“Матбуотдаги тилга оид матнларнинг лингвистик хусусиятлари”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
Download 0.55 Mb.
|
matbuotdagi tilga oid matnlarning lingvistik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobining taqdimot marosimi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING YIGIRMA TO‘RT YILLIGI NISHONLANISHI MUNOSABATI BILAN DAM OLISH KUNINI KO‘CHIRISH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida: 2015 yil 29-avgust shanba dam olish kuni 2015 yil 31-avgust dushanba kuniga ko‘chirilsin; 2015 yil 29-avgust shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV Toshkent shahri, 2015-yil 25- avgust50. Matbuotda rasmiy ish uslubida yaratilgan matnlarda biror narsani tahlil qilish yoki uni isbotlash emas, balki faktlarni qayd qilib borish, belgilash, tasdiqlash, tartibga solish singari xususiyatlar yetakchi o‘rin tutadi. Chunki bu uslubda voqealar, faktlar, detallar haqida hikoya qilib berish talab etilmaydi. Masalan, ommaviy axborot vositalarida doimiy bosilib turiladigan oddiy yoki xronikal rasmiy xabarlar, sessiya, konferensiya, majlislar haqidagi axborotlar rasmiy matnlarda fikrni ifoda etishda faktlarni qayd etish, ular haqida xabar berish asosida amalga oshiriladi. Masalan, O‘zbekiston Prezidentining yangi kitobi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobi “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan ko‘p ming nusxada chop etildi. Matbuot matnlari tili va uslubi shu nutqning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. U bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bunday nutqning bosh mezoni, yetakchi xususiyati aniqlik, ixchamlikdan iboratdir. Matnda nutq vositalari aniq, ixcham va barqaror bo‘ladi. Shuning uchun ham ijtimioiy-siyosiy mavzudagi materiallarda rasmiy uslubda standart, shtamplashgan nutq vositalari bilan ish ko‘radi. Badiiy nutqdagi kabi tasviriy vositalarga, sinonimlarga muhtoj bo‘lmaydi. Chunki rasmiy uslubga doir u yoki bu nutq turining o‘ziga xos vaziyati, qo‘llanish sharoiti takrorlanib turuvchi bir xil nutqiy vositalarga asoslanishi shuni taqozo qiladi. Masalan, tez-tez va qayta-qayta takrorlanib turuvchi tayyor standartlar tematik doirasi qat’iy chegaralangan rasmiy nutqni juda aniq ifodalashga, shuningdek, mazmunan to‘liq tarzda bayon etishga yordam beradi. Rasmiy axborotlar, xronika va rasmiy xabarlar ijtimoiy hayotning turli sohasini aks ettiradi. Shuning uchun ularning tematik doirasi va leksik qatlami xilma-xildir. Masalan, xronikal axborotlar berilgan matnlarda asosan ikki tarkibli to‘liq gaplar ishtirok etadi. Masalan: “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobining taqdimot marosimi Shu yil 12-avgust kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda siyosatshunos, iqtisodchi va huquqshunos olimlar, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va madaniyat namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, nuroniylar, mahalla, xotin-qizlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi51. Matbuot matnlarida, xususan, gazetalarda qo‘llanuvchi leksikaning qatlamlari turli xil bo‘lib, bular har bir matnning o‘ziga xos ekstralingvistik asoslari bilan bevosita bog‘liq holda o‘sha materialning mazmuniga qarab qo‘llaniladi. Shu boisdan rasmiy uslubga xos har bir janrning o‘ziga xos uslubiy xususiyati va o‘ziga xos standart vositalari bo‘ladi. Kundalik ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan rasmiy xabarlarning ko‘pchiligida standart holatga ega bo‘lgan birliklardan keng foydalanilishini kuzatish mumkin. Masalan, “Respublika matbuot markazi xabar qiladi”, “...gazetasiga bergan intervyusida”, “xabar beradi” singari axborotlarda Respublikamiz hayotiga oid siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy xabarlar qisqa va aniq shalda berilsa, jahonda yuz berayotgan voqealar “Dunyoning siyosiy voqealari”, “Dunyo voqelari”, ”Xorijda”, “Xorij mamlakatlarida” kabi axborotlar orqali bayon etiladi. Bunday matnlarda jumlalar ixcham, aniq, ravon, ortiqcha so‘zlardan xoli tarzda tuziladi. Jumlalar, ko‘pincha ikki tarkibli yoyiq gaplardan hamda qo‘shma gaplardan tuzilgan bo‘lishi mumkin: “Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish masalasi referendum o‘tkazilgach hal bo‘lishi mumkin, dedi mamlakat bosh vaziri Yuliya Timoshenko “Vedomosti” gazetasida bergan intervyusida”(“Ma’rifat” gaz.) Respublikamizda xalq ziyolilari gazetasi bo‘lgan “Ma’rifat” gazetasining asosiy g‘oyasi yangi avlodni tarbiyalash bo‘lib, unda yosh avlodni tarbiyalashga oid, shuningdek, mamlakatimiz yoshlari salohiyatini oshirishga va shunga o‘xshash turli xil mavzularni matbuot orqali yoritilayotganda rasmiy ish qog‘ozlari uslubidan keng foydalaniladi. Bunday matnlar ham qisqa va ixcham shaklga ega bo‘lib, jumlalarda ravishdosh oborotlardan hamda uyushiq bo‘laklardan, qo‘shma gaplardan foydalanilanish mumkin. Masalan, tilga bag‘ishlangan quyidagi matnlarni ko‘rib chiqaylik: 21-oktabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan kun TIL – MILLATNING QIYOFASI o‘zbek tili dunyo tillari orasida o‘ziga xos mavqega ega ekanligini ta’kidlash joiz. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi qaydlar o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotiga doir muhim ma’lumotlar sifatida ahamiyatlidir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” , Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarlari, Atoiy, Sakkokiy, Sayfi Saroiy, Lutfiy, Alisher Navoiyning boy ilmiy- adabiy merosi o‘zbek tilida yaratilgan nodir manbalar hisoblanadi52. Matndan ko‘rinib turibdiki, unda asosan sodda gaplar qo‘llangan. Gaplar tarkibida uyushiq bo‘laklar mavjud. Dolzarb axborot bo‘lgani uchun ham shunday vositalardan foydalanilgan. Rasmiy va xronikal xabarlarning matnida bir xil so‘z va atamalar, iboralar, ayrim konstruksiyalar takror-takror qo‘llanishi mumkin. Ba’zan rasmiy matnlarda publitsistik nutqqa xos yuqori patetik ruh, ko‘tarinki pafosni ko‘rsatib turgan vositalarni ham uchratish mumkin. Bu holni rasmiy uslubga publitsistik uslubning aralashishi deb qarash mumkin. O‘sha voqelikni ifodalashda bu hol xizmat qiladi. Ekstrolingvistik omillar, sotsial-tarixiy faktlar, vaziyatlar uzviy bog‘langan bunday rasmiy matnlar, hujjatlar o‘zining yuqori patetik xususiyati bilan ajralib turadi. Bunday o‘rinlarda nutqning kommunikativ birliklari o‘zining atash, xabar berish va ta’sir qilish funksiyalarini ayni bir paytda amalga oshiradi. Misol: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling