Matematik modelni qurish metodlari. Reja


Modellarning boshqa tiplari


Download 260.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana04.04.2023
Hajmi260.13 Kb.
#1325812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-MARUZA

Modellarning boshqa tiplari 
U yoki bu olchovlarning kutilayotgan foydasiga oid qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘p 
sonli adabiyotlar mavjud, ushbu qarorni qabul qilish xavf va noaniqlik bilan tutash bo‘lgan 
muvofiq vaziyatni modellashtirish usuli hisoblanadi. Ushbu modellardan u yoki bu davlat 
siyosatini tanlash maqsadida o‘tkaziladigan tahlilda keng foydalaniladi. Bunday modellar 
siyosiy amaliyotda preskriptiv model (qaysi choralarni ishlab chiqish kerakliligini hal 
qilishda yordam beradi) sifatida ko‘p qo‘llaniladi, ammo deskriptiv modellashtirishda 
(aslida odamlar nima qilishini bashorat qiluvchi) ular deyarli foydasiz bo‘lib chiqadi, 
chunki ko‘pchilik individlarning qaror qabul qilishida bu modellarga amal qilinmaydi. 
Kutilayotgan foydali modellariga optimizatsiya modellari yaqin turadi, bu modellarning 
kattagina qismi politologiyaga iqtisodiy fanlar va injenerlik ishidan o‘zlashtirilgan. Deyarli 
barcha ratsional harakat o‘ziga xos minimizatsiya va maksimilizatsiya jarayonidan iborat. 
Optimal xulqni aniqlash uchun murakkab matematik usullarning yaxlit to‘plami mavjud 
bo‘lib, ular “tabiat bilan kurash” holatida o‘z foydaliligini ko‘rsatgan, bunda “raqib” 
sifatida bashorat qilib bo‘lmaydigan kelajak maydonga chiqadi. Bundan tashkari, kam sonli 
ishtirokchilarning raqobati holatlarida va bozor sharoitidagi katta miqdordagi ishtirokchilar 
bilan aniqlanadigan holatlarida ham ular o’z foydaliligini isbotladi. 
Matematik modellashtirishning tamomila yangi sohasi kompyuter modellari bilan 
suniy intellektning kompyuterda modellashtirishning yanada keng sohasi bilan bog‘liq. 
Kompyuter modellari tenglamalardan foydalanish orqali emas, balki algoritmlar 
yordamida dasturlashga asoslanadi (ketma-ketlikdagi ko‘rsatmalarning qat’iy ifodasi) va 


axborotning ulkan hajmini qayta ishlashda, tutash vaziyatlarni o‘rganishda samaralidir. 
Kompyuter modellarining nisbatan keng qo‘llanadigan shakli ekspert tizimi hisoblanadi. 
Unda “agar… u holda” tipidagi qurilmalarning katta miqdoridan foydalaniladi. 

Download 260.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling