6.5.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini rasmiylashtirish qoidalari
Foydalanilgan adabiyotlarni ishning so`ngida yagona ro`yxatda berish tavsiya etiladi. Ro`yxat albatta nomerlangan bo`lishi kerak. Har bir manba ro`yxatda bir marta keltiriladi.
Rasmiy hujjatlar (Konstitutsiya; Qonunlar; Prezident farmonlari; Xukumat qarorlari; boshqa normativ aktlar (xatlar, buyruqlar va boshq.). har bir guruh ichida hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi.
Xorijiy (rus) tilidagi adabiyotlar ro`yxat so`ngida, alohida harfiy qator tashkil qilgan holda yoziladi.
Har bir hujjat uchun quyidagi bibliografik tavsifnoma keltirilishi kerak: muallif familiyasi, ismi, sharifi; nomi; mavzu ostidagi ma’lumotnoma (darslik, o`quv qo`llanma va boshq.); chiqishi haqida ma’lumot (nashrdan chiqish vaqti, nashriyot, nashr yili); miqdoriy tavsifnoma (kitobdagi umumiy varaqlar soni).
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini rasmiylashtirish namunasi
Monografiyalar
Yunusova D.I. Uzluksiz ta’lim tizimi matematika o`qituvchisini tayyorlashning nazariy asoslari. Monografiya. Toshkent. «Fan va texnologiya», 2008.-162 b.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o`qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent. 2007. 48b.
Do'stlaringiz bilan baham: |