Маҳсулот сифатини бошқаришнинг


Mahsulot sifatini oshirish yo’nalishlari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1538843
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Allanazarov BMI uz

Mahsulot sifatini oshirish yo’nalishlari. Mahsulot sifatini oshirish 
juda ko’p omillarga bog’liqdir. Mahsulot sifatini oshirish uning barcha 
iste`mol qiymatlarini yaxshilanishiga olib keluvchi takomillashtirishlardir. 
Mahsulot 
sifatiga eng avvalo uni loyihalashtirish jarayonida asos 
solinadi. Konstruksiyaning samarali ekanligi, ayrim detal va bo’g’inlarning 
unifikasiyalashuvi mahsulot sifatining 
oshishiga 
olib 
keladi. Ishlab 
chiqarishni mexanizasiyalashtirish darajasini oshirish yuqori mahsulot ishlab 
chiqarishning moddiy asosi bo’lib hisoblanadi. 
Jihozlarning progressivligi mehnatni mexanizasiyalashganlik darajasi, 
ishlov berish sifati, universallik kabi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi. 
Texnologik jarayonlariga sifatni nazorat qilish operasiyalari kiritilishi va 
zaruriy uskuna va normativ texnik hujjatlar bilan taminlanishi zarur. 
Sifatni shakillantirish ko’p jihatdan ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy 
tashkil etishga bog’liq. Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy
vazifasi ishchilar uchun 
sanitar-gigiyenik sharoitlarni yaratish
ishchi 
kuchidan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratish, ish vaqtidan samarali 
foydalanish ta`minlashdan iborat. 


Sifatni oshirishga ta`sir etuvchi omillardan yana biri ishlovchilarning 
bilim va malaka darajasi hisoblanadi. har bir ishchi texnika vositalaridan 
bilimdonlik bilan foydalanishlari, mehnatlari va shu orqali bajarayotgan ishlar 
sifatini yaxshilashga erishishlari lozim. 
Ushbu vazifani hal etish uchun ishchilarni malaka darajasini oshirish, 
sifatni yaxshilashga moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tizimini 
takomillashtirish, ya`ni ularning mahsulot sifatini oshirishdan 
manfaatdorligini oshirish zarur. 
Demak, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati ishlab chiqarishni tashkil 
etuvchi elementlar - ishlab chiqarish vositalari, buyumlari va ishchi 
kuchidan omilkorlik bilan foydalanishga bog’liq ekan. Ishlab chiqarish 
madaniyati ham mahsulot sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatuvchi omillardan 
hisoblanadi. Ma`lumki, korxonalar faqat mahsulot ishlab chiqarish bilan 
cheklanib qolmay, turli xarakter va turdagi xizmatlarni ham ko’rsatadi. 
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatuvchi korxonalar ham shular 
jumlasidandir. Aholiga xizmat ko’rsatish jarayoni xususiyatlaridan kelib 
chiqib, xizmat ko’rsatish sifatini oshirishni ham 2 tomondan ko’rib 
chiqish lozim: 
1. 
xizmatlarni ishlab chiqarish sifati; 
2. 
xizmat ko’rsatish sifati. 
Xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga ta`sir etuvchi omillarga korxonani 
samarali joylashtirish, rasional ish tartibini yo’lga qo’yish, xizmat 
ko’rsatishda mijozlarga maksimal qulayliklar yaratish maqsadida progressiv 
formalaridan foydalanishni tashkil etishni kiritish mumkin. 
Xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish xizmat ko’rsatish sifatini 
oshirishning muhim yo’llaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish 
madaniyati xodimlarning mijozlar bilan muloqot etikasida,
korxonani jihozlash estetikasida namoyon bo’ladi. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling