Математик статистиканинг предмети ва асосий масалалари


Download 423.5 Kb.
bet1/9
Sana16.01.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1096462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tursunov Islombek


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA YO‘NALISHI 4M13 –GURUH TALABASI
Tursunov Islombekning
Ehtimollar nazaryasi va Matematik statistika”fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: “Matematika statistikasining asosiy masalalari”.


Ish rahbari: B.Tursunov


Andijon-2022
Mundarija:



  1. Kirish……………………………………………………………...3

  2. Asosiy qism

  1. Matematik statistikaning vazifalari (masalalari).

  2. Bosh va tanlanma to’plamlar.

  3. Tanlanmalarning tiplari, tanlash usullari.

  1. Xulosa …………………………………………………..……….26

  2. Foydalanilgan adabiyotlar………………………….…….……27



KIRISH
Biz amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir. Sh.M.Mirziyoyev.
Kurs ishning dolzarbligi: Nazariy va amaliy masalalarni yechishda matematika statistikasining asosiy masalalarini topish
Kurs ishning maqsadi: Matematika statistikasining asosiy masalalari topish, va о‘rganishdan iborat
Kurs ishning vazifasi:
Matematika statistikasining asosiy masalalari va ularning taqsimotlari о‘rganish
Matematik statistikani qo’llashdan asosiy maqsad ommaviy hodisalar va jarayonlar haqida ularni kuzatish yoki eksperiment-lar natijasida olingan ma’lumotlar asosida xulosalar hosil qi-lishdan iborat. Bu statistik xulosalar alohida tajribalarga tegish-li bo’lmasdan, balki tadqiq qilinayotgan hodisani keltirib chiqa-ruvchi shart-sharoitlarning doimiy ekanligi farazidagi shu hodi-saning umumiy tavsiflari (ehtimolliklari, taqsimot qonunlari va ularning parametrlari, matematik kutilmalari va h.k.) haqida-gi da’volardan iborat.
Ommaviy tasodifiy hodisalar bo’ysunadigan qonuniyatlar-ni aniqlash statistik ma’lumotlarni — kuzatish natijalarini ehtimollar nazariyasi uslublari bilan o’rganishga asoslanadi.
Matematik statistikaning birinchi vazifasi (masalasi) — kuzatishlar yoki maxsus o’tkazilgan eksperimentlar natijasida olingan statistik ma’lumotlarni to’plash va guruhlash usullari-ni ko’rsatish.
Matematik statistikaning ikkinchi vazifasi (masalasi):
a) hodisaning noma’lum ehtimolligini baholash; noma’lum taqsimot funktsiyasini baholash; ko’rinishi ma’lum bo’lgan taqsi-motning parametrlarini baholash; tasodifiy miqdorning boshqa bitta yoki bir nechta tasodifiy miqdorlarga bog’liqligini baho-lash va h.k.;
b) noma’lum taqsimotning ko’rinishi haqidagi yoki ko’rini-shi ma’lum bo’lgan taqsimot parametrlarining kattaligi haqida-gi statistik gipotezalarni tekshirish kabi tadqiqot maqsadla-riga bog’liq ravishda statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Demak, matematik statistikaning predmeti ilmiy va amaliy xulosalar hosil qilish maqsadida statistik ma’lumot-larni to’plash va qayta ishlash usullarini yaratishdan iborat.
Statistika so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, holat, vaziyat degan ma’noni anglatadi.
Statistika tabiatda va jamiyatda bo‘ladigan ommaviy hodisalarni o‘rganadi. Statistika fani qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ommaviy tasodifiy hodisalarni kuzatish natijalarni tasvirlash, to‘plash, sistemalashtirish, tahlil etish va izohlash usullarini o‘rganadi.
Matematik statistika esa ommaviy va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan tabiiy jarayonlarni tahlil etish uchun matematik apparat bo‘lib xizmat qiladi.
Matematik statistikaning vazifasi o‘rganilayotgan ob’yekt bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni taхlil qilish va shu asosda ba’zi bir хulosalarni chiqarishdan iborat.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling