Massa almashish asoslari. Umumiy tushinchalar Reja


Massa o’tkazish kinetikasi


Download 67.96 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi67.96 Kb.
#1184759
1   2   3   4
Bog'liq
1-лекция

Massa o’tkazish kinetikasi
Massa almashinish jarayonida eng kamida 3ta modda ishtirok etadi: 1) birinchi fazani tashkil etuvchi modda; 2) ikkinchi fazani tashkil etuvchi modda; 3) bir fazadan ikkinchisiga o’tgan tarqaluvchi modda.
Massa almashinish jarayonida muvozanat holatlarini aniqlashda fazalar qoidasidan foydalaniladi:
(1.1)
bu yerda Ф – fazalar soni; Cerkinlik darajasi soni; K – sistemadagi komponentlar soni.
Bu qoidaga binoan, muvozanat holatlarini hisoblashda parametrlarning (bosim, temperature, konsentratsiya) nechtasini o’zgartirish imkoniyati borligini aniqlash mumkin.
Birinchi fazani – G, ikkinchisini – L va tarqaluvchi massani – M bilan belgilab olamiz. Hamma massa almashinsh jarayonlari qaytar, shuning uchun modda G fazadan L ga va teskari yo’nalishda o’tishi mumkin.
Dastavval, tarqaluvchi modda G fazada va y konsentratsiyali bo’lsin. Boshlang’ich davrda L fazada tarqaluvchi modda yo’q bo’lsa, unda fazadagi konsentratsiyasi x=0.
Agar fazalarni aralashtirib yuboradigan bo’lsak, unda tarqaluvchi modda G fazadan L fazaga o’tadi. L fazada tarqaluvchi modda M bo’lishi bilan teskari o’tish boshlanadi, ya’ni L fazadan G fazaga. Ma’lum vaqtgacha, G fazadan L ga o’tayotgan tarqaluvchi modda zarrachalarining soni M, L fazadan G fazaga o’tayotgannikidan ko’proq bo’ladi.
Ya’ni biror fursatdan so’ng, M moddaning to’g’ri va teskari o’tish tezliklari tenglashadi. Sistemaning bunday holati fazaviy muvozanat deyiladi. Muvozanat paytida x ning ma’lum qiymatiga boshqa fazadagi tegishli aniq bir qiymatli muvozanat konsentratsiyasi yм to’g’ri keladi. Xuddi shundat, y ning ma’lum qiymatiga tegishli muvozanat konsentratsiyasi xм mos keladi. Muvozanat paytida fazalarning tarqaluvchi komponent konsentratsiyalari o’rtasida umumniy bog’liqlik quyidagi ko’rinishga ega:

(1.2)

1-rasm. p=const va t=const bo’lgandagi muvozanat diagramma

Ushbu tenglamalar grafikda muvozanat chizig’i bilan ifodalanadi va massa almashinish jarayonining turiga qarab to’g’ri yoki egri chiziqli ko’rinishda bo’ladi. 1-rasmda gaz fazasidagi muvozanat konsentratsiyasining suyuq fazadagi konsentratsiya bilan bog’likligi berilgan.


Muvozanat paytidagi fazalar konsentratsiyalarining nisbati tarqalish koeffitsienti m deb nomlanadi.


Odatda, ko’pchilik eritmalar uchun muvozanat chizig’I to’g’ri chiziq shaklida bo’ladi. Tarqalish koeffitsientining qiymati ko’pincha o’zgarmas bo’lib, muvozanat chizig’ining qiyalik burchagi tangensiga tengdir.
Muvozanat bog’liklar jarayon yo’nalishi bilan birga, bir fazadan ikkinchisiga tarqaluvchi modda o’tish tezligini ham aniqlash imkonini beradi.
Muvozanat va haqiyqiy konsentratsiyalar orasidagi farq massa almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi.
Massa almashinish jarayonlarining tezlik keffitsienti va harakatga keltiruvchi kuchini hisoblash massa o’tkazish kinetikasining asosiy masalasidir.

Download 67.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling