Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
INFORMATIKA FANINI O’QITISH METODIKASI FANIDAN ELEKTRON O’QUV
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
INFORMATIKA FANINI O’QITISH METODIKASI FANIDAN ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALARDAN FOYDALANISH Namangan Pop tumani 61-maktab Informatika fani o‘qituvchisi Usmonova Vazira Sobirjonovna Annotatsiya: Bugungi kunda ta’lim jarayonini avtomatlashtirishda kompyuter texnologiyalardan foydalanish o‘qituvchilarga metodik qo‘llanmalarni yaratishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda, dars jarayonida o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar berish, balki amaliyotda ham bilimlarini qo‘llashda yordam beradi. Kalit so‘zlar: elektron, texnologiya, qo‘llanma, grafik, axborot, informatika. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitishning asosiy maqsadlari axborot to‘g‘risidagi g‘oyalarni shakllantirish, axborot manbalaridan to‘g‘ri foydalanish, axborot jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, axborot xavfsizligini baholash qobiliyatini shakllantirish, kompyuterni hisoblash ma’lumotlariga ob’ektiv munosabat, ya’ni, fikrlashning tanqidiyligini rivojlantirish, texnologiyalarga ham, ma’lumotlarga ham ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, kompyuterda o‘z ishlarining natijalari, xatolar uchun va kompyuter ma’lumotlari asosida qabul qilingan qarorlar uchun va shaxsiy javobgarlikni shakllantirish, brigada usuli bilan murakkab muammolarni hal qilishda jamoada ishlashga ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishdan iboratdir. Yangi davr talablariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini zamonaviy usullarda tashkil etish, yangi texnologiyalardan foydalanish va o‘quvchilar faolligini oshirish bugungi kunda o‘qituvchilardan talab qilinadigan asosiy vazifalardir. Informatika fanini o‘qitishda turli xildagi elektron o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish mumkin. Multimediali elektron o‘quv qo‘llanmalar oddiy qo‘llanmalarga nisbatan samarali bo‘lib, o‘quvchilarni o‘ziga jalb etish, ma’lumotlarni tez izlash, gipermatnli izohlarga murojaat qilganda vaqtni tejash imkonlarini beradi. Elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda uning ayrim muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratish zarur. Bugungi kunda ularning mazmuni albatta yangi avlod talablariga muvofiq kelishi, shuningdek, bilimlar sohasida zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot darajasiga javob berishi shart. Elektron o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishda o‘quv kursi mazmunining takomillashuvi va murakkablashuvini hisobga olib, maksimal darajada interaktiv bo‘lishini ta’minlash hamda yetarli darajada multimediali ma’lumotlarga ega bo‘lishi, zarur o‘quv axborotlarini izlashda qulaylikka ekanligini hisobga olish zarur. Informatika fanida qo‘llaniladigan elektron o‘quv qo‘llanma tizimidan foydalanuvchi samarali foydalanishi uchun tizim interfeysi sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Ekranda axborotlarni aks ettirishda quyidagi talablar qo‘yiladi: - ekranda aks ettiriladigan axborot tushunarli, mantiqan bog‘langan, mazmuni va maqsadiga ko‘ra guruhlarga ajratilgan bo‘lishi kerak; - axborotlarni tashkil etishda ortiqcha kodlashtirish va noto‘g‘ri, tushunarsiz qisqartmalardan foydalanmaslik kerak; - foydalanuvchi uchun odatiy bo‘lgan atamalar o‘rniga axborot texnologiyalariga oid atamalardan foydalnishni minimallashtirish; - axborotlarni aks ettirishda ekranning chetki qismlaridan foydalanmaslik; - ekranda faqat foydalanuvchi ayni paytda qayta ishlayotgan axborot bo‘lishi kerak Bugungi kunda maktablarda olib borilayotgan masofaviy ta’limda o‘quvchilar electron o‘quv qo‘llanmalariga har doimgidan ham ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Shunga asoslanib, ta’lim jarayonini maksimal darajada samarali tashkil etish va o‘quvchilarga mustaqil o‘zlashtirish imkonini beruvchi o‘quv qo‘llanmalarini yaratish dolzarb muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi. Informatika fani matematika, fizika va bir qancha fanlar bilan uzviy bog‘liqligi va murakkabligini hisobga olib, o‘quv qo‘llanmalarini to‘g‘ri tanlay olish o‘qituvchidan alohida e’tibor talab etadi. Adabiyotlar: 1. Informatika fanini o‘qitish metodikasi fanidan multimediali elektron o‘quv qo‘llanma yaratish, B: 9-14. 2. Elektron o‘quv-metodik majmualar mustaqil ta’limning muhim omili, InfoCom.uz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling