YOG‘-MOY MAHSULOTLARINING XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDAGI UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI TASDIQLASH HAQIDA
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Texnik reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilayotgan yog‘-moy mahsulotlariga tatbiq etiladi va ularga qo‘yiladigan talablarni, jumladan, ularni qadoqlash va tamg‘alash hamda ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish jarayonlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu Texnik reglament talablari quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
sanoat usulida ishlab chiqarilmagan yog‘-moy mahsulotlariga;
ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlariga, tabiiy xom glitserin va xo‘jalik sovuni bundan istisno.
2. Texnik reglament talablari ozuqaviy va ozuqaviy bo‘lmagan mahsulotlar toifasiga kiruvchi yog‘-moy mahsulotlariga nisbatan ushbu Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq qo‘llaniladi.
O‘simlik moylari moyli xomashyolar turidan kelib chiqib ushbu Texnik reglamentga 2-3-ilovalarga muvofiq turlarga bo‘linadi.
Iste’molchilarda noto‘g‘ri tushuncha kelib chiqishining (chalg‘itishning) oldini olish maqsadida yog‘-moy mahsulotlari (mahsulot guruhlari) aynan bir turga mansubligi ushbu Texnik reglamentning 4-bobida keltirilgan mahsulotlar guruhlarining xususiyatlari hamda ularni tavsiflovchi belgilar asosida identifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Atamalar va ta’riflar
3. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
3.1. Yog‘-moy mahsulotlari ta’riflari:
yog‘-moy mahsulotlari — o‘simlik moylari yoki o‘simlik moylari hamda hayvon moylari va yog‘lari asosida (dengiz sut emizuvchilari va baliq moylarini hisobga olganda) ozuqaviy qo‘shimchalar va boshqa ingrediyentlar, suv qo‘shib yoki qo‘shmasdan olingan o‘simlik moylari va mahsulotlar;
ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari — taom tayyorlashda iste’mol uchun yoki oziq-ovqat sanoatining turli tarmog‘ida qo‘llaniladigan yog‘-moy mahsulotlari.
3.2. Ozuqaviy yog‘-moy mahsulotlari ta’riflari:
Do'stlaringiz bilan baham: |