Masʼuliyati cheklangan jamiyat qisqartmasi: mchJ
O‘zini o‘zi band qilish uchun nima qilish lozim?
Download 27.35 Kb.
|
Masʼuliyati cheklangan jamiyat
O‘zini o‘zi band qilish uchun nima qilish lozim?
Ro‘yxatdan o‘tish bepul. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olish uchun soliq xizmati organlariga (inspeksiya yoki boshqarma) murojaat qilish yoki Soliq mobil ilovasida masofadan turib ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Qo‘llanma - https://t.me/soliqnews/4341 Jarayon yakunlangandan so‘ng, QR-kodli guvohnoma beriladi, bu o‘zini-o‘zi band qilish rasman ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bildiradi. O‘zini o‘zi band qilishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori (PQ-4742, 08.06.2020) O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) Vazirlar Mahkamasining “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (806, 23.12.2020) Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. (595, 22.09.2021) HUNARMANDCHILIKMilliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida so‘nggi besh yilda mamlakatimizdagi usta hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar 9 barobarga ko‘payib, sohada band bo‘lganlar soni 230 ming nafarga yetdi. Hunarmandlarning xalq amaliy san’ati milliy katalogi yaratilib, faxriy va xalqaro ko‘rgazma hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 340 nafar ustalar ushbu katalogdan o‘rin oldi. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin hunarmandlar turizm reyestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shu bilan birga, mahallabay ishlash orqali foydalanilmayotgan imkoniyatlarni to‘la ishga solish, hunarmandlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tizimini yanada kengaytirish, hunarmandchilik mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rish talab etilmoqda. Aholini hunarmandchilikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, “usta-shogird” an’analari asosida mahallalarda yoshlarga hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlash, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish hamda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qaroriga asosan, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida: loyihalarni moliyalashtirish uchun 10 trillion so‘m mablag‘ ajratilganligi; imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun — 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi. REFERAT Bajardi: Bo’riyeva Muqaddas Tekshirdi:________________ Toshkent 2023 Mavzu: 1. Mas’uliyati cheklangan jamiyat 2. Xususiy korxona 3. Yakka tartibdagi tadbirkorlik 4. O’zini-o’zi band qilish 5. Hunarmandchilik Download 27.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling