Matematika darslarida bolalarning diqqatini tashkil qilish
Kuzatish metodi va unga qo‘yilgan shartlar
Download 28.44 Kb.
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy psixologiyada hujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati
Kuzatish metodi va unga qo‘yilgan shartlarKuzatish metodi ijtimoiy psixologiyada o‘ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o‘ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi.Ijtimoiy psixologiyada hujjatlarni o‘rganish metodining mohiyatiHujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.Diqqat va xotira psixokorreksiya Reja: Diqqat va xotira haqida tushuncha. Diqqat va xotira turlari jarayonlari. Xotiraning buzilishi va psixik korreksiyasi. O`quvchilar diqqat va xotirasini o`rganish metodlari. 1. Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi. Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir. Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo`qolmaydi. Ular ma’lum miqdorda xotirada saqlab qolinadi, mustahkamlanib va kerak bo`lganda qayta esga tushiriladi. Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular ma’lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. O`tmish tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish xotira deb aytiladi. Agar odamlar o`zlarining o`tishish tajribalarini esda saqlay olmasa va qayta tiklash qobiliyatiga ega bo`lmasa bilimlarni egallashning har qanday imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli darajasida qolavergan bo`lar edi. Shu sababdan ham har bir odamning vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi. Masalan, biz yangi topishgan kishining ismini esda qoldirishda bu isimni hamma mazkur kishi bilan uning tashqi qiyofasi va boshqa xususiyatlari bilan bog`laymiz. Ma’lum bir tarixiy faktni o`zlashtirishda uni boshqa tarixiy hodisalar bilan bog`laymiz, uning ma’lum bir davrga taalluqli ekanini aniqlaymiz. Shunday qilib esda qoldirish - biron bir yangi narsani ilgaridan odam ongida mavjud bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat. Download 28.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling