxona va darsliklardan, elektron forumlardan, vidoekonferentsiyalardan foydalanadi.
Bunda o‘qish individual shaklda olib boriladi va o‘qituvchi o‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitadi. Bu individuallik o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi va uni o‘qishda aktivlikka rag‘batlantiradi.
Respublikamiz Oliy va O‘rta Maxsus bilim yurtlarida masofadan o‘qitishni tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi haqida batafsil www.dl.uz sahifada tanishishingiz mumkin.
Keyingi vaqtlarda telemeditsina va uni sog‘liqni saqlash tizimidagi benihoya o‘rni haqidagi xabar va maqolalar ommaviy axborot vositalarida tez-tez paydo bo‘lib bormoqda. Xush, zamonoviy meditsinaning bunday ilg‘or yo‘nalishlari rivojida informatsion texnologiya va internetning o‘rni qanday?
Ma’lumki internet o‘zaro ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi katta informatsion magistral bo‘lib, u nafaqat raqamli ma’lumotlarni balki raqamlar majmuasiga aylantirilgan audio va video ma’lumotlarni ham uzatish, qabul qilish imkoniyatini beradi. Shundan foydalangan holda hamda maxsus dasturlar asosida multimediya vositalari va kameralar bilan jihozlangan ikki yoki undan ortiq kompyuterlar yordamida meditsina markazlari o‘rtasida video konferensiyalar tashkil etish mumkin.
Bunday imkoniyatga ega bo‘lgan vrach mutaxassis yuzlab, minglab kilometr masofadan turib internet orqali o‘z mijozining (bemorning) holati haqidagi video tasvirlarni olishi, operatsiya stolida yuz berayotgan jarayonni bevosita kuzatishi, rentgen, ultra tovush, endoskop va boshqa maxsus tashxis qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida meditsina xizmati saviyasini oshirish, yuqori malakali mutahassislar maslahatlaridan markazdan uzoqdagi bemorlar ham foydalanish, masofadan turib tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini beradi.
Bunday axborot kompyuter tizimi vrach mutaxassislar o‘rtasida, meditsina xizmati ko‘rsatuvchi markazlar, bo‘limlar o‘rtasida o‘zaro videokonferensiyalar tashkil etish, bemor holati haqidagi videotasvirlarni masofaga uzatish imkoniyatlarini yaratib berish bilan bir qatorda, davolash jarayonini tashkil etish va uni boshqarish uchun zarur bo‘lgan yagona informatsion muhitni ham yaratib beradi.
Ushbu tizimdan foydalanilgan holda meditsina o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish, yirik mutaxasislarning noyob operatsion jarayonlarini namoyish etish hamda o‘zga mamlakat va shaharlarda faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning maslahatlarini tashkil etish ham mumkin bo‘ladi.
Masofaviy о‘qitish uslubi aslida, jо‘g‘rofiy jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun mо‘ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborotlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yо‘l ochib berdi. Masofaviy о‘qitishning uslubi asosida Xalqaro Kengashining tahlillari shuni kо‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda.


Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling