Masofaviy va modulli ta„lim texnologiyalari


Masofadan o‘qitishning afzalliklari


Download 151 Kb.
bet11/12
Sana24.02.2023
Hajmi151 Kb.
#1226381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI. MASOFAVIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI. IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI

Masofadan o‘qitishning afzalliklari
Masofadan o‘qitishning afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya‘ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Masofadan o‘qitishda talabgorlar odatda ishlayotganlar, onalar bo’lib, ular biror mutaxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o‘qiydilar. Bu uslub nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan o‘qitishda hattoki mahbuslar ham o‘qish imkoniga ega (Avstraliya). Masofadan o‘qitish ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy tomondan qulaydir.
Masofadan o‘qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o‘qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o‘qitishda moliyaviy xarajatlar, asosan, o‘quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o‘qish narxi ham pasayadi. Masofadan o‘qitishda asosiy e’tiborni o‘quv (uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. Chunki o‘quv-uslubiy materiallarning sifati masofadan o‘qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O‘quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, u shunchalik o‘quvchiga foydali bo‘ladi. Ya‘ni material uslubiy jihatdan puxta bo‘lmog‘i zarur.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez о‘zgarmoqda .Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida о‘zgarishlar, yangiliklar va kutilmagan voqealar hodisalar sodir bо‘lmoqda. Har bir kunimiz informatsiya oqimi ostida kechmoqda Ta’lim tizimida masofadan о‘qitish uslubi shakllari qо‘llanilmoqda. Masofadan о‘qitish uslubi-bu sirtqi о‘qishning yangi shaklidir . Masofadan о‘qitish bu mustaqil masofadan dars о‘qishdir. Mustaqil о‘qitish insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Masofadan о‘qitishning yana bir afzalliklari shundaki, unda о‘quvchi о‘ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan xolda о‘qishi mumkin . Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda kundan-kunga keng tarqalmoqda. Kо‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakani oshirish yoki qayta tayyorlash uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamokdalar.
Masofadan о‘qitishning afzallik tomoni unda о‘qish muddatini tinglovchilar va о‘quvchilar о‘zlari belgilaydilar, ya’ni ular ixtiyoriy paytda о‘qishni boshlaydi, materiallarni о‘qituvchi nazoratida о‘zlashtiradi. О‘zlashtirish topshiriqlarini, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Tinglovchilar va о‘quvchilar berilgan vazifani qanchalik tez о‘zlashtirsa, shunchalik tez kursni va о‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni о‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, о‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi .
Masofadan о‘qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan о‘qitish uchun tinglovchilar uchun auditoriyalar, yotokxonalar zarur emas. Masofadan о‘qitishda moliyaviy xarajatlar asosan о‘quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun tinglovchilar sonining oshishi bilan о‘qish narxi ham pasayadi. Masofadan о‘qitishda asosiy e’tiborni о‘quv uslubiy materiallarni tayyoralshga qaratish darkor. Chunki о‘quv uslubiy materiallarning sifati, masofadan о‘qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. О‘quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bо‘lsa, shunchalik u о‘quvchiga foydali buladi. YA’ni material uslubiy jixatdan puxta bо‘lmog‘i zarur.
Masofadan о‘qitishda virtual kutubxonalar sputnik orkali videokonferensiyalar, darslar, Internet yordamida muloqat va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bо‘ladi. Bu esa о‘quvchi uchun maxsus о‘qish doirasini beradi.
Masofadan о‘qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda kо‘pgina Universitetlarda va о‘quv markazlarida bu usul mavjud . Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin.
Manzilga kirib bu о‘qish tinglovchisi bо‘lish uchun maxsus shaklni tо‘ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va о‘qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni tо‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
О‘qish tartibi quyidagicha: о‘qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz kо‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va о‘qituvchiga yuborasiz. О‘qituvchi uni tekshirib, javobini sizga qaytaradi. Zarur xolda sizga kо‘rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari о‘rganib chiqiladi. Muzokara asosan elektron pochta orqali yuboriladi. Telefon tarmog‘idan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma о‘quv materiallari pochta orqali yuboriladi. О‘quv jarayonida tinglovchilar darsliklardan, elektron forumlardan, videokonferensiyalardan foydalanadi.
Bunda о‘qish individual shaklda olib boriladi va о‘qituvchi о‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘qitadi. Bu individuallik о‘quvchida qiziqish uyg‘otadi va uni о‘qishda aktivlikka rag‘batlantiradi .
Respublikamiz Oliy va О‘rta Maxsus bilim yurtlarida masofadan o‘qitishni tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi haqida batafsil www.dl.uz saxifada tanishishingiz mumkin .

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling