Mas’uliyat, boshqaruv, iqtisod, xizmat, mas’uliyat, ko‘nikma
Download 10.32 Kb.
|
1maqolam
Annotatsiya. Mazkur maqolada menejerlik mazmuniga oid manbalar va menejerlikni rivojlantirish yuzasidan fikrlar bayoni keltirilgan. Kalit so‘zlar: menejer, tashkilot, xodim, malaka, yetakchilik, hususiyat, g‘oya, fikr, mas’uliyat, boshqaruv, iqtisod, xizmat, mas’uliyat, ko‘nikma. Bugungi kunda har bir sohada tub o‘zgarishlar olib borilmoqda. Ularning natijasida rivojlanish yanada oldingi o‘ringa chiqishga sabab bo‘lmoqda. Buning uchun esa har bir sohada menejerlik hususiyatlarini rivojlantirish lozim. Keltirilgan fikr mazmunini mazkur maqolada izohladik. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgani sari menejer xizmatiga talab oshadi, o‘z ishining ustasi bolgan maxsus ijtimoiy toifa - menejerlar toifasi paydo bo‘ladiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g‘oyat murakkab, o‘ta mas’uliyatli ish bilan shug‘ullanishi, tashkilotning hayot-mamotiga javobgar bo‘lganligi uchun ham yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi. Yetakchilik va boshqaruvning ahamiyati ta’limni qurish va unga jalb qilish uchun asoslarni beradi. Sinfda ishlash samaradorligini oshirish o‘qituvchining yetakchilik ko‘nikmalari va boshqaruvini egallash sharti bilan o‘sib boradi. Yetakchilik va boshqaruv rollarini o‘z zimmasiga olish uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishga tizimliroq yondashuv foydali bo‘lishi mumki n. “O‘qituvchi rasmiy rahbarlik lavozimini egallaydimi yoki yo‘qmi, bu ko‘nikmalarni egallash sinfda ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin”. “Menejer - boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lum turlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lgan kishidir”[1; 180]. Tashkilot menejersiz faoliyat yurita olmaydi, chunki ular quyidagi vazifalarni bajaradi: - tashkilotdagi alohida operatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatadilar; - tashkilot tomonidan o‘zining asosiy vazifasi bajarilishini ta’minlaydilar; -tashkilot jamoasiga rahbarlik qiladilar; - obro‘si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda qo‘li ostidagilarni boshqarishga qodir yetakchi rolida bo‘ladilar; - tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar; - tashkilot faoliyatining natijalari uchun mas’uldirlar; - tashkilotga tegishli bo‘lgan shaxslar yoki idoralarning manfaatlarini ta’minlaydilar; - tashkilotning tashqi muhit bilan aloqasi bo‘yicha asosiy rolni bajaradilar; - jamoani tashkil etadilar va uning rivojlanishini kerakli yo‘lga qo‘yadilar hamda yuqori axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan holda, jamoa a’zolariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadilar; - yangi g‘oya ishlab chiqadilar, undagi kuchli va zaif tomonlarini topib, muammoning mohiyatini tushunishga, bilishga intiladilar; - bajarilgan ishlarni tahlil qiladilar, baholaydilar, ishchilarning holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni belgilaydilar va amalga oshiradilar; - tashkilotni turli tadbirlarda namoyon qiladilar.
qaramasdan uchta asosiylarni ajratish mumkin. Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni taqsimlash masalalarini hal qiladi, joriy tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi, bunda u qabul qilingan qarorning oqibatlari uchun mas’ul hisoblanadi. Shuning uchun menejer nafaqat qarorning eng qulay yo‘lini tanlashi, balki o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoani ma’lum yo‘nalishga olib borishga harakat qilishi kerak. Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi muhit haqidagi axborotlarni to‘playdi, ularni tarqatadi va nihoyat tashkilotning maqsadlarini tushuntirib beradi. Menejer ishining natijasi uning qancha axborotga ega bo‘lishiga bog‘liqdir. Uchinchidan, menejer tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi munosabatlarni shakllantiruvchi, tashkilot a’zolarini maqsadlariga erishishga undovchi, ularning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, tashkilotning vakili sifatida harakat qiluvchi rahbar sifatida bo‘ladi. U xodimlari orqasidan borishga tayyor bo‘lgan kishi bo‘lishi lozim. Menejerlarning tashkilotdagi o‘rniga, ular tomonidan hal qilinadigan vazifalarga ko‘ra, ushbu vazifalar ularga ko‘proq yoki kamroq darajada mos bo‘lishi mumkin. Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: - rahbar - diplomat; - rahbar - murabbiy, tarbiyachi; - rahbar - tadbirkor; - rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi. Menejer - o‘ziga bo‘ysungan xodimlarni professional tarzda boshqaruvchi rahbar. Professionallik quyidagi vazifalarning bajarilishini talab etadi: Maqsad va vazifalarning aniq qo‘yilishi va ularga erishish yo‘lini tanlash. Ishni tashkil etish, tizim va boshqaruv tizimini samarali shakllantirish. Jamoaga odamlarni tanlash va motivlashtirish tizimini yaratish. Mehnat natijalari, ularni tahlil qilish, baholash va sharxlashni amalga oshirish, Xodimlar malakasi o‘sishini rag‘batlantirish va o‘zining shaxsiy malakasini ha m oshirish. Tashkilotda munosabatlar hamda xatti-harakat qoida va me’yorlarini ishlab chiqish. Menejerning asosiy javobgarlik sohalari strategiya, struktura va personal hisoblanadi. Menejer oldida turgan vazifalar to‘plamini tahlil qilish, rahbar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan asosiy fazilatlarni shakllantirish imkonini beradi. 1. Professional bilimlar: mutaxassislik bo‘yicha bilimlar; umumiy menejment; tashkilot funksiyalari. 2. Odamlarni boshqarish mahoratini aniqlab beradigan fazilatlar:ishontirish kuchi; o ‘zining istagiga erishish qobiliyati; hamkorlikka tayyor turish; hushyorlik. 3. Fikrlash qobiliyati: analitik va yaxlit fikrlash; ijodiy qobiliyatlar; mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyati. 4. Maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakat: qat’iylik va chidamlilik; harakatlar erkinligi; tashabbus; stressli vaziyatlarda tura olish qobiliyati. 5. Ma’muriy qobiliyatlar: rejalashtirish; qaror qabul qilish; tashkilotchilik qobiliyatlari. Bugungi kunda menejerlikni takomillashtirish uchun yuqorida keltirilgan fikrlarga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 10.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling