Mas’uliyati cheklangan jamiyat siz nomidan keyin mchj degan qisqartma yoziladigan korxonalar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi»


MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING AFZALLIKLARI


Download 1.37 Mb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1791722
1   2   3
Bog'liq
prezentatsiya

MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING AFZALLIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega.
Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi bo‘lishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ularning ulushi doirasida cheklanadi.
Ishtirokchilar korxona faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas.
Jamiyatning joriy faoliyatini ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING KAMCHILIKLARI
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi.
Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATDA DIVIDENDGA SOLIQ
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘zlari olgan dividenddan 10 foiz hajmida soliq to‘laydilar.
Misol. «SAMAR-SUMBULA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi 47 million so‘mni tashkil etdi. J
Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha: – birinchi ta’sischi – 45%; – ikkinchi ta’sischi – 25%; – uchinchi ta’sischi – 18%; – to‘rtinchi ta’sischi – 12%.
Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi: – birinchi ta’sischi – 47000000×45%=21 150 000 so‘m; – ikkinchi ta’sischi – 47000000×25%=11 750 000 so‘m;
– uchinchi ta’sischi – 47000000×18%=8 460 000 (soliq summasi 8460 000×10% = 846000) so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 47000000×12%=5 640 000 (soliq summasi 5 640 000×10%=564 000) so‘m.
Sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan soliq quyidagi miqdorda hisoblanadi:
– birinchi ta’sischi – 21 150 000×10%=2 115 000 so‘m;
– ikkinchi ta’sischi – 11 750 000×10%=1 175 000 so‘m;
– uchinchi ta’sischi – 8 460 000×10%=846 000 so‘m;
– to‘rtinchi ta’sischi – 5 640 000×10%=564 000 so‘m.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling