Matematika (30ta)


Download 0.79 Mb.
bet7/10
Sana18.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1031919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-test-20-11-22

Mantiq va Tanqid (40ta)
1. Azamat: «Men arxitektor bo'lishga qaror qildim. Shuning uchun rasm chizish hobbiyimni tashlamoqchiman».
Shoira: «Arxitektor bo'lish uchun hobbilaringni tashlash shart emas. Hobbilar juda foydali. Sen ular bilan zavqlanasan va hordiq chiqarasan. Natijada ular senga yanada yaxshiroq o'qishing uchun yordam beradi».
Quyidagi qaysi gap Shoiraning gapini asoslaydi?
A. ljodkorlik va yaratuvchanlik mahorati arxitektor bo'lish uchun juda muhim.
B. Azamatning tabelidan ko'rish mumkinki, u hozirda yaxshi o'qimayapti.
C. Azamatning maktabida o'quvchilarning kamida bitta hobbisi bo'lishi kerak.
D. Yaxshi rasm chizish qattiq mehnat va e'tibor talab qiladi.
2. Olimlar o’tqazgan oxirgi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, yer yuzidagi havoning ifloslanish miqdorini kamaytirish uchun zavod-fabrikalarni zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlashimiz va yoqilg'i (benzin va dezil)da harakatlanadigan avtomobillar narxlarini keskin oshirishimiz kerak.
Quyidagi gaplarning qaysi biri sizning olimlarning fikriga o'shilishingizga asos bo'la oladi?
A. Oxirgi 10 yil ichida zavod va fabrikalarning soni 35% ga oshgan boʻlsa, yoqilg'ida harakatlanadigan mashinalar soni deyarli 60% ga ko’paygan.
B. Hukumat a'zolari zavod-fabrikalarda mahsulotlarning ishlab chiqarilishini qo'llab-quvvatlash maqsadida turli xil kredit yordamlari ajratmoqdalar.
C. Zamonaviy texnologiyalarni qo'llaydigan zavodlar chiqindilarni chiqarishni me'yorda saqlab turadi va mashinalar qimmatlagani sari uni sotib oluvchilar kamayib boradi.
D. Elektr energiyasida harakatlanadigan mashinalarning atrof-muhit ifloslanishiga hech qanday salbiy ta'siri yo'q.
3. Sardor, Alisher, Kamron va Shoxjahonlarning bo'ylarining uzunligi har xil. Sardor Alisherdan uzunroq. Kamron esa Shoxjahondan kaltaroq. Sardor Kamrondan uzunroq lekin, Shoxjahondan kaltaroq. Kamron Alisherdan ham kaltaroq.
To'rtta odamning orasida eng bo'yi uzuni kim?
A. Shoxjahon B. Alisher
C. Sardor D. Kamron
4. Qizlar bir qator bo'lib turishardi. Nazokat chapdan o'n beshinchi turgan bo'lsa, Volida o'ngdan yigirma uchinchi turar edi.
Agarda Nazokat bilan Volida o'z o'rinlarini almashtirishsa, Nazokat chapdan o'n sakkizinchi o'ringa oʻtib qoladi. Shu vaqtda Volida o'ngdan nechanchi o'rinda bo'ladi?
A. 24 B. 25 C. 26 D. 20
5. Qatorda Akobirjon chapdan to'qqizinchi bo'lib turgan bo'lsa, Umid o'ngdan sakkizinchi bo'lib turgan edi. Agarda Alisher chapdan o'n uchinchi va Akobirjon bilan Umiddan teng masofada o'rtada turgan bo'lsa, ushbu qatordagi jami o'quvchilar soni nechta?
A. 18 B. 19 C. 21 D. 24
6. Yangi maktab yilida qaysi fanlarni o'qishingni tanlab olishing mumkin. O'quvchilar o'zlari xohlagan va yoqtirgan fanlarni tanlasagina, o'sha fanni yaxshi o'zlashtira oladilar.
Yusuf: «Opamning aytishicha, men bu fanni yoqtiramanmi yo yo'qmi, agarda o'qituvchimiz yaxshi ustoz bo'lsa, uni yaxshi o'zlashtiraman ekan».
Shukrona: «O'zingga yoqqan fanni tanlab olishdan osoni yo'q».
Sen bir holatdagina, ya'ni shu fanni yoqtiradigan bo'sanggina, uni yaxshi o'zlashtira olasan».
Yuqoridagi gap to'g'ri bo'lsa, kimning fikri to'g'ri?
A. Faqat Yusufniki B. Faqat Shukronaniki
C. Ikkalasiniki ham to'g'ri D. Ikkalasiniki ham noto'g'ri
7. «Liderlar» maktabiga kirish uchun oxirgi o'quv yilidagi baholaringizning hammasi besh bo'lishi kerak yoki maxsus imtihonda qatnashib 60 ball to'plashingiz lozim.
Gulmira: «Botir «Liderlar» maktabiga kirdi. U oldingi yil maktabda hamma fanlarni beshga o'qigan bo'lsa kerak».
Farangiz: «Mahliyo «Liderlar» maktabidagi kirish imtihonida 60 ball to'plashga ko'zi yetmayapti. U bu maktabga kira olmasa kerak»,

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling