Matematik ob’ektlar bitta termin (so’z, nom) bilan ifodalanadi.
Tushunchaning hajmi deganda bitta termin bilan ifodalanadigan ob’ektlar to’plamiga aytiladi.
Tushuncha hajmi va mazmuni orasida bog’lanish mavjuddir.
Tushuncha hajmi qancha katta bo’lsa, uning mazmuni shuncha kichik bo’ladi. Masalan, “to’g’ri burchakli uchburchak” tushunchasi “uchburchak” tushunchasining hajmidan kichikdir, lekin uning mazmuni ikkinchisidan kattadir.
Ob’ektni bilish uchun uning muhim xossalarini ko’rsatish kerak. Bu
muhim xossalarni ko’rsatish ob’ektni ta’riflash deyiladi.
Ta’riflash oshkor va oshkormas ko’rinishda bo’lishi mumkin. Boshlang’ich sinflarda oshkormas ta’riflash usulidan foydalaniladi. To’g’ri burchakli uchburchak ta’rifi oshkor ta’riflashdir.
Kvadrat ta’rifining tuzilishini tahlil qilamiz. “Kvadrat deb hamma tomonlari teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchakka aytiladi.” U mana bunday: dastlab ta’riflanuvchi tushuncha “kvadrat” ko’rsatiladi, keyin esa ushbu: to’g’ri to’rtburchak bo’lishlik, hamma tomonlari teng bo’lishlik xossalarini o’z ichiga oluvchi ta’riflovchi tushuncha kiritilgan.
“To’g’ri to’rtburchak bo’lishlik” xossasi “kvadrat” tushunchasiga nisbatan jins jihatdan tushunchadir. Ikkinchi xossa – “tomonlari teng bo’lishlik” – bu tur jihatdan xossa ko’rsatgichi, shu asosda kvadrat to’g’ri to’rtburchakning boshqa turlaridan farq qilinadi.
Maktab matematika kursining boshqa ta’riflari ham xuddi shunday tuzilishga ega. Bunday ta’riflar tuzilishini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Tushunchalarni bunday sxema bo’yicha ta’riflash jins va tur jihatdan ta’riflash deyiladi.
Matematikada boshqa ta’riflash ham uchraydi. Masalan, “Uchburchak deb bir to’g’ri chiziqda yotmagan uchta nuqta va ularni juft-jufti bilan tutashtiruvchi uchta kesmadan iborat figuraga aytiladi” degan ta’riflashda, uchburchakni yasash usuli ko’rsatib ta’riflangan. Shu sababdan bu ta’riflash genetik (kelib chiqish) ta’riflash deb ataladi. Tushuncha ta’rifiga quyidagi talablar qo’yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |