Massa o’tkazishning asosiy qonunlari Reja


Massa berishning asosiy qonuni


Download 85.32 Kb.
bet3/3
Sana22.02.2023
Hajmi85.32 Kb.
#1220279
1   2   3
Bog'liq
2-лекция

Massa berishning asosiy qonuni. Ushbu qonun qattiq jismlar erishini o’rganish paytida rus olimi Shukarev tomonidan aniqlangan. Bu qonunga binoan, fazalarni ajratib turuvchi yuzadan biror faza yadrosiga yoki teskari yo’nalishda massa berish yo’li bilan o’tgan modda miqdori fazalar konsentratsiyasi farqiga, fazaga va jarayon davomiyligiga to’g’ri proporsionaldir.
Diffuzion chegaraviy qatlam nazariyasiga asosan tarqaluvchi modda suyuqlik oqimi yadrosidan fazalarni ajratuvchi yuzaga suyuqlik konvektiv oqimlari va molekular diffuziya yo’li bilan o’tadi. Ko’rilayotgan sistemada oqim yadrosi va chegaraviy diffusion qatlamlar bor (2.2-rasm). Faza yadrosida moddaning tarqalishi asosan suyuqlik yoki gaz oqimi bilan amalga oshiriladi. Oqimlarning turbulent harakati davrida tarqaluvchi modda konsentratsiyasi o’zgarmas bo’ladi. Chegaraviy diffusion qatlamga yaqinlashgan sari moddaning turbulent tarqalishi kamayadi va molekular diffuziya hisobiga massa berish ulushi ortadi.
2.2-Rasm. Massa berish tenglamasini
keltirib chiqarishga oid.
Bunda, tarqaluvchi moddaning konsentratsiya gradiyenti hosil bo’ladi va fazalarni ajratuvchi chegaraga yaqinlashtirib brogan sari, uning qiymati oshib boradi. Shunday qilib, chegaraviy diffuzion qatlam atrofi – bu konsentratsiya gradiyenti hosil bo’lishi va o’sishi sohasidir. Undan tashqari, bu soha – umumiy massa o’tgazishga molekular diffuziya tezligining ta’siri ko’paytiradigan sohadir.
G fazadan L fazaga tarqalyotgan modda miqdori M bo’lsin. Agar fazalar yadrosidagi moddalar konsentratsiyasini va deb, fazalarni ajratib turuvchi yuzadagi konsentratsiyalarni esa - va deb belgilasak, unda massa berish jarayonida o’tgan modda miqdorlarini quyidagi tenglamalardan aniqlash mumkin:
dM = ; dM = (2.8)
bu yerda, - konvektiv va molekular oqimlar bilan modda uzatilishini xarakterlovchi massa berish koeffitsiyentlari; va deb qabul qilinadi.
Massa berish koeffitsiyentining o’lchov birligi quyidagicha:
[ ]=[ ]= [ ] = ( )
Massa berish koeffitsiyenti vaqt birligida jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi birga teng bo’lganda, yuza birligidan fazalarni ajratuvchi yuzadan fazaning yadrosiga yoki teskari yo’nalishda o’tgan modda miqdorini xarakterlaydi.
Massa berish koeffitsiyenti fazalarning zichligi, qovushqoqligi va boshqa xossalariga, suyuqlik harakat rejimiga, qurilmaning tuzilishi va o’lchamlariga bog’liqdir. Shuning uchun ham uning qiymatini tajriba yoki hisoblash yo’li bilan aniqlash qiyin. Lekin har bir aniq sharoit va suyuqliklar uchun ning qiymatini tajriba yo’li bilan toppish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, massa berish koeffitsiyenti fizik ma’nosi bo’yicha massa o’tgazish koeffitsiyentidan farq qilsa ham, lekin bir xil o’lchov birligiga ega.
Download 85.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling