V. Darsning borishi.
Konspektning ushbu bandida dars jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlar dars rejasi asosida to’la yoziladi va har bir bandni amalga oshirish uchun ajratilgan vaqt ko’rsatiladi.
Misol tariqasida o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan tanishtirish darsi quyidagi sxema asosida amalga oshirilishi mumkin.
1. Tashkiliy qism – 2 minut
Davomat, sinf xonasining va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi aniqlaniladi.
2. O’tilgan mavzuni va uy vazifasini tekshirish va uni umumlashtirish. – 10 minut.
O’tilgan mavzuni va uy vazifasini tekshirishga doir savollar ro’yxati, doskada ishlanadigan misollar, javob berishi lozim bo’lgan o’quvchilarning ismi shariflari, mavzuni umumlashtirish usuli yoziladi.
3. Yangi mavzuni bayon etishga tayyorgarlik ko’rish. – 3 minut.
Yangi mavzuni bayon etilishda asos bo’ladigan va o’quvchilar o’rgangan tushunchalar, ularning ta’riflari, teoremalar takrorlanadi.
4. Yangi mavzuni bayon etish. – 13 minut.
Yangi mavzuning mazmuni, kiritiladigan tushunchalarning ta’riflari, teorema, xossa, formula, qoidalar va ularning isbotlari ko’rsatiladi. Shakllar chiziladi. Agar o’quv materialini yoritish suhbat usulida amalga oshiriladigan bo’lsa, beriladigan savollar va ularning javoblari yoziladi.
5. Yangi mavzuni mustahkamlash. – 12 minut.
Mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar va ularning javoblari, misol, masalalar va ularning yechimlari yoziladi. Mavzuni yakunlash usuli ko’rsatiladi. Ko’p hollarda mavzuni mustahkamlashda o’quvchilar mustaqil ishini uyushtirish ham amalga oshiriladi.
6. Uyga vazifa berish. – 3 minut.
O’quvchilar uyda bajaradigan barcha ishlar (ta’rif, teoremalarni yodlash, isbotlashlarni takrorlash), misollar yechimlari bilan yoziladi.
7. Darsni yakun yasash. – 2 minut.
Darsga yaku yasash uchun o’quvchilar bilan birga yana bir bor o’rganilgan yangi tushuncha, fakt, ob’ektni qaytarish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarga baho (ball) qo’yish, sust qatnashgan o’quvchilarni ogohantirish bilan dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |