Matematika-aql charxi
Download 17.42 Kb.
|
MATEM тадбир
2-IDUMI da matematika – informatika fani oyligiga bag’ishlab o’tkazilgan “ Matematika-aql charxi” mavzusidagi tadbir senariysi. Sahna ochiladi. 1 o‘quvchi sahnaga chiqib «Matematika bo‘lamasaydi.» hazil sherini aytadi. Matematika bo‘lmasaydi, Hamma mendek bilmasaydi. Kim chiqargan bu fanni, Bosh og‘rig‘i va g‘amni. Tushlarimga kiradi, Soya bo‘lib yuradi. Tishlarini arra qilib, Tishlamoqchi bo‘ladi. Yuzimni terz buraman, Qutulmoqchi bo‘laman. Ko‘zlarimni yumib olib, Men qochmoqchi bo‘laman. Buni hech iloji yo‘q. O‘qish kerak , chora yo‘q. Kitob so‘yladi shu on, CHo‘chib ketibman yomon. Ko‘zingni ochsang menga O‘rtoq bo‘laman senga. Unga yaqinroq bordim, Asta qo‘limga oldim, O‘rtoq bo‘lib men unga Hatto uyalib qoldim. Yakunlaydi. 1-boshlovchi. (o’quvchini kechaga taklif etadi.) Asrlar ortidan kelar asrlar, Unut bo‘lar o‘tmish va zamon ko‘p sirlar. Ammo yaratilgan fan asoslarin Asrdan-asrga eltar nasllar. 2-boshlovchi. Eslatay Gaussning durdona so’zin Hisob-kitob ochmish aqlning ko’zin Matematika fanlarning podshohi Har ish har sohada ko’rsatar o’zin Qunt bilan o’rganib bu buyuk fanni Shon shuhratga o’rang ona vatanni Abadiy barhayot bo’lgay agar kim, Ilmga baxsh etsa, jon birla tanni. 1-boshlovchi. Assalomu alaykum ey tabarruk mehmonlar! Assalomu alaykum ey sohibu davronlar! 2-boshlovchi. Assalomu alaykum, barkamol sog’lom yoshlar! Barchangiz hush kelibsiz, mehmonlaru tengdoshlar! 1- Boshlovchi Yana bir bor assalomu-alaykum mehri daryo, qalbi quyosh Ustozlar! Bilimga chanqoq o’quvchilar! Mustaqil diyorimiz bayramlarga, yaxshi kunlarga to’laligi bilan yana fayzlidir. 2- Boshlovchi Yil fasllari ichida qish faslining o’z o’rni o’zgacha gashti borligi barchamizga sir emas, ayniqsa fevral oyi turli fan oyliklariga, tadbirlarga boy oy hisoblanadi. Bugun ham sizlar bilan maktab-internatimizda matematika – informatika fan oyligiga bag’ishlab matematika fanidan o’tkazilayotgan “ Matematika-aql charxi” kechasida uchrashib turibmiz. 1- Boshlovchi Hozirgi tadbirimiz musobaqa usulida tashkillangan bo’lib, maktab internatimizning 9 “A” va 9 “B” sinf o’quvchilaridan 10 nafardan o’quvchilar qatnashadilar.Ular matematika fanidan olgan bilimlari asosida 5 ta shart bo’yicha kuch sinashadilar. 2-boshlovchi I shartni. Tanishtiruv shartini e’lon qiladi. Davraga tadbir ishtirokchilarini taklif etamiz (Bunda har bir guruh o’z guruhlari nomini turli ko’rinishdagi chiqishlar, devoriy gazetalar, ko’krak nishonlari orqali ta’riflaydilar. I shart bo’yicha guruhlarning chiqishlarini, sahnadagi madaniyatni hisobga olgan holda hay’at azolarini tamonidan 5 balli sistemada baholanadilar. ) 1-boshlovchi 1-shartni hay’at a’zolari baholaguncha maktab internatimimiz o’quvchilari matematika faniga oid sher va qo’shiqlar ijro etishadi 0 Juda puch ham emasman O’ylagandek ba’zilar O’tsam sonlar ortiga Kuchim yaqqol sezilar 1 Noldan keyin turaman Chizg’ichinga qarab boq Sonlar ichra doimo Birinchiman ey,o’rtoq 2 Qomatimni ko’rganlar Qiyos etar oqqushga Mendan dir-dir titraydi Ixlosi yo’q o’qishga 3 Bilimingni baxolab Noiloj qoniqaman Qachon o’tar to’rga deb Ko’z tutib toliqaman 4 To’ntarilgan stulga O’xshab ketar bo’y-bastim Otim-yaxshi to’rta harf Besh mening yaqin do’stim 5 Rassom chizar o’xshatib Yuk ko’targich ilmoqqa Men muallim sovg’asi Bilimdon har o’rtoqa 6 Koptok misol qornimni Soyabonga olaman Bir ,ikki,uch o’zimga Teng bo’lina qolaman 7 Shapka kiyib boshimga Bog’laganman belbog’ni Hizmatiga tayyorman Mehnat sevar o’rtoqning 8 Ipak qurt pillasidek Qo’sh halqaman mustahkam O’zgarmas qiymat shaklim O’ng ters bo’lib tursam ham 9 Shaklim o’xshar vergulga Oltiga qarindoshman Bir honali sonlarga Shu yoshdan karvonboshman 10 Qo’shni bo’lib ko’paydik O’n hissa bir va nol Hisoblaymiz sanaymiz Berib doim qo’lga qo’l Gulyora: Necha asrdan buyon biz do’stimiz insonni Qutlamoq uchun keldik bugun barcha mehmonni Biz 10 ta pahlavonmiz sir asrorga makonmiz Necha necha jumboqni hal etgan qahramonmiz. Biz bilan hisob-kitob qilgan diyor Hindiston 5 –asrdayoq ishlar edik tez-oson. Ustoz Xorazmiy bizga atab asar yaratdi Shu asar dong’imizni keng olamga taratdi Bu merosni o’rganing ustoz ruhin shod eting Ma’rifat bostonini yashnating obod eting (ohirgi satrni barcha raqamlar birgalikda aytadilar) Mushtariybonu Dars o’tilar o’rmonda, Qatnashmagan armonda. Chinor osti pakkidir, muallimi hakkadir. Arifmetik to’rt amal, O’rgatdilar galma-gal. Muhtaramxon Qo’shuv Doskadagi yozuvlarni, Dumida artib, O’rganmoqda bu amalni Mushuk batartib. Qo’shib borgachson sanoq Borardi ortib To’g’ri topsa o’nta sichqon O’ziga tortiq. Fathullobek Ayiruv Yong’oqqa o’ch olmaxon Hadeb boshin qashiydi Uchdan to’qqiz olinmagach Uyga nima tashiydi? Ko’rsatmaydi qarqunoq Shpargalka qorasin Bor ortiga nol Topdi axir chorasin Boburmirzo Ko’paytirish Quyon hisob bobida Eng oldingi marrada, Vazifani zumda ishlar Oddiyusul-karrada. Tulki atay quyandan So’rab qoldiqo’qisdan Uch joyda uchta sabzi bu juda jo’n to’qqizta Olti karra oltichi O’yla qancha bo’ladi O’ttiz olti karamga Olti qopim to’ladi Behzod Bo’luv Qizilishton nazdida Bo’lish og’ir ko’rinar Ammo sakkiz ikkiga Juda oson ko’rinar Tumshig’ida hisoblab Ter tokdi ancha-muncha No’ldan no’lni ayirsa Qoldi teshik kulchacha Besh ikkiga mumkin emas Sizga ayon tushincha Bular ga vazifa Dars tugdi buguncha Zebo Hali yoshda Doska chiq mukambar Bo’rni olchi xo’sh qani Bitta misol ishlaymiz Uchga uchni qo’sh qani Lekin oddiy misolni Yecholmadi mukambar Sodiq aka so’rab qoldi Aytchi nechta ukang bor Oltita Ular birdan konfet yesa Bo’lar nechta Beshta Hechda Shoshilmasdan o’yla qani Bitta ukam konfet yemas Hali yoshda Qiziqarli sanoq son Elda shunday bor naql Hisob aql qayrog’i Tinglab sonlar tavsifin Bo’lingiz chin o’rtog’i Nodirbek Nuqtajon Nuqtajonu, nuqtajon Seni belgilash oson. Na ening bor, na Bo’ying, Lek qudrating bir jaxon! CHizganimda chizmaning Hislatin ochasan, Qiyin shakl yasashda Topgunimcha qochasan, Markaz bo’lib gohida Xaryonga nur sochasan. 2-boshlovchi Xisob ilmin boyitdi o’n dona mashxur raqam Sonlar raqamlar ila manolidir bu olam Raqamlar erur o’nli sistemaning yuragi Odamlar uchun hizmat qilmoq erur tilagi. II shart. Kim ko’p biladi. II shartni tushuntirib o’tadi. (Bu shartda 2-boshlovchi keyingi guruhga 3 tadan tezkor savollar beradi. Bu shartda 1 boshlovchi keyingi guruhga 3 tadan tezkor savollar beradi. II shart bo’yicha guruhlarning har bir to’g’ri javob berganligi uchun 1 balldan 24 ball har bir to’g’ri yechilgan testga 1 balldan 20 ball jami 44 balli sistemada baholanadilar. ) 2- Boshlovchi Hayat azolari 2 – shart bo’yicha baholagunlaricha 5 sinf o’quvchilari ijrosida raqs tamosha qilamiz. 1-boshlovchi. Navbatni Kim bilag’on.Kim topqir. Nomli III shart ga beramiz. Bunda guruhlarga bir hil shakl beriladi. Bunda o’quvchilar shakldan shakl topadilar va shakl haqida ma’lumotlar berilishi talab etiladi. Shakllar haqida berilgan ma’lumot to’g’riligiga qarab 1 balldan beriladi. 1- Boshlovchi Hayat azolari 3 – shart bo’yicha baholagunlaricha o’quvchilarimiz ijrosida “Boshginam og’riydi” qo’shig’iga navbat beramiz. 2-boshlovchi IV shart. Sardorlar bellashuvini elon qiladi. Bu shartda sardorlar matematika faniga oid teorema, ta’riflarni birin ketin aytadilar. Bunda ham teorema, ta’riflarning to’g’riligiga qarab 1 balldan beriladi. 2- Boshlovchi Hayat azolari 4 – shart bo’yicha baholagunlaricha o’quvchilarimiz ijrosida “Bilmasvoyning imtihondagi holati” nomli sahna ko’rinishga navbat beramiz. 1- Boshlovchi V shart. Erkin mavzu ekanligini e’lon qiladi. Ushbu shartda guruh a’zolari o’z iqtidorlari bo’yicha sahna ko’rinishi , raqs ashula ifodali sher o’qish kabi biror istedodlarini namoyon etishadi. Bu bellashuvni hayat a’zolari nazorat qilib 5 ballik sistemada baholaydilar. Hayat a’zolari ballarini hisoblagunlaricha o’quvchilar tamonidan matematika faniga oid qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tiladi va tadbir so’ngida 5 A sinf o’quvchilari ishtirokida “jazo” sheri aytiladi. Download 17.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling