Математическое моделирование используется для того, чтобы избежать порчи элементов при ошибке и их замены, а также снизить сло


laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar


Download 1.94 Mb.
bet6/15
Sana28.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1235897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Muhriddin 3

laurin turidagi temperirlanmaydigan kakao moyi o‘rnini bosuvchilar — tarkibida laurin kislotasining massa ulushi 40 foizdan kam bo‘lmagan, qayta kristallizatsiyalanishi (temperirlash) zarur bo‘lmagan modifikatsiyalangan o‘simlik moylari asosida ozuqaviy qo‘shimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qo‘shib yoki qo‘shmasdan olingan, tarkibidagi yog‘ning massa ulushi 99 foizdan kam bo‘lmagan mahsulotlar;
spred — umumiy yog‘ning massa ulushi 39 foizdan kam bo‘lmagan, sut yog‘i yoki qaymoq, sariyog‘ va (yoki) modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan o‘simlik moylariga ozuqaviy qo‘shimchalar va boshqa ozuqaviy ingrediyentlar qo‘shib yoki qo‘shmasdan ishlab chiqilgan, yog‘li fazasining suyuqlanish harorati 36ºS dan yuqori bo‘lmagan plastik konsistensiyaga ega bo‘lgan yog‘li emulsiyali mahsulot;
o‘simlik-sariyog‘li spredlar — yog‘ fazasining tarkibida sut yog‘ining massa ulushi 15 dan 50 foizgacha bo‘lgan spred;
o‘simlik-yog‘li spredlar — yog‘li fazasi tarkibi sut yog‘i qo‘shilgan (15 foizdan kam) yoki qo‘shilmagan modifikatsiyalanmagan va (yoki) modifikatsiyalangan o‘simlik moyidan tashkil topgan spred;
eritilgan omuxta aralashmalar — yog‘ning massa ulushi 99 foizdan kam bo‘lmagan sut yog‘i (yoki) qaymoq (yoki) sariyog‘ va (yoki) modifikatsiyalangan va (yoki) modifikatsiyalanmagan o‘simlik moylarini to‘liq erish haroratigacha qizdirilib, aralashtirib olingan yoki boshqa texnologik usullarni qo‘llash orqali olingan mahsulot;
o‘simlik-sariyog‘li eritilgan omuxta aralashmalar — yog‘ fazasining tarkibida sut yog‘ining massa ulushi 15 dan 50 foizgacha bo‘lgan eritilgan omuxta aralashmalar;
o‘simlik-yog‘li eritilgan omuxta aralashmalar — yog‘li fazasi tarkibi sut yog‘i qo‘shilgan (15 foizdan kam) yoki qo‘shilmagan modifikatsiyalanmagan va (yoki) modifikatsiyalangan o‘simlik moyidan tashkil topgan eritilgan omuxta aralashmalar;
o‘simlik moylari asosida tayyorlangan krem — rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan o‘simlik moylariga va (yoki) modifikatsiyalangan o‘simlik moylariga sutli yoki o‘simlik oqsillarini shakar qo‘shgan yoki qo‘shmagan holda, shuningdek, tabiiy ho‘l mevalar, sharbatlar, ozuqaviy qo‘shimchalar, boshqa ozuqaviy ingrediyentlardan tayyorlangan, yog‘ miqdori 10 foizdan kam bo‘lmagan mahsulot;

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling