Bunda о„quvchi mavzu yuzasidan о„z fikrini chet (ingliz, nemis va fransuz)
tilida erkin bayon etishi kerak. О„quvchi tomonidan bildirilgan fikrlar grammatik
va fonetik jihatdan tо„g„ri bayon etilishi, nutqining ravonligi, mavzudan
18
chetlashmaganligi va mantiqan bir-biri bilan bog„liqligi hisobga olinadi. Fikrlar
bayon etilayotganda, sо„z birikmalarining notо„g„ri ifodalanishi, grammatik va
fonetik qoidalarga rioya qilmaslik hollari bir gapning о„zida ikki va undan ortiq
kuzatilsa, о„sha gap hisobga olinmaydi. О„quvchi mavzuni yoritib bera olmasa,
о„qituvchi о„quvchiga mavzu yuzasidan 3 ta savol berishi mumkin. Har bir
berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Masalan: 1-savolga 3
ball, 2-savolga 5 ball, 3-savolga 4 ball qо„yilsa, baholar umumlashtirilib, о„rtacha
ball chiqariladi. 3+5+4=12:3=4 ball. О„quvchilarni baholashda ball ular
egallashlari lozim bо„lgan bilim, kо„nikma va malakalardan kelib chiqib
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: