Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet24/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Ijtimoiy falsafiy fikrlar qachon shakllana boshladi?

  2. Qadimgi Yunon falsafasida ijtimoiy falsafaning o’rni nimalarda ko’rinadi?

  3. Yangi va eng davr Evropa falsafasida ijtimoiy falsafiy fikrlar rivojiga katta hissa qo’shgan qaysi allomalarni bilasiz?

2-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy falsafaning XIX asrdagi taraqqiyoti va alohida fan sifatida ajralib chiqishini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy falsafaning XIX asrdagi taraqqiyotini izohlaydi.

  2. Ijtimoiy falsafaning alohida fan sifatida falsafadan ajralib chiqishini tushuntiradi.

2-asosiy savolning bayoni:
Ijtimoiy falsafa tarakqiyotining ikkinchi bosqichi XIX asrda ilgari surilgan falsafiy g’oyalarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichning o’ziga xos tomoni shuki, jamiyat haqidagi uzoq tarix davomida to’plangan falsafiy bilimlar ijtimoiy falsafaning fan sifatida falsafa bag’ridan ajralib chiqishga, mustaqil ilm sohasiga aylanishiga sababchi bo’ladi. Shu davrdan ijtimoiy falsafaning predmeti, muammolari doirasini ishlab chiqish boshlandi.
Ijtimoiy falsafaning mustaqil ilm sohasiga aylanishida olimlar Gegel, Marks, Kont, Spenserlarning o’rni katta bo’ldi.
Gegel Vilgelm Fridrix (1770-1831 yillar) nemis klassik falsafasining yirik namoyondasi Gegel o’zining «Rux fonomenlogiyasi», «Tarix falsafasi» asarlarida jamiyatni falsafiy anglashning yaxlit tizimini ishlab chiqdi. U jamiyat tarixining, undagi tarixiy jarayonlarning mohiyati, umuman jamiyat, uning tarkibiy tizilishi, fuqarolik jamiyat, davlatni boshqarish usuli, axloq, oila haqidagi chuqur tahlilga asoslangan falsafiy bilimlarni ishlab chiqdi.
Gegel ijtimoiy falsafani fan darajasiga olib chiqdi.
Ijtimoiy falsafaning shakllanishi va taraqqiyoti K.Marks nomi bilan bevosita bog’liq. U jamiyatga materialistik yondashish asosida o’ziga xos ta’limot - jamiyat falsafasi – tarixiy materializm ta’limotini ishlab chiqdi. U jamiyatni murakkab tarkibiy tizilishga ega ijtimoiy organizm sifatida ta’rifladi. Uning fikricha, jamiyat taraqqiyoti – tabiiy – tarixiy jarayon bo’lib hisoblanadi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy falsafiy tahlili asosida jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv, qonuniy harakterga ega ekanligini asoslab berdi va jamiyatlar taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning taraqqiyoti hamda almashinuvi tarixidan iborat, degan xulosaga keldi. U ideal jamiyatni kommunizm g’oyasida ifodaladi. Ma’lumki, olimlar, faylasuflar azal-azaldan tenglik, adolat, erk, ozodlik, farovonlik qaror topgan ideal jamiyatni orzu qilganlar va bunday jamiyatga erishishning yo’llari haqidagi turli-tuman qarashlarni ilgari surganlar. Marks g’oyalarida ham aynan shunday ideal jamiyat haqidagi fikrlar bayon etilgan. Lekin Marks ta’limotida ijtimoiy jarayonlarga sinfiylik asosida yondashuv, sinfiy kurash, proletariat diktaturasi va sinfsiz jamiyatga o’tish g’oyasi uning tarixiy cheklanganligi, insoniyat manfaatlariga zid kelishini ko’rsatdi. Bu narsa Marksizm ta’limotining qadrsizlanishiga olib keldi. Lekin bulardan qat’iy nazar, marksizm ta’limoti ijtimoiy falsafaning muhim muammolarini ko’tarib chiqqanligi bilan harakterlanadi.
Ijtimoiy falsafaning fan darajasiga ko’tarilishida G’arb falsafasining yirik vakili, frantsuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857 yillar)ning o’ziga xos o’rni bor. Uning qarashlarida jamiyatning falsafiy tahlili alohida o’rin tutadi. Kont o’zining «Pozitiv falsafa kursi» (6-jildli) kitobida jamiyatni murakkab tuzilishga ega tafakkur shakllari vositasida rivojlanib boruvchi organizm, deb hisoblaydi. Uning fikricha, fan va falsafa jamiyat qonunlarini bilib olish kerak. U jamiyat taraqqiyotini ilm taraqqiyoti bilan bog’laydi va jamiyat pozitiv ilmlar asosida qayta quriladi, deb hisoblaydi.
Ijtimoiy falsafaning muammolari ingliz faylasufi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1903 yillar) asarlarida o’z echimini topgan. Spenser «Ijtimoiy statistika», «Sotsiologiya asoslari» kitoblarida jamiyatga organik yondashuv g’oyasini ishlab chiqdi. U jamiyat xuddi tirik organizm kabi faoliyat ko’rsatadi, uning har bir elementi ma’lum funktsiyalarni bajaradi, deb hisoblaydi. Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni, Spenser fikricha, eng moslashuvchan jamiyatlarning kurashidir.1

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling