Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasining didaktik asoslari. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik


Bolalarda elementar matematik bilimlarni mustahkamlash va


Download 212.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.07.2023
Hajmi212.16 Kb.
#1662625
1   2   3   4   5
Bog'liq
Matematik tasavvurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasining didakti

3. Bolalarda elementar matematik bilimlarni mustahkamlash va 
ularni amalda qo’llash.  
Bolalar olgan bilimlari kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, turmushda, 
shuningdek boshqa ta’limiy faoliyatlarda doim mustahkamlanishi juda 
muhim.
Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o’yinlar, jumladan, xalq didakgik 
o’yinlari, piramidachalar va boshqa o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan 
o’yinlar muhim rolg’ o’ynaydi. Fazoda mo’ljal (orientatsiya) olish 
mashqlarini tahminlovchi o’yinlarga katta ahamiyat beriladi.
Jismoniy tarbiya va musiqa ta’limiy faoliyatlarida bolalarning tartib 
sanoq bilan shug’ullanishlariga, harakat yo’nalishlarini aniqlashlari va 
hokazolarga to’g’ri keladi.
Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular 
orasida o’lchov munosabatlarini o’rnata olish malakasi, buyumlar orasida 
fazoviy munosabatlar o’rnata olishdan tashqari bolalar har doim
rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruktsiyalash va 
boshqa ta’limiy faoliyatlarida foydalanishlari lozim. Bolalarning bilimlari 
borgan sari mustahkamroq va tahsirchanroq bo’lib boradi, yangi 
sharoitlarga o’tkaziladi, bolalar ularni mustaqil
qo’llashga 
o’rganadilar, ularning
foydasiga tushunadngan bo’ladilar.
Bolalarning sanashning, o’lchay olishning muhim eqaniga ishonch hosil 
qilishlarida ularga yordam berish zarur. Kattalar o’zlarining matematik 
bilimlaridan qanday foydalanishlari (masofani o’lchashlarini, o’lchovni 
qanday olishlari buyumlarni sanashlarini va h. k.) ni kuzatish tashkil 
qilinadi.
Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o’lchay olish, sanash va 
hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda 
matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg’otish zarur. Bu 


10 
maktabda matematik bilimlarni muvaffaqiyatli o’rgatishning garovi 
bo’ladi.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirishda 
tarbiyachi
o’rgatishning
har xil usullari -
amaliy, 
ko’rsatmali, og’zaki,
o’yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda 
bir qator
omillar
mazkur
bosqichda yechiladigan dastur 
masalalari, bolalarning
yosh va
individual xususiyatlari, zarur 
didaktik vositalarning
mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq 
holda ulardan ratsional foydalanishga doimo ehtibor berib turishi 
quyidagilarni tahminlaydi:

elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi 
va ularning nutqda aks ettirilishi;

tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o’lchami, 
shakli bo’yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o’lchami 
yoki soni bo’yicha orttirish yoki, kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan 
obhektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish
aloqa va bog’lanishlarini aniqlash malakasi;

bolalar o’zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo’yish, 
sanash, o’lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo’llashga 
yo’naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo’lgan belgilar,
xossalar, bog’lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarinimustaqil 
izlashga yo’naltirish. Masalan, o’yin shart sharoitlarida belgilarning 
tartibi, almashinib kelish qonuniyatini, umumiy xossalarnn topishni 
o’rgatish mumkin.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod 
yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki


11 
ularning o’rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) 
bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan 
amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.
Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigan mashqlar o’yin elementlari 
kichik guruhda - syurpriz moment ko’rinishida, o’xshash harakatlar, ertak 
qahramoni va hokazo dan iborat bo’ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar 
izlanish, musobaqa xarakterini oladi.
Kompleks mashqlar eng samaralidir, chunki, ular dasturning har xil 
bo’limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal 
qilish imkonini beradi. Masalan, «Geometrik figuralar»,
«Kattalik», «Miqdor va sanoq» bo’limlariga oid masalalarni bir vaqtda 
hal qilish imkonini beradi. Bu xil mashqlar ta’limiy faoliyatlarning foydali 
ish koeffitsientini oshiradi.
Didaktik o’yinlardan eng ko’p foydalaniladi. Bola bilish mazmunini 
o’yin shakliga kirgan o’rgatuvchi masalani (o’yin mazmunida), o’yin 
harakatlari va qoidalari oldindan nazarda tutilmagan holda o’zlashtiradi. 
Didaktik o’yinlarning hamma turi (buyumli, stolda o’ynaladigan bosma va 
og’zaki turlari) elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning 
samarali vosita va usullaridir. Buyumli va og’zaki o’yinlar matematika 
ta’limiy faoliyatlarida va ulardan tashqarida o’tkaziladi, stolda 
o’ynaladigan- bosma o’yinlar odatda ta’limiy faoliyatdan bo’sh vaqtlarda 
o’tkaziladi.
Ko’rsatmali va og’zaki metodlar elementar matematik tasavvurlarni 
shakllantirishda amaliy va o’yin metodlari bilan birga qo’llanadi. Bu 
ularning mohiyatini hech bir kamaytirmaydi. Maktabgacha ta’limda 
ko’rsatmali, og’zaki va amaliy metodlarga taalluqli va bir-biri bilan uzviy 
bog’liqlikda qo’llaniladigan usullardan keng foydalaniladi. 


12 

Download 212.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling