Matematik masalalarni yechishdagi ba’zi bir muammolar va ularni hal qilishda mantiqiy fikrlashning ahamiyati
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2-7. 127. 746-749
- Bu sahifa navigatsiya:
- G. Nazarova Farg‘ona politexnika instituti ANNOTATSIYA
- Kalit so`zlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 746 MATEMATIK MASALALARNI YECHISHDAGI BA’ZI BIR MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISHDA MANTIQIY FIKRLASHNING AHAMIYATI N. Mirzamahmudova N. Maxmudova G. Nazarova Farg‘ona politexnika instituti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o`qitishning noan`anaviy usullari ko`rsatib o`tilgan. O`qitish jarayonida mantiqiy fikrlashni o`stirish, abstrakt tafakkur usullaridan masalalarni yechishda foydalanish uslubiyoti bayon qilingan. Kalit so`zlar: abstrakt tafakkur, “case study”, yig`indi, uchburchak SOME PROBLEMS IN SOLVING MATHEMATICAL PROBLEMS AND THE IMPORTANCE OF LOGICAL THINKING IN SOLVING THEM ABSTRACT This article shows non-traditional teaching methods. Methods of the development of logical thinking in the educational process, the use of abstract methods of thinking in solving problems are described. Keywords: abstract thinking, case study, sum, triangle Ma’lumki, matematikaning asosiy vazifasi o’quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirishdir. Shuning uchun bugungi kunda o’qitishning “case study”usuliga e’tibor kuchaytirilmoqda. Lekin, afsuski, ko’pincha an’anaviy o’qitish usuli o’quvchilarni kengroq fikrlashga o’rgatish o’rniga, qolipga solingan bir xil formulalar orqali hisoblashni taqozo qilib qo’yadi. Demakki, o’quvchida fikrlash, ayniqsa, masalani har xil tomondan analiz qilib ko’rish qobiliyati pasayadi. Oddiy misol: 1 + 2 + 3 + ⋯ + 97 + 98 + 99 + 100 ko’rinishdagi yig’indini hisoblang. Buni oddiy yo’l bilan, ya’ni sonlarni ketma-ket qo’shish usuli bilan ham hal qilish mumkin. Natija 5050 ga teng ekanini ko’rish mumkin. Lekin, kichik yoshdagi o’quvchilarga masalani osonroq usulda hal qilish mumkinmi?, degan savol o’rtaga tashlansa, o’quvchilar quyidagi xulosalarga kelishi mumkin. 1 + 99 = 100, 2 + 98 = 100 … Keying savol, albatta, bunday yuzliklar nechta 49 + 51 = 100, demak 49ta. Shu bilan birga oxirgi 100ni e’tiborga olsak, 50ta bor, o’rtada 50 qolib ketmoqda, demak natijani osonroq 50 ∙ 100 + 50 = 5050 deb hal qilish mumkin bo’ladi. O’qitish jarayonida nostandart masalalardan foydalanish o’quvchilar fikrlash doirasini kengaytitsh bilan birga , ularni biror jarayondan chiqib ketish emas, balki osonroq yo’l bilan masalani hal qilish kabi malakalarga ega qiladi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling