Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo’yicha dars maqsadi
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Fuqarlik jamiyati tushunchasiga izoh bering? Fuqarolik jamiyati haqidagi qarashlar shakllanishini tushuntiring? G’arb olimlarining bu boradagi fikrlarini to’g’ri deb hisoblaysizmi? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: Fuqarolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari va O’zbekistonda shakllantirilgan erkin fuqarolik jamiyatining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Fuqarlik jamiyatining o’ziga xos jihatlari tushuntiriladi. O’zbekistonda shakllantirilgan erkin fuqarolik jamiyati va uning asosiy omillari sanab o’tiladi. Karimov asarlarida fuqarolik jamiyati tamoyillari yoritib berilaganligini izohlaydi. 2-asosiy savolning bayoni: Hozirgi kunda O’zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Erkin fuqarolik jamiyati qonun ustuvor, ijtimoiy adolat hukmron bo’ladigan, insonning huquq va erkinliklari oliy o’ringa ko’tarilgan jamiyatdir. Respublika Prezidenti Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» risolalarida erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’llari va bu boradagi vazifalar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Erkin fuqarolik jamiyatining mohiyati Prezident I.Karimov tomondan shunday ta’riflanadi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to’la darajada ro’yobga chiqishga ko’maklashadi»1. Bu jamiyatni barpo etishning strategik vazifalari Islom Karimovnig asar va nutqlarida, avvalo «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida berilgan. Bular: 1) Demokratik huquqiy davlatni qaror toptirish. Aynan demokratik huquqiy davlat jamiyatda mavjud manfaat va munosabatlarni mujassam holda ifodalaydi. Demokratik huquqiy davlat uzluksiz tarakqiy etib boruvchi davlatdir. Bu davlatning qonunlari inson va fuqarolar huquqlarini to’la ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. 2) Erkin fuqarolik jamiyatini qurishning muhim sharti demokratiyani har tomonlama rivojlantirishdir. «Jamiyatda demokratiyaning qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Xukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir».2 3) Fuqarolik jamiyatini qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko’zda tutadi. Bunda davlat hokimiyati o’z diqqat-e’tiborini taraqqiyotning strategik vazifalarini hal qilishga (mudofaa, davlat xavfsizligi, tashqi siyosat, qonunlar qabul qilish va h.k.) qaratadi. Boshqa masalalarni hal qilish esa asta-sekin davlat hokimiyatni organlaridan jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga topshirilishi ko’zda tutiladi. 4) Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish siyosiy institutlar va nodavlat ijtimoiy uyushmalar va jamoatchilik tizimlari rolining tobora ortib boruvi bilan harakterlanadi. Bugungi kunda respublikada 9690 fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari mamlakat ijtimoiy hayotida juda katta o’rin tutmoqda. Respublikada 4 ta siyosiy partiya (XDP, Adolat sotsial demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi, O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi), «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, kasaba uyushmalari, Xotin-qizlar tashkilotlari, 300 dan ortiq respublika va xalqaro nodavlat tashkilotlari, turli jamg’armalar faoliyat ko’rsatmoqda. Inson huquqlari bo’yicha Oliy Majlisining Vakolatli instituti – Ombudsman tashkil etilgan. 5) Erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili – ma’naviyatni yuksaltirish ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirishdan iborat. «... ommaviy axborot vositalari har bir kishi o’z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo’lishi kerak».1 Bugungi kunda O’zbekistonda 609 nomda gazeta, 162 nomda jurnal nashr etilmoqda2. Shunday qilib, erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish – bizning strategik maqsadimiz, chunki bunday jamiyatda inson, uning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling