Mas’uliyati cheklangan kompaniyalar biznesni yuritish shakli sifatida
Ko’p holatlarda bizning muhokamamiz markazida qimmatli qog’ozlar ikkilamchi kapital bozorida, masalan, London fond birjasi (London Stock Exchange)da muomalada bo’ladigan va xususiy (jismoniy) shaxslar hamda moliyaviy institutlar (sugurta kompaniyalari, pensiya fondlari va b.)ning keng doirasi tasarrufidagi yirik kompaniyalar bo’ladi.
Biz yirik yoki kichik firmani ko’ramizmi – bundan qat‘i nazar, mohiyat jihatidan deyarli ularning barchasi mas‘uliyati cheklangan kompaniyalar (limited company) bo’ladilar. Buyuk Britaniyada mas‘uliyati cheklangan kompaniyalar hisoblanmagan firmalar mavjud (va ular yetarlicha ko’p).
Biroq, ko’pchilik hollarda bunday firmalar juda kichik (bir yoki ikki kishidan tashkil topadi), yoki advokatlik himoyasi va buxgalteriya hisobi kabi chuqur ixtisoslashtirilgan professional xizmatlarni taqdim etadi Modomiki, Buyuk Britaniyaning xususiy sektorida mas‘uliyati cheklangan kompaniyalar ko’pchilikni tashkil etadi
Biz aynan ushbu kontekstda biznes moliyasini muhokama qilamiz. Ammo, kitobda sanab o’tilgan biznes moliyasini tashkil etish prinsiplari yuridik mavqeidan qat‘i nazar barcha korxonalarga bir xilda taalluqli. Amalda jahonning barcha mamlakatlarining xususiy sektorida o’zining xususiyatlari bilanMChJning bu iqtisodiy xarakteristikasi shuni ko'rsatadiki, barcha ishtirokchilar uchun ular bajarishi shart bo'lgan majburiy shartlar va munosabatlar mavjud.Buyuk Britaniyadagi mas‘uliyati cheklangan kompaniyalarga o’xshash firmalar ko’pchilikni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |