30-bilet
1. «Uch og„a-ini botirlar» ertagidagi tо„ng„ich, о„rtancha va kenja botirlarning
dovyurakligini voqealardan misollar keltirib tushuntiring.
2. Sinfdan tashqari qanday badiiy asar о„qidingiz va uning mazmuni haqida
sо„zlab bering.
CHET (INGLIZ, NEMIS VA FRANSUZ) TILI
6-sinf
Umumiy о„rta ta‟lim maktablarining 6-sinf о„quvchilari uchun chet tillardan
bosqichli nazorat imtihonlari tinglab tushunish va og„zaki nutq kо„nikmasini
aniqlash yuzasidan о„tkaziladi. Bosqichli nazorat imtihonlarini о„tkazishdan
maqsad о„quvchilarning chet til ta‟limi bо„yicha olgan bilim, kо„nikma va
malakalarini aniqlashdan iborat. Bosqichli nazorat imtihonlarini о„tkazish о„quv
dasturlari asosida 2 bosqichda amalga oshirilib, 1-topshiriq tinglab tushunish
bо„yicha 5 ta bilet, har bir biletda 1 tadan topshiriq, 2-topshiriq 25 ta biletdan
iborat bо„lib, har bir biletda 1 tadan topshiriq beriladi. Chet tillari chuqurlashtirib
о„qitiladigan sinflar va maktablar uchun maktab uslubiy birlashmasi bilan
kelishilgan holda qо„shimcha uchinchi topshiriq beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |