Matematika, adabiyot, chet tili, rus tili, botanika, tarix fanlaridan bosqichli nazorat
Download 0,62 Mb. Pdf ko'rish
|
Bitiruv imtihon savollari 5-6 sinflar 5 6 bilet uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 ball
Adabiyot 5 - sinf
Davlat ta‟lim standartida V sinf о„quvchilari о„quv dasturida berilgan ijodkorlarning tarjimai holi, asarlari, shuningdek, xalq og„zaki ijodi namunalari va boshlang„ich nazariy ma‟lumotlar haqida bilim, kо„nikma va malakalarga ega bо„lishi belgilangan. Xususan, matnni ifodali о„qish, matn mazmunini о„z sо„zlari bilan bayon eta olish, asar qahramonlari xatti-harakatlariga mustaqil munosabat bildirish kо„nikmasini egallashi, badiiy asarda tasvirlangan asosiy voqeani, lirik she‟rlarda ifodalangan tuyg`ularni his etish, maqol, topishmoq haqida dastlabki
13 nazariy tushunchalarni bilish, dasturda tavsiya etilgan 6-7 she‟riy asarni yodlash malakasiga ega bо„lishi kerak. 5-sinfda bosqichli nazorat imtihoni og„zaki tarzda yil davomida adabiyot bо„yicha о„rganilgan mavzular asosida о„tkaziladi. Bosquchli nazorat imtihon uchun savollar о„qib - о„rganilgan asarlar, nazariy ma‟lumotlar hamda yod olingan asarlar bо„yicha ikki qismdan iborat qilib tuzildi. О„quvchi о„zi tanlagan bilet bо„yicha savol va topshiriqlarga javob beradi. Og„zaki sinovni baholash quyidagi bilim, kо„nikma, malaka elementlari va me‟yorlardan foydalangan holda amalga oshiriladi: 1. Ijodkorlarning asarlari mazmunini tushungan bо„lsa, fikrlarini asardan parcha keltirib isbotlasa, nutqi aniq, lо„nda va ravon bо„lsa, nazariy ma‟lumotlarni bilsa, fikrini mustaqil va ijodiy bayon etsa, nasriy yoki she‟riy matnni talaffuz me‟yorlariga (urg„u va mantiq qoidalariga) amal qilgan holda о„qisa – 5 ball qо„yiladi. 2. Asar va uning qahramonlariga mustaqil munosabat bildirsa, asarlar mazmunini tushungan bо„lsa, fikrlarini mustaqil bayon etsa, asardan parcha keltirib, asoslasa, asar mazmunini tо„liq ifodalashga harakat qilsa – 4 ball qо„yiladi. 3. Asarni tо„liq о„qimaganligi sezilsa, asar va uning qahramonlariga munosabat bildirshda mustaqil fikrlash malakasi, nutq ravonligi yetishmasa, nasriy va she‟riy matnni о„qishda talaffuz me‟yorlari biroz buzilsa – 3 ball qо„yiladi. 4. Asar haqida tо„liq tushunchaga ega bо„lmasa, nutqida adabiy nutq me‟yorlariga rioya qilmasa, nasriy yoki she‟riy matnni о„qishda talaffuz me‟yorlari buzilsa, fikrlarini mustaqil bayon eta olmasa – 2 ball qо„yiladi. 5. Asar bо„yicha umumiy ma‟lumotnigina bilsa, asar qahramonlari haqida tushunchaga ega bо„lmasa, nutqi adabiy til me‟yorlariga javob bermasa, nasriy yoki she‟riy matnni talab darajasida о„qimasa, fikrlarini mustaqil, ijodiy bayon eta olmasa, matnni yoddan о„qish kо„nikmasini egallamagan bо„lsa – 1 ball qо„yiladi. Eslatma: O`quvchilar tomonidan beriladigan javoblar kо„rsatilgan me‟yorlardan biroz farq qilsa ham, yuqoridagi mezonlarga asoslangan holda baholanadi.
Download 0,62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling