Ma’sulyati cheklangaan jamiyatlar to’grisidagi qonun.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to’risidagi qonun 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan .
Bu qonunning 3- moddasida Masulyati cheklangan jamiyat.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat (qisqartmasi-MChJ) — xoʻjalik shirkatining bir boʻlib, uning mulki (kapitali) tasischilar orasida tegishli nizomlarda koʻrsatilganidek taqsimlanadi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Inventar va xo’jalik jihozlari xususiy korxona, sherikchilik asosidagi korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlarida, masulyati cheklangan jamiyatlarda ham keng foydalaniladi. Biz hozir masulyati cheklangan jamiyatlardagi inventar va xo’jalik jihozlarini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |