Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet83/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Inson, uning mohiyatini qanday tushunasiz?

  2. Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida inson muammosi talqini haqida nimalarni bilasiz?

  3. G’arb falsafasida inson muammosi talqinini tushuntiring?



2-savol bo’yicha dars maqsadi: Inson, uning mohiyati va kelib chiqishi haqida hozirgi zamon fanlari talqini tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Insonning shakllanish tarixi tushuntiriladi.

  2. Insonning o’ziga xos jihatlari sanab o’tiladi.

  3. Odam va inson tushunchalari mazmunini izohlaydi.

2-asosiy savolning bayoni:
Hozirgi zamon fani ma’lumotlariga qaraganda odam deb ataluvchi yagona biologik turga mansub tirik mavjudotning insonga aylanishi uzoq davom etgan evolyutsion jarayondir. Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra bu jarayon 3-3,5 mln yil davom etgan. Insonnig faoliyati, turmush tarzi zamonlar o’tishi bilan o’zgarib borgan. Shu o’zgarishlarning turli-tumanligi insonlarning bir-biridan farq qilishi uchun asos vazifasini bajargan. Faoliyatning, turmush tarzining turli tumanligi insonlarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi belgisi hisoblangan.
Insonning olamdagi boshqa mavjudotlardan farq qiluvchi muhim xususiyatlari nimalardan iborat? Insonning hayoti, faoliyati, uning irsiy-genetik xususiyatlari tabiiy-ijtimoiy muhit ta’siriga bog’liqmi? kabi savollarga olimlar hamisha javob izlaganlar. Xo’sh, insonning olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan farqini ko’rsatuvchi eng muhim xususiyatlar nimalardan iborat?
Birinchidan, inson olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til inson avlodlari va ajdodlari orasidagi aloqada vorislik vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, insonning insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat – madaniyat. Insonning o’z faoliyatini tartibga solishi, yo’naltirishi – madaniyat. Ma’lum bir jamiyatga birlashib yashashi – madaniyat. Uning faoliyatini ma’lum bir maqsadga yo’naltiruvchi omil – madaniyat.
Uchinchidan, insonning hayvonan farq qiladigan eng muhim xususiyati - o’zining yashashi, turmushi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga ega bo’lishi.
Fan nuqtai nazaridan insonga nisbatan «inson eng aqlli mavjudot», «inson o’zini o’zi anglovchi mavjudot», «inson-ma’naviy mavjudot» degan fikrlar ishlatiladi. Odamning insonga aylanishi va jamiyatga birlashishi antroposotsiogenez jarayonining natijasidir. Antropogenez jarayonida mehnat asosiy rol o’ynaydi. Mehnat tufayli inson o’zi yashayotgan tabiiy muhitni o’zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi, o’zini ham o’zgartiradi. Mehnat antropogenez (ya’ni odamning shakllanishi) va sotsiogenez (jamiyatda yashash, inosnga aylanish) jarayonining markaziy omilidir.
Antroposotsiogenezning ikkinchi muhim omili-til.
Antroposotsiogenezning muhim omillaridan yana biri insonni inson ishlab chiqarishidir.
Ijtimoiy-axloqiy me’yorlar va normalarning vujudga kelishi ham antroposotsiogenezning muhim tomoni hisoblanadi.
Odamning dastlabki ajdodi «paleantrop) ovchilik, termachilik faoliyatidan asta-sekin ishlab chiqarish faoliyatiga o’ta boshladi. Bu odam o’zida insonga xos ijtimoiy fazilatlarni mujassamlashtirayotganidan dalolat beradi.
Inson antroposotsiogenez jarayonining mahsuli ekanligini hozirgi zamon fani ham tasdiqlamoqda. Shuning uchun insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi aloqadorlikni bilish muhim ahamiyatga ega.
Inson uchta buyuk qudrat, tana-ruhiyat-ma’naviyatning yig’indisidir. Insonning biologik holati deganda uning jismida sodir bo’ladigan morfofiziologik, genetik, elektroximik o’zgarishlar, yoshi, irqi, jinsini ifodalovchi alomatlar tushuniladi.
Insonning ruhiy (psihologik) holati deganda uning his-tuyg’ulari, kayfiyati, irodasi, temperamenti nazarda tutiladi.
Insonning ma’naviyati-uning fazilatlari xislatlari, qobiliyatlari, malakalar yig’indisi. Aynan ma’naviyat insonning ijtimoiy qiyofasini vujudga keltiradi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling