6.8. Ilovalarni rasmiylashtirish qoidalari
Ilova – bu ishning qo`shimcha, mavzuni to`laroq ochib berish uchun zarur bo`lgan qismidir. Mazmuniga ko`ra ilovalar turlicha bo`lishi mumkin: hujjatlarning nusqalari, hisobot materiallaridan ko`chirmalar; yo`riqnomalar, qoidalar, Nizomlardan alohida ko`chirmalar. Ilovalar shaklan matn, jadval, xarita va boshq. ko`rinishda berilishi mumkin.
Ilovalarga foydalanilgan adabiyotlarni kiritish mumkin emas. Ilovalar BMI davomi sifatida uning so`ngi varaqlarida keltiriladi. Har bir Ilova yangi betdan boshlanishi va yuqori o`ng burchakda "Ilova" so`zi va ilovaning nomlanishi keltirilishi kerak. Ilovalar ikkitadan ortiq bo`lganda ularni arab raqamlari bilan nomerlash kerak. Asosiy matnning ilovalar bilan aloqasi havola orqali o`rnatiladi (masalan, qarang 5-ilova). Har bir ilova odatda mustaqil ahamiyatga ega va asosiy matnga bog’liq bo`lmagan holda foydalanish mumkin. Ishning mundarijasida har bir ilova nomlanishi bilan alohida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |