Matematik ta'lim jarayonida masalaning roli va o'rni


Matematika o'qitishda masalalarning bajaradigan funksiyalari


Download 139 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2023
Hajmi139 Kb.
#1074998
1   2   3   4
Bog'liq
MATEMATIKA METODIKASI MUSTAQIL

2. Matematika o'qitishda masalalarning bajaradigan funksiyalari.
Hozirgi zamon didaktikasida A.D.Semushin, K.I.Neshkov va Yu.M.Kolyagin, J.Ikromov, T.To'laganov va N.G'aybullaev kabi metodist matematiklar matematika kursidagi masala va misollarning bajaradigan funksiyasini quyidagicha turlarga ajratishadi:
-Masalaning ta'limiy funksiyasi.
-Masalaning tarbiyaviy funksiyasi.
-Masalaning rivojlantiruvchi xarakterdagi funksiyasi.
-Masalaning tekshiruv xarakterdagi funksiyasi.
Masalaning matematika darsi jarayonida bajaradigan funksiyalarini alohida-alohida ko'rib chiqamiz.
1. Masalaning ta'limiy funksiyasi asosan maktab matematika kursida o'rganilgan nazariy ma'lumot, matematik tushuncha, aksioma, teorema va matematik xulosalar, qonun-qoidalarning aniq masala yoki misollarga tadbiqi natijasida o'quvchilarda mustahkam matematik bilim va malakalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi.
O'qituvchi ikki burchak yig'indisi va ayirmasining sinusi teoremasini o'tib bo'lganidan keyin, ana shu mavzu materialini o'quvchilar ongida mustahkamlash uchun quyidagicha misollarni yechish mumkin.
Maktab matematika kursidagi masala yoki misollarni yechish o'quvchilarda matematik malaka va ko'nikmalarni shakllantiribgina qolmay, balki olingan nazariy bilimlami amaliyotga tadbiq qila olishini ham ko'rsatadi. Agar o'qituvchi kvadrat tenglama mavzusini o'tib uni, mustahkamlash jarayonida kvadrat tenglamaga keltiriladigan masalalami yechib ko'rsatsa, o'quvchilarni ana shu mavzu materiali yuzasidan bilimlari mustahkamlanadi hamda kvadrat teng­lama tushunchasining tadbiqi haqidagi fikr o'quvchilar ongida shakllanadi.
1 - masala . Sport formasi sotib olish uchun ikki komandaning har biriga 84 so'mdan pul ajratildi. Komandalardan birining olgan har bir formasi ikkinchi komandaning olgan formasidan 2 so'm arzon bo'lgani uchun u bitta ortiq sport formasi oldi. Har bir komanda nechtadan sport formasi olgan?
x - birinchi komanda olgan bitta formaning narxi,
(x-2) - ikkinchi komanda olgan bitta formaning narxi,
birinchi komanda olgan formalar soni,
ikkinchi komanda olgan formalar soni.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling