Matbuot anjumani- milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi


millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi1.86 Mb.
#1034013
1   2   3
Bog'liq
Matbuot anjumani- Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi | paxtachi.uz 2

millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.
Maʼlumki, qadimiy va saxovatli zaminimizda koʻp asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat
va din vakillari tinch-totuv yashab keladi. Mehmondoʻstlik, ezgulik, qalb saxovati va tom
maʼnodagi bagʻrikenglik xalqimizga doimo xos boʻlgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi.
Yurtimizda hukm surayotgan doʻstlik va birdamlik muhiti – tinchlik va barqarorlik, amalga
oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obroʻ-
eʼtiborini yanada yuksaltirishning eng muhim omilidir.
19.12.2022, 01:42
Стр. 2 из 8


Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va
inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz – jonajon Oʻzbekistonimiz ravnaqi yoʻlida birlashib,
barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli
fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qoʻshmoqda.
Bagʻrikenglik insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo fuqarolararo hamjihatlik va
totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida
tarbiyalash davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligini kelgusida yangi bosqichga koʻtarish uchun
hurmatli prezidentimiz oldimizga quyidagi maqsadlarni qoʻymoqda:
- jamiyatda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldidagi
tengligini taʼminlashga qaratilgan tizimli va izchil faoliyatni samarali tashkil etish;
- millatlararo munosabatlar sohasida tizimli asosda ilmiy, jumladan, ijtimoiy tadqiqotlar olib borish,
shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi jarayonlar rivojining muttasil monitoringini yoʻlga qoʻyish;
- millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallarini
tayyorlash ishlarini kuchaytirish;
- yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilayotgan
millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar,
seminarlar, davra suhbatlari, maʼruzalar va boshqa tadbirlarning samarasini oshirish;
- millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni oʻrganish va ularni hal etishda xorijiy
tajribani tahlil qilish hamda Oʻzbekiston sharoitida ana shu tajribadan foydalanish boʻyicha
takliflar ishlab chiqish;
- millatlararo totuvlikni mustahkamlash, unga xavf soladigan turli muammolarning barvaqt oldini
olish va ularni profilaktika qilish, shuningdek, mazkur sohadagi tahdid va xatarlarga qarshi
kurashish boʻyicha taʼsirchan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- jamiyatda koʻpmillatli katta oila his-tuygʻusini, mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat
vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va
sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligi ularning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklarini taʼminlash.
Кўрилганлиги: 2377
Қидириш

19.12.2022, 01:42
Стр. 3 из 8


(http://saminvest.uz/oz/node/277)
(http://www.paxtachi.uz/uz/node/1442)

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling