“Матбуотдаги тилга оид матнларнинг лингвистик хусусиятлари”
Download 0.55 Mb.
|
matbuotdagi tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlari
Gazeta yoki roʻznoma bir nom ostida muntazam chop etiluvchi vaqtli nashrdir.
Gazeta atamasi italyancha gazzette so‘zidan olingan bo‘lib, - "chaqa pul" degan ma’noni anglatadi XVI asrda bu tangaga xabarlar yozilgan varaqa xarid qilsa boʻlardi. Roʻznoma atamasi esa forscha roʻz — "kun" soʻzining noma — "xat", "maktub" soʻziga qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri bo‘lgan gazeta kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr hisoblanadi. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obʼyekti boʻlibgina qolmay, balki moddiy ishlab chiqarish obʼyekti, iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan birga gazeta tovar — moddiy mahsuloti ham hisoblanadi. Gazeta hajmi 2 sahifadan 100 sahifagacha va undan koʻp boʻlishi mumkin . Ilk gazetalarning ibtidoiy turi dastlab Rimda — miloddan avvalgi 1-asrda varaqa va byulletiyenlar shaklida chop etilgan. Eramizning VIII asrida Xitoyda hukmronlik qilgan Tan sulolasi davrida “Di Bao” (“Saroy ro‘znomasi”) nomli dastlabki gazeta chop etilgan. Hozirgi gazetalarning dastlabki turlari 16—17-asrlarda Yevropada paydo boʻlgan. Ular xususiy shaxslar, aksariyat matbaachilar, noshirlar, pochta xodimlari tomonidan nashr qilingan. Ilk gazetalar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada boʻlgan. Ularda asosan saroy yangiliklari, tijorat xabarlari bosilgan. 16-asrda Venesiyada yozma axborotlar uchun "gazetta" degan chaqa pul toʻlashgan (nomi ham shundan). 1631-yilda Parijda qirol Lyudovik XIII (1586—1653) ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast Renodo parijlik kitobfurushlar — Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda "La Gazzette" nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. Hozirgi maʼnodagi "gazeta" termini mana shu nashr tashkil qilingach, soʻzlashuvda qo‘llana boshlangan, degan fikr mavjud. Gazetachilik 18-asrdan eʼtiboran, ayniqsa Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH mamlakatlarida taraqqiy qila boshladi va bu mamlakatlarda koʻplab ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishdagi kundalik gazetalar paydo boʻldi. Mazkur davrda tarmoq, yaʼni soha gazetalari ham tarkib topdi. Umumsiyosiy nashrlar qatoriga iqtisodiyot, tijorat, ilm-fan, adabiyot, sport va boshqa sohalarga ixtisoslashgan maxsus gazetalar nashr etila boshlandi. Gazetalar chiqarish bilan xususiy noshirlardan tashqari turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, firma va kompaniyalar ham shugʻullana boshladi. Shu tariqa gazetalar turli siyosiy qarashlar, mafkuralar jarchisiga aylana bordi, uning paydo boʻlishi va ravnaq topishida ijtimoiy hayotning faollashuvi, ommada ijtimoiy axborotga ehtiyojning ortishi, savdo, sanoat va maorifning yuksalishi, bosmaxona anjomlari va qogʻoz ishlab chiqarishning rivojlanishi, axborot toʻplash, uni qayta ishlash va tarqatish muassasalari tarmogʻining kengayishi va boshqa omillar muhim ahamiyat kasb etdi. Keyinchalik мatbuotning yana bir turi bo‘lgan jurnallar ham chop etila boshlandi. “Jurnal” fransuzcha so‘z bo‘lib, “journal” – “gazeta, kundalik daftar” degan ma’nolarni anglatadi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling