Mas’uliyati cheklangan jamiyat siz nomidan keyin mchj degan qisqartma yoziladigan korxonalar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi»


Download 1.37 Mb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1791722
  1   2   3
Bog'liq
prezentatsiya


MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
Siz nomidan keyin MCHJ degan qisqartma yoziladigan korxonalar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi» nomidan keyin MCHJ (inglizcha LTD – limited) qisqartmasi mavjud bo‘lib, bu «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan ma’noni anglatadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘ladigan jamiyat.
U bir yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning kelishuviga ko‘ra tashkil etilib, yuridik shaxs hisoblanadi.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar
O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulushlarini qo‘shish orqali shakllantiriladi.
U eng kam ish haqining 40 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat ishtirokchilari soni 50 nafardan oshmasligi lozim.
Agar ishtirokchilar soni belgilangan chegaradan oshib ketsa, jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak bo‘ladi. Jamiyat a’zosi o‘z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan o‘tkazishi va sotishi mumkin. Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgina kompaniyaga kiritgan hissalari doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos.
Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan dividend summalariga nisbatan soliq hisoblanadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling