“Матбуотдаги тилга оид матнларнинг лингвистик хусусиятлари”


Download 0.55 Mb.
bet22/34
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#209483
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
matbuotdagi tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlari

UCHINCHI BOB

MATBUOTDAGI TILGA OID MATNLAR



    1. Mustaqillik davri gazetalarida tilga oid matnlarning berilishi

Ma’lumki, gazeta zamondoshlar nutqini ongimizda tezkor va haqqoniy qayd etuvchi omildir va uning ustiga, badiiy adabiyotdan tashqari, boshqa janrlarga qaraganda, adabiy til meyorlariga eng yaqin turadigan janrdir.

Matbuot matnlarining asosiy qismi rasmiy uslubda yozilgan bo‘lib, rasmiy uslubining doirasi va sotsial vazifasi juda kengdir. Asosan yozma shaklda bo‘lgan bu uslub davlat-administrativ, xalqaro diplomatik, yuridik doiradagi munosabatlar uchun iqtisodiy-savdo va boshqa xil rasmiy-idoraviy aloqalar uchun xizmat qiladi. Matbuotda berilayotgan barcha maqolalar shu uslubda yoziladi. Ushbu uslubda matbuotda o‘z aksini topgan qonunlar, qarorlar, buyruqlar, farmonlar, aktlar, kodekslar, ustavlar, rezolyutsiyalar, dekloratsiyalar, konvensiyalar, notalar, bayonotlar, shartnomalar, ahdnomalar, maxsus rasmiy axborotlar, xabarlar, majburiyatlar, e’lonlar, reklamalar va boshqa hujjatlarda ifodalanadigan nutq vositalari yetakchi o‘rinda turadi.

Lingvistik adabiyotlarda rasmiy uslub rasmiy ish qog‘ozlari uslubi bo‘lib, u quyidagi uch tipga ajratiladi:

1. Yuridik munosabatlar doirasida: qonun, kodeks, grajdanlik va jinoyat aktlari, ustavlar va b.

2. Idoraviy-administrativ shakli: aktlar, buyruqlar, har xil ish qog‘ozlari (ariza, xarakteristika, tarjimai hol, ma’lumotnoma, tilxat va b.).

3. Diplomatik munosabatlarga doir hujjatlar, bayonot, nota, kommyunike, bitim, memorandum, konvensiya, dekloratsiya va b.

Bu tipga kiruvchi rasmiy ish qog‘ozlarining har biri o‘ziga xos jihatlarga ega. Rasmiy yozishma va hujjatlar uslubida tilning ikki funksiyasi xizmat qiladi. Bularning birinchisi axborot berish bo‘lsa, ikkinchisi esa buyurishdir. Masalan, buyruqda buyurish funksiyasi yetakchi bo‘ladi. Bayonnomada esa ham axborot berish, ham buyurish funksiyasi mavjud bo‘ladi.

Gazeta va jurnallarda berilgan rasmiy nutqning yuridik munosabatlar va administrativ-konselyar shakllari subyektiv baho berishdan, ekspressivlikdan xoli bo‘ladi. Xususan, yuridik hujjatlar, ustav va qonunlar, qarorlar, rasmiy ish qog‘ozlari uchun emotsional-subyektiv munosabat bildirish mutlaqo yotdir. Chunki bu nutq o‘z vazifasiga ko‘ra obyektivlikka, aniqlikka, qat’iylikka asoslangan bo‘ladi. Shuning uchun ham unda subyektivlik, shaxsiy kuchli ehtiros va emotsional-eksprissivlik bo‘lmaydi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunidan quyidagi matnni ko‘rib chiqaylik:




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling