Matematika darslarida aqliy yukning oshishi oʻquvchilarni oʻrganilayotgan


Download 437.15 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi437.15 Kb.
#1604083
Bog'liq
Mo\'m


Tipik masalalar bilan ishlash metodikasi.Mustaqil ishni boshqarish va tashkil etish uchun masalalar tanlash va tayyorlash.Harakatli mmasalalar bo'yicha ko'rgazmali qurollar ishlab chiqarish.
Matematika darslarida aqliy yukning oshishi oʻquvchilarni oʻrganilayotgan 
materialga, ularning dars davomida faolligiga qanday qiziqtirish haqida oʻylashga 
majbur qiladi. Matematikaga qiziqishning paydo boʻlishi koʻp jihatdan uni oʻqitish 
metodikasiga, oʻquv ishlari qanchalik mohirona tuzilganiga bogʻliq. Shu munosabat 
bilan maktab oʻquvchilarining fikrlarini faollashtiradigan, ularni oʻz-oʻzidan bilim 
olishga undaydigan yangi samarali texnologiyalar va oʻqitish usullarini izlash ishlari 
olib borilmoqda.
Boshlangʻich ta’limda bolalarda natural son va arifmetik amallar haqidagi 
tushunchalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. Boshidanoq bu ish tushunchalarni 
amaliy qoʻllanishning turli usullarini qarab chiqish bilan, bolalarning sonlarning 
ba’zi xossalarini, oʻnli sanoq sistemasini, arifmetik amallarni va ularga asoslangan 
hisoblash usullarini oʻzlashtirishiga yoʻnaltirilgan ish bilan oʻzaro bogʻliq holda 
amalga oshiriladi.
Bu ishning natijasida oʻquvchilar dasturga kiritilgan nazariy xarakterdagi 
masalalarni ham, oʻrganilgan nazariy masalalarni ham amaliy va oʻquv masalalarini 
hal qilishga tatbiq etish malakalarini ongli va mustahkam egallashlari hamda ogʻzaki 
va yozma hisoblashlarni bajarishlari ham kerak. Oʻquvchilarni sonlar va arifmetik 
amallar bilan tanishtirish matematikadan dastlabki darslarda berilgan ikki buyum 
toʻplamlarining birlashmasiga, ikki toʻplam elementlari orasida moslik oʻrnatishga 
va buyumlarning berilgan toʻplamlari qismini oʻrnatishga amaliy mashq qilish bilan 
tayyorlanadi.
Boshlangʻich sinflar oʻquvchilari yechadigan masalalardan quyidagi tiplarini 
ajratish mumkin:
1. Toʻrtinchi proporsional mikdorni topishga doir masalalar.
2. Proporsional boʻlishga doir masalalar.
3. Ikki ayirma boʻyicha sonlarni topishga doir masalalar.
Bundan tashqari bu sinflarda ma’lum mazmunli masalalar yechiladi: vaqtga 
doir masalalar; harakatga doir masalalar; geometrik mazmunli masalalar. Sonning 
ulushini topishga doir va unga teskari masalani alohida qarash kerak. Bolalar oldin 
va boshqalaridan koʻproq uchratadigan masala turi — toʻrtinchi proporsional 
miqdorni topishga doir masaladir.
Download 437.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling