Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Bolalaming ilk matematik bilimlarini mustahkamlashda qanday faoliyatdan foydalanish kerak


Download 0.67 Mb.
bet107/146
Sana12.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1768416
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m-www.hozir.org

149 Bolalaming ilk matematik bilimlarini mustahkamlashda qanday faoliyatdan foydalanish kerak
Bolalarni maktabda о‘qitishning samaradorligini kо‘p jixatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bо‘ladi. Maktabda о‘qishga tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qо‘yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning о‘ziga xos tomoni о‘quvchining yangi ijtimoiy psixologik о‘rni, u bajarishga tayyorlangan bо‘lishi lozim. 6-7 yoshli bolalar о‘zini idora qilish va о‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘la boshlaydi. Bu yoshdagi о‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat kо‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bо‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bо‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bо‘ladi, о‘z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi. Maktabga kirish bola xayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining о‘zgarishiga alokador muxim davrdir. Bola xayotida birinchi bor markaziy о‘rinni ijtimoiy axamiyatga ega bо‘lgan о‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bо‘lgan erkin о‘yin faoliyatidan farkli ularok, endi ta’lim majburiy bо‘ladi va birinchi sinf о‘quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab kilinadi. Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik xayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi о‘zgaradi, erkin о‘yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan о‘quvchining о‘z xatti-xarakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma’suliyati ancha-muncha ortadi.


150 Kattalikning qanday xossalari bor?

Kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob‘yektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir ob’yekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir. Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’yektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo‘lishini ifodalaydi.Metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o‘lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Har bir fizikaviy ob’yekt bir qancha ob’yektiv xossalar bilan tavsiflanishi mumkin. Ilm – fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o‘lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikni o‘lchash imkoniyati mavjud. Bu ko‘rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan ortib ketishi bashorat qilinmoqda.Kattaliklarning turlarga bo‘linishi 3.1 – rasmda ko‘rsatilgan.
Har bir xossa ko‘p yoki kam darajada ifodalanishi, ya’ni miqdor tavsifiga ega bo‘lishi mumkin ekan, demak bu xossani ham o‘lchash mumkin.Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o‘lchamlikdan foydalanamiz.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling