Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet25/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Ijtimoiy falsafaning XIX asrdagi rivojini tushuntiring?

  2. Ijtimoiy falsafaning alohida fan sifatida shakllanishida qaysi faylasuflarning xizmatlari beqiyos deb hisoblaysiz?

3-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy falsafaning XX asrdagi taraqqiyoti, o’ziga xos yo’nalishlari va ularning farqli jihatlarini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy falsafaning XX asrdagi taraqqiyotini izohlaydi.

  2. Ijtimoiy falsafaning XX asrdagi asosiy yo’nalishlarini tushuntiradi.

  3. A. Karimov asarlarida ijtimoiy falsafiy fikrlarning yoritilishiga to’htaladi.

3-asosiy savolning bayoni:
XX asrda ijtimoiy falsafa taraqqiyoti bir qator yo’nalishlarda o’z ifodasini topdi. Avvalo bu davrda ijtimoiy falsafada marksizm g’oyalari rivoji kuzatiladi. Marksning qarashlarini mafkuralashtirish kommunizm g’oyalarini hayotga qo’llash amaliyoti boshlandi. Marks ta’limotidagi ijtimoiy hodisalarga sinfiy yondashuv insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgani yaqin o’tmish tariximizdan hammaga ma’lum.
XX asrda ijtimoiy falsafa bilan birgalikda sotsiologiya rivojlana boshladi, turli-tuman ta’limotlar ilgari surildi. Bularga neopozitivizm, psihologik sotsiologiya, industrial sotsiologiya yo’nalishidagi qarashlarni misol tarzida kiritish mumkin. Shu o’rinda ijtimoiy falsafa bilan sotsiologiya orasidagi umumiylik va farqni aniqlash lozim bo’ladi.
Ijtimoiy falsafa jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy bilishning eng umumiy qonunlari to’g’risida bahs yuritadigan fan. Ijtimoiy falsafa sotsiologiya uchun umumnazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Jamiyatning mohiyati, ichki taraqqiyoti qonuniyatlarini bilmay turib, aniq jamiyat va undagi ijtimoiy munosabatlarni to’g’ri tushunish mumkin emas. Agar ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi nazariyalar, ta’limotlarni ifodalasa, sotsiologiyani aniq jamiyat, undagi ijtimoiy aloqa va munosabatlar qiziqtiradi. Sotsiologiya fanining asoschisi frantsuz faylasufi va sotsiologi Emil Dyurkgeym (1858-1917 yillar) hisoblanadi. U jahonda birinchi sotsialogiya professori, «Sotsiologik yilnoma» jurnalining asoschisi.
Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi ingliz olimi Gerbert Spenser nomi bilan bog’liq. U birinchi bo’lib, «Sotsiologiyaning asoslanishi» asarida sotsiologiya fanining predmeti, muammolari, vazifalarini aniqlab berdi. Unga ko’ra sotsiologiyaning vazifasi jamiyatning eng umumiy evolyutsiya qonunlarini ochishga xizmat qiladigan sotsial faktlar va sotsial jarayonlarni o’rganishdir.
XX asrdagi ijtimoiy-falsafiy bilimlarning shakllanishi va taraqqiyotida nemis olimlari O.Shpengler (1880-1936 yillar) va Karl Yaspers (1883-1969 yillar), frantsuz faylasuflari Anri Bergson (1859-1941 yillar)larning qarashlari muhim o’rni tutadi.
XX asrdagi ijtimoiy falsafiy qarashlarda inson muammosiga alohida e’tibor qaratilgan. Ijtimoiy taraqqiyotda inson aql-zakovatining o’rni, inson qadriyati, insonparvarlik, gumanizm g’oyalari ijtimoiy-falsafiy qarashlarning asosini tashkil etadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi jahon miqiyosida mustamlakachilikning yashirilishi, jahon haritasida yangi, mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotiga turtki bo’ldi.
SSSR ning emirilishi, O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi ijtimoiy taraqqiyotga yangicha yondashuvni talab qildi.
Jamiyat, ijtimoiy taraqqiyot muammolariga o’ziga xos yondashuv Respublika Prezidenti Islom Karimov asarlarida o’z ifodasini topgan.
Islom Karimovning hozirgi zamon jamiyati, jahon miqiyosida kechayotgan ijtimoiy jarayonlar, mustaqillikni qo’lga kiritgan O’zbekistonning o’ziga xos ijtimoiy taraqqiyot yo’li, ijtimoiy taraqqiyotning «o’zbek modeli» haqidagi qarashlari ijtimoiy-falsafiy bilimlar rivojlanishida muhim o’rin tutadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling