“Матбуотдаги тилга оид матнларнинг лингвистик хусусиятлари”
Jahon tilshunosligida matbuot matnlarining o‘rni
Download 0.55 Mb.
|
matbuotdagi tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlari
Jahon tilshunosligida matbuot matnlarining o‘rni
Matbuot 15-asrning oʻrtalarida Yevropada tarkib topgan va shakllangan bo‘lib, qariyb 5 asr. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari — radioeshittirish va televideniye paydo boʻlguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning , bilim va gʻoyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat boʻlib, 17-asrning boshlarida gazetalar, keyinroq esa jurnallar tashkil topadi. 19-asrning oʻrtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshlaydi va 20-asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo boʻladi. Radioeshittirish va televideniye paydo bo‘lishi va taraqqiy qilishiga qaramay, matbuot o‘z mavqeyini yo‘qotmadi. Aksincha, u hamon kishilik jamiyatidagi oʻz oʻrni va mavqeini tobora kengaytirib bormoqda, ijtimoiy-siyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali taʼsir koʻrsatmoqda. Butun dunyoda matbuotning muttasil keng tarqalib borayotgani buning yaqqol isbotidir. Tarixiy rivojlanish jarayonida matbuotning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-maʼmuriy tashkilotlar va boshqalar), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va boshqalar tomonidan taʼsis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. Matbuot qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurasini targʻib qilishda bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat maʼnaviy hayotiga cherkov taʼsirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy matbuot tarkib topdi va keng rivojlana boshladi. Ilgʻor ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar oʻrnatish uchun kurashda taraqqiyparvar matbuotning xizmati katta boʻldi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy shakl (janr)larda ommaga yetkazish va shu yoʻl bilan oʻz oʻquvchilarida kundalik turmush voqealariga nisbatan maʼlum munosabat va tasavvur paydo qilish hamda siyosiy, iqtisodiy, axloqiy gʻoya va eʼtiqodlarning shakllanishiga taʼsir koʻrsatish maqsadida gazetalar chop etila boshlandi. Gazeta jamoatchilik fikrining mahsuli va ifodachisi sifatida namoyon boʻladi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling